5.3. Bosqon uloqtirish texnikasini o‘rgatish uslubiyati Bosqon uloqtirishni o‘rgana boshlagan yangi shogird birinchi
mash
g‘ulotdayoq, bosqonni unchalik tez bo‘lmagan harakatlari
natijasida vujudga keladigan 40-50 kg chamasidagi tortish kuchini
yeng ishi kerak. Texnikani o‘zlashtirish jarayonida harakat tezligi va
kuch yuklamasi ancha oshadi. Demak, bosqon uloqtirish texnikasi
muvaffaqiyatli o‘rganish uchun bu ishga kirishgan kishi yetarli
darajada kuchli va ildam bo‘lishi kerak.
Ayrim mashqlarni va uloqtirishni oldinga sekin sur’atda bajarish
kerak. Keyin texnika to‘g‘ri bo‘lishini saqlab, sur’atni asta-sekin
oshirib, maksimal darajaga etkazishga harakat qilinadi. Ayrim mashq-
larni takrorlash yoki takrorlamaslik ularning qanchalik o‘zlash-
tirilganiga bog‘liq. Bir darsda ko‘pincha bir necha vazifani hal
etadigan mashqlar beriladi. Masalan, bir darsda dastlabki aylanishni
(ko‘nikmani mutahkamlash uchun) mashq qilish, snaryadsiz
aylanishni (oyoqlar harakatini) o‘rgatish va yadro (tosh, qadoq tosh,
to‘ldirma to‘p va hokazolar) uloqtirish mashq qilish mumkin. Oxirgi
kuch berishni (bir aylanib uloqtirishni qo‘shib) o‘rgatayotganda, ilgari
o‘tilgan mashqlar (uloqtiruvchining dastlabki aylanishi va burilishlari)
texnikasini takomillashtirishga ham e’tibor bersa bo‘ladi.
Bosqon uloqtirishni o‘rgatayotganda ehtiyot choralariga rioya
qilish shart. Bosqon uloqtirishni va u bilan mashq bajarishni faqat
musobaqa qoidalariga muvofiq jihozlangan joylarda o‘tkazish kerak.
Bosqon uloqtirish texnikasiga o‘rgatish vazifalari:
1-vazifa. Shug‘ullanuvchilarni bosqon uloqtirish texnikasi bilan
tanishtirish.
Vositalari: 1. Bosqonning tuzilishini tushuntirish, uloqtirish joyi va musobaqa
qoidalari to‘g‘risida so‘zlab berish.
2. Ko‘rgazmali qurollar (plakatlar, rasmlar, kinogrammalar) yorda-
485
mida uch marta aylanib bosqon uloqtirish texnikasini va texnikaning
asosiy momentlarini ko‘rsatish va tushuntirish. Uloqtirish texnikasini
kinoekranda ko‘rsatish.