Yengil atletika va uni


  Bosqon uloqtirishning sport turi sifatida shakllanishi va  rivojlanishi qaysi davrlardan boshlangan? 2



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

1. 
Bosqon uloqtirishning sport turi sifatida shakllanishi va 
rivojlanishi qaysi davrlardan boshlangan?
2. 
Bosqon uloqtirish bo‘yichа dаstlаbki musоbаqаlаr nechinchi-
yildа o‘tkаzilgаn. 
3. 
Bosqon uloqtirish bo‘yicha musobaqalarida nechta hakam 
bo‘ladi? 
4.
Bosqon uloqtirish nechta ketma – ketlikda bajriluvchi element-
lardan iborat?
5. 
Agar, bosqon uloqtirushchi qanday ko‘rinishdagi harakatlarni 
amalga oshirsa, u holatda uloqtirishga urinish hisobga olinmaydi?
6. 
Bosqon uloqtirish uzoqligi nimaga bog‘liq bo‘ladi?
7. 
Yadro itqitish tezligi qanday bo‘lishi kerak?
8.
Erkaklar o‘rtasida bosqon uloqtirish bo‘yicha dunyo rekordi 
qaysi davlat vakiliga tegishli?
9. 
Ayollar o‘rtasida bosqon uloqtirish bo‘yicha dunyo rekordi qaysi 
davlat vakiliga tegishli?
10. 
Bosqonning uzоqqа uchishigа tа’sir ko‘rsаtuvchi оmillаr? 
11. 
Xalqaro yengil atletika federatsiyasi nechanchi-yildan boshlab 
jahon yengil atletikachilari erishgan eng oliy yutuqlarni rekord sifatida 
tan ola boshladi?


500
6 – BO‘LIM. KO‘PKURASH TURLARI 
I BOB. O‘NKURASH
1.1.
O‘nkurashning rivojlanishi
Gretsiyadagi qadimgi olimpia o‘yinlarda ko‘pkurash (pentatlon) 
kurashlarning asosiy turi hisoblangan, shuning asosida Olimpia 
o‘yinlarini tashkillanishida ko‘pkurash ham tashkil topdi. Pentatlon
ma’nosi beshkurashni anglatadi. Bu musobaqada jismonan har 
tomonlama rivojlangan, baquvat, kuchli atletlar musobaqalashgan. 
Musobaqalar qadimgi Olimpia o‘yinlarida (beshkurash) bo‘yicha 
o‘tkazilgan va bu musobaqalar o‘sha davrlarda mashhur va qiziqarli 
bo‘lgan. unda uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, (bir stadiyga 
yugurish) ya’ni 192 metr 27 santimetrni tashkil etgan, nayza uloqtirish 
va kurash tushishdan iborat bo‘lgan.
Zamonaviy Olimpiada o‘yinlariga 1912-yil o‘nkurash turi birinchi 
bor kiritildi. O‘nkurash yengil atletika mashiqlarining 10-turini o‘z 
ichiga olgan. Musobaqa ikki kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun 
100metrga yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash,yadro itqitish, 
yugurib kelib balandlikka sakrash, 400metirga yugurishdan iborat. 
Ikkinchi kun 110 metrga g‘ovlar osha yugurish, disk uloqtirish, 
langarcho‘p bilan balandlikka sakrash, nayza uloqtirish, 1500 
metrga yugurishdan iborat. O‘nkurashchi sportchilarni natijalari 
har bir turda ko‘rsatgan natijalari uchun olgan ochkolar yig‘indisi 
bilan hisoblanadi, buning uchun maxsus ochkolar jadvali mavjuddir. 
Bu olimpia o‘yinida hind millatida taalluqli amerkalik sportchi 
R.Torp oltin medalni ko‘lga kiritdi. AQSh yengil atletikachilarning 
o‘nkurashchilari ko‘p-yillar davomida oldingi o‘rinlarni egallab 
keldilar, 1875-yildan boshlab tartibli ravishda masshtab o‘lchovlari va 
talablar uchun yengil atletikaning ko‘pkurash musobaqalar o‘tkazila 
boshlandi. 1924-yildagi Olimpia o‘yinlar g‘olibi X.Osborn bo‘lib 
u bir vaqtning o‘zida balandlikka sakrashdan jahon rekordchisidir, 
o‘zining musobaqalarga qatnashish davomida faqat 6-marta qayta 
musobaqalarda o‘nkurashda qatnashadi,1932-yilga Olimpia chempioni 


501
D.Baush esa 4-marta, 1936-yilga Olimpia chempioni K.Marris 
3-marta qatnashadi. 1900-yildagi Parijdagi II-Olimpia o‘yinda uning 
bir kurash dasturiga kiritilib ular gimnastik mashqlar (brusya, turnik, 
hamda ot, tayanib sakrash va erkin mashqlar), yengil atletika turlari, 
(uzunlikka sakrash, balandlikka sakrash, langarcho‘p bilan sakrash) 
arqonga chiqish va 50 kgli og‘irlikni ko‘tarish. (V.A.Dryukov, 1991-
yil. V.N.Plashonov 1997-yil). 1904-yildagi Sant-Luiss shahrida bo‘lib 
o‘tgan III-olimpia o‘yinlar dasturidan uchkurash (yadro itqitish, 100 
yardga yugurish, uzunlikka sakrash) va oltikurash (gimnastika 4 to‘p 
va yengil atletikaning ikki turi – yadro itqitish, 100 yardga (91,4metirga 
yugurish) o‘rin oldi. 1912-yil V- Olimpia o‘yinlari Stokgolm shahrida 
bo‘lib o‘tdi. Unda birinchi marta engil atletik o‘nkurash dasturiga 
kirildi,hozirgi turlar kiritilib u faqat musobaqa o‘tkazish sharti 
bilan farq qilar edi, bu musobaqa ikki kun emas, uch kun davomida 
o‘tkaziladi. 1902-yilga olimpia o‘yinlarida o‘nkurashdan tashqari 
musobaqa dasturiga yengil atletikani beshkurash turi kiritiladi, u 
1920-1924-yilga olimpia o‘yinlar dasturidan chiqarilib tashlandi.
1880-yilgi Germaniyada bo‘lib o‘tgan musobaqa dasturiga 
oltikurash (3 tur yengil atletika, 3 tur gimnastika) kiritiladi. 1984-yil 
AQShda yengil atletikani sevuvchilar ittifoqi Amerikaga ko‘pkurash 
musobaqalarini doimiy ravishda chempionat o‘tkazishni taklif 
qilishlarida uning dasturiga quyidagi turlar kiritildi:
100 yardovga yugurish;
16 funtli yadroni itqitish;
Balandlikka sakrash;
½ millga yugurish;
16 futli bosqon uloqtirish;
120 yadroga g‘ovlar osha yugurish;
56 funt og‘irlikni uloqtirish;
Uzunlikka sakrash;
1 millga yugurish;
1984-yil AQSh birinchi marta turlar bo‘yicha ochkolar jadvali 
ishlab chiqildi. Musobaqa 1 kun davomida o‘tkazilib o‘nkurash turi 
orasidagi dam olish 5 minutni tashkil qilar edi (V.D.Polishuk va 
boshqalar 2001-yil, R.N.Barnsh, va boshqalar 1996-yil). Halqaro 


502
toifadagi o‘nkurashchilar birinchi marta yevropalik sportchilardir. Bu 
jahon rekordchi sportchilar estonest A.Kluiberch, finlar P.Yurvelxo, 
A.Yarvinen,va nemis G.Zivert. Rossiyalik xizmat ko‘rsatgan sport 
ustasi A.Demin, I.Stepanchenok o‘nkurashdan birinchilardan bo‘lib 
jahon miqiyosidagi natijaga yaqinlashgan bo‘lishsa, S.Kuznestov 
birinchi bo‘lib 7 minglik ochkodan yuqori natija ko‘rsatdi. 
1947-1950-yillarda rossiyalik sportchi o‘nkurashchi X.Lipp jahonning 
eng kuchli o‘nkurashchilarni ro‘yxatini boshqaradi. V.Kuznetsov 
XVI va XVII-Olimpia o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritib, 3 
marta jahon va 6 marta Yevropa rekordini yangiladi. Tokiodagi XVII-
Olimpia o‘yinlarida Rossiyalik sportchi R.Aun o‘nkurashdan kumush 
medalini qo‘lga kiritadi.XX- Myunxendagi Olimpiadasida rossiyalik 
o‘nkurashchi I.Avilov yangi jahon rekordi o‘rnatib oltin medalni 
olgan bo‘lsa, A.Litvinko ikkinchi bo‘lib bronza medaliga ega bo‘ladi. 
1980-yildagi Moskvada bo‘lib o‘tgan XXII-Olimpia o‘yinlarida 
rossiyalik sportchilar Yu.Kustenko va S.Jelanov kumush va bronza 
medallari bilan taqdirlandilar.
80-yillarning eng kuchli o‘nkurashchisi D.Tom’.Son bo‘lib. U 
1980 va 1984-yillarda Olimpia o‘yinlari g‘olibi va 1983-1986-yillarda 
Yevropa birinchiliklar g‘olibi bo‘ldi. 1988-yildagi Seul Olimpia 
o‘yinida G.D.R Siotiga kritilgan Shenka-8488 ochko bilan g‘olib 
chiqdi. 1992-yildagi Barselona Olimpia o‘yinlarida 8611 ochko 
bilan chexoslovakiyalik sportchi Robert Emelik g‘alaba qozondi. 
1996-yildagi Atlanta shahrida bo‘lib o‘tgan XXVI Olimpia o‘yinlarida 
AQSh lik sportchi D.O.Brayn 8824 ochko bilan g‘alaba qildi. 2000-yilgi 
Sidneydagi XXVII-Olimpia o‘yinlarida estoniyalik o‘nkurashchi 
Erki Noll 8641 ochko bilan oltin medalga erishdi. 2004-yildagi 
Afina (Gretsiya) shahrida bo‘lib o‘tgan XXVIII-Olimpia o‘yinlarida 
Chexiyalik o‘nkurashchi Roman Shebrle 8893 ochko to‘plab yangi 
jahon rekordini yangilab olimpia chempioni nomini egalladi. Hozirgi 
vaqtda o‘nkurash bo‘yicha jahon rekordi Amerikaning o‘nkurashchisi 
Eshton Itonga tegishli bo‘lib, u 9026 ochko to‘plagan. U bu jahon 
rekordini 27.05. 2012-yilda Amerika ochiq birinchiligida o‘rnatgan. 
Bugungi kunda Osiyo rekordi Qozoqistonlik D.Karpovga taalluqdir. 
U 8725 ochko bo‘lib 23-14-avgust 2004-yili o‘rnatilgan.


503
13-jadval

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin