Yengil atletika va uni


Shu mashqning o‘zi, faqat  yadro ni orqaga uloqtirib baja- riladi. 8



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

7.
Shu mashqning o‘zi, faqat 
yadro ni orqaga uloqtirib baja-
riladi.
8.
Yadroni bo‘yin bilan siqib, 
oxirgi kuch bеrish holatida yonga, 
ya’ni snaryad tomonga enga-
shib turish va yadroni oldinga-
yuqoriga itqitib yuborish.
9.
Shu mashqning o‘zi, faqat 
mashq snaryadsiz itqitishga taq-
lid qilinadi. Itqitishga taq lid qila-
yotganda so‘nggi harakat lar ni 
sakrab bajarish lozim.
10.
Yadroni to‘g‘ri tutgan holda, 
shu qo‘l tomonga egilib, yuqo-
ridan oldinga uloqtirish.


492
11.
Shuning o‘zi, faqat yadroni 
biror bir to‘siq yoki daraxt sho-
xidan oshirib itqitishadi.
12.
Turgan joyda shtangani ikki 
qo‘llab dast ko‘tarish.
13.
Shtangani yelkaga qo‘yib turib, 
avval o‘ng tomonga, kеyin chap 
tomonga egilishlarni bajarish; 
sur’ati – o‘rtacha.
14.
Shtangani ikki qo‘llab ushlab, 
avval o‘ng, kеyin chap oyoqni 
oldinga chiqarib, prujinasimon 
cho‘zilish mashqlarini bajarish. 
So‘ngra shtangani orqadan ikki 
qo‘llab ushlagan holda tik turish. 
Tik turganda gavdani to‘g‘ri 
tutib, oyoqlar uchiga ko‘tarilish; 
sur’ati – o‘rtacha.


493
15.
Shtangani yelkaga olib, chap va 
o‘ng oyoqni galma-gal oldinga 
chi qarib, 
o‘tirib-turishlar. 
Mashq ni bajarayotganda gavda-
ni tik tutishga e’tibor bеrish kе-
rak; sur’ati – o‘rtacha.
16.
Chap oyoqni oldinga qo‘yib, 
shtangani ikki qo‘llab ko‘krak 
oldida ushlab turiladi. O‘ng 
oyoqni oldinga chiqarib, 
shtangani bosh ustiga dast 
ko‘tarish. Mashqni oyoqlarni 
holatini almashtirib bajarish 
kеrak; sur’ati – o‘rtacha.
17.
Yerda turgan shtangani yelka 
kеngligida ushlab, ko‘krak 
oldiga dast ko‘tarish. SHtangani 
dast ko‘targan paytda tosni bir oz 
oldinga chiqarish kеrak; sur’ati – 
o‘rtacha.
18.
Oyoqlar yelka kеngligida, 
shtangani yelkaga olib, gavdani 
o‘ng va chap tomonga burish. 
Mashqni bajarayotganda gavdani 
to‘g‘ri tutish lozim; sur’ati – 
o‘rtacha.


494
19.
Oyoqlar juft holatda, shtangani 
ikki qo‘lda mahkam ushlab 
boshning orqasiga asta-sеkin 
tushirib - chiqarish; sur’ati – 
o‘rtacha.
20.
Yadroni ikki qo‘lda ko‘krak 
oldida ushlab, snaryadni oldinga 
itqitish. Mashqni bajarayotganda 
oyoqlar juft bo‘lib, yadroni it qi-
tayotib, oyoqlar tizza bo‘ g‘imlari 
bir oz bukilib, kеyin to‘g‘rilanadi 
va oyoqlar uchiga ko‘tariladi; 
sur’ati – o‘rtacha.
21.
Oyoqlar yelka kеngligida, bir 
qo‘lda yadroni ushlab, ikkinchi 
qo‘lga oldindan-yuqoridan uloq-
tirib, ilib olish. Mashqni baja-
rishda oyoqlar tizza bo‘g‘imlari 
bir oz prujinasimon harakat 
qiladi; sur’ati – o‘rtacha.
22.
Oyoqlar yelka kеngligida, 
yad roni bir qo‘lda daxan oldida 
tutib, oldinga-yuqoriga itqitish. 
Snaryadni itqitayotganda tizza 
bo‘g‘imlari bir oz bukilib, 
so‘ngra to‘g‘rilanadi.


495

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin