527
2.4. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichi
Bu bosqichning boshlanishi, o‘z navbatida 9 – 10 yosh davriga
to‘g‘ri keladi va 3 – 4-yil davom etadi. Bu bosqich o‘z oldiga qo‘yigan
vazifalari va foydalaniluvchi mashg‘ulotlar vositalariga ko‘ra,
ko‘pkurashchilar uchun yengil atlektikaning boshqa
turlaridan hech
ham farqlanmaydi.
Bu bosqichda asosiy diqqat – e’tibor salomatlikni mustahkamlash,
har tomonlama jismoniy jihatdan rivojlantirish va ish bajarish
qobiliyatini takomillashtirishga qaratiladi. Bu davr yengil atletikaga
oid mashqlarni bajarish ko‘nikma va
malakalarini egallash uchun
qulay davr hisoblanadi. Biroq, bu bosqichda bir xildagi yengil
atletkaga oid mashqlarni ko‘p marta takroriylikda bajarish (bir xillik)
bolalarda mashg‘ulotlarga nisbatan qiziqish so‘nishi xavfini yuzaga
keltirishi mumkin.
Shu sababli, bu bosqichda yengil atletikaga
oid mashqlar texnikasini egallash bo‘yicha mashg‘ulotlar jarayoni
o‘yin tavsifiga ega bo‘lishi talab qilinadi. Bunda sport o‘yinlari va
harakatchan o‘yinlardan keng miqyosda foydalanish talab qilinadi,
ularning tarkibiga yengil atletika mashqlari elementlari va bir
butunlikagi mashqlar kiritiladi (masalan, start holatidan
yugurish,
yugurish mashqlari, joyidan itarilib qo‘zg‘alish, uloqtirish va hokazo).
Bu mashg‘ulotlarda emostional jihatdan ko‘tarinkilik mavjud bo‘lishi,
bu holat belgilangan vazifalarni hal qilish va yengil atletikaga nisbatan
qat’iy, barqaror holatdagi qiziqishlarni qaror toptirish imkonini berishi
talab qilinadi. Bunda foydalaniluvchi mashg‘ulotlar vositalarining
taxminiy hajmi 18–jadvalda keltirilgan.
Bu bosqichning tugallanishi bo‘yicha qizlarning ko‘pkurash
sport
turi bilan shug‘ullanish uchun saralab olinishi yoki boshqa sport
turi bo‘yicha ixtisoslashtirilishi amalga oshirilishi talab qilinadi.
Ko‘pkurash uchun qizlarning tanlab olinishida mezon sifatida 5 –
jadvalda keltirilgan nazorat normativlari o‘rin tutishi mumkin.