479
vaqtida ham muvozanat saqlab turishiga yordam beradi,
bu esa juda
muhim ahamiyatga ega.
Bosqon o‘zining eng yuqori holatidan gavdaning o‘ng tomoniga,
yelka bo‘g‘inlarigacha pasayib harakatlanayotgan paytda uloqtiruvchi
qo‘llarini boshdan o‘ng tomonga tushiradi va bunga o‘ng qo‘l
bukilgan
holda tirsagi bilan pastga tushadi, chap qo‘l esa to‘la yoziladi. Xuddi
shu paytdan birinchi burilishga kirishish boshlanadi.
Uloqtiruvchining burilishlari.
To‘g‘ri uloqtirishda har bir burilish
oldingisidan tezroq bajariladi. Harakatlar bir tekisda tezlashadi.
Basharti bosqon harakatini siltab tezlashtirilsa, u
holda bosqon tanadan
o‘zib ketadi va uloqtiruvchi unga yaxshi ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Gavda va uning qismlarining egilish burchagi hamda bo‘g‘imlarning
bukilishi har bir burilishda doimo o‘zgarib turadi. Burilishlarda yakka
va qo‘sh tayanchli fazalar farq qilinadi.
Dostları ilə paylaş: