511
Musobaqalasha olish, ayniqsa, uchkurashda (100 m, balandlikka
sakrash, yadro itqitish) yaxshi takomillashtiriladi. Bundan tashqari,
(klassik) beshkurash va «texnikali» oltikurashda (100 m,
uzunlikka va
balandlikka sakrash, langarcho‘p bilan sakrash,
yadro itqitish, g‘ovlar
osha 100 m yoki tekis 100 m yugurish, yadro itqitish, balandlik va
langarcho‘p bilan sakrash, g‘ovlar osha 110 m va 800 m yugurish)
qatnashish ancha foydalidir. Sportchi musobaqalashuv davrida
maxsus tayyorgarlikni oshirish bilan har bir turning texnikasini
takomillashtirishi kerak.
Ayniqsa, yuqori natija ko‘rsata olish mumkin bo‘lgan turlarga
ko‘proq e’tibor beriladi.
Yaxlit o‘nkurashda mahoratni
oshirish bilan bir vaqtda, uning ayrim
turlaridan qoloqlikni qanday qilib yo‘qotish mumkin? Avvalo, shu
qoloq turning texnik elementlarini o‘rganib olishga harakat qilish kerak.
Mashg‘ulot 1-2 haftalik kompleksini o‘tkazgandan keyingi
haftada, yuklamani pasaytirib, qoloq turlarni takomillashtirish va
jismoniy fazilatlarni rivojlantirish kerak. Ertalabki zaryadkada ham
taqlid mashqlarini bajarib, qoloq turlarni takomillashtirish kerak.
Musobaqalashuv davridagi ertalabki zaryadkalar o‘nkurashchini
charchatadigan bo‘lmasin. Zaryadkadagi katta yuklama asosiy
mashg‘ulotlarga salbiy ta’sir qiladi.
O‘nkurashga taalluqli bo‘lgan asosiy mashqlar ustida ko‘p ishlashga
qaramay,
kuchni yozda ham, shuningdek,, doim rivojlantirish kerak.
Kuchni rivojlantiruvchi mashqlarni 400 va 1500 m ga yugurish
oldidan, o‘nkurashning ikki-uch turidan keyin yoki jadalligi yuqori
bo‘lmagan mashg‘ulotning oxirida bajarish o‘rinlidir. Kuchni yadro va
toshlar bilan rivojlantirish ma’qul. Bundan tashqari, haftada bir marta
kuchni rivojlantirish uchun maxsus trenirovka mashg‘uloti o‘tkazish
zarur. Kuchni rivojlantirish va oyoq muskullarining elastikligini
yaxshilash uchun o‘nkurashchi har bir trenirovkaning oxirida sakrash
mashqlarini bajarishi shart.