Yengil atletika va uni


Ko‘pkurashda asosiy mashg‘ulotlar jarayonlari



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

2.2. Ko‘pkurashda asosiy mashg‘ulotlar jarayonlari
Ko‘pkurashchilar erishuchvi natijalarni yaxshilash ko‘plab 
omillarga bog‘liq hisoblanadi, ular orasida eng asosiylari quyidagi 
yettitalikni tashkil qiladi:

Ijtimoiy shart – sharoitlar (jamiyatda ayollarning tutgan o‘rni 
o‘zgarishi, professional va tijorat yo‘nalishidagi sportga o‘tish);

Moddiy va texnik shart – sharoitlar (yo‘laklar va yugurish zonalari 
uchun, shuningdek, balandlikka sakrash sektori uchun, yerga tushish 
handaqlari uchun maxsus su’niy qoplamalar ishlab chiqarilishi, kiyim 
– kechaklar, oyoq kiyimlar va hokazolar);

Milliy va halqaro miqyosda yengil atletika dasturi tarkibining 
kengayishi;

Hisoblash tizimining o‘zgarishi;

Mashg‘ulotlar jarayonining o‘zgarishi.
Yaxshi darajada harakatlar muvofiqligi (
koordinatsiya
) – 
ko‘pkurashchi ayollarga o‘z harakatlarini maqsadga yo‘naltirilgan 
tarzda boshqarish, to‘g‘ri harakatlardan tezkorlikda foydalanishi 
va tashqi va ichki sharoitlarga moslashish imkonini beradi. Texnik 
mahoratga qo‘shimcha tarzda, ular yakka tartibdagi sport turlarida 
ko‘pkurash uchun talab qilinuvchi maxsus texnik va taktik mahoratni 
ham egallashlari zarur hisoblanadi.
Ko‘pkurashchilar maksimal natija ko‘rsatishlari talab etiladi:

Kvalifikatsiyaga ega bo‘lmagan holatda sprint musobaqalarida 
yugura olishlari;

Balandlikka sakrash va uloqtirish mashqlarida urinishlar soni 
cheklangan sharoitda yaxshi natija ko‘rsatishlari talab qilinadi;

Sport turining ma’lum bir ketma – ketlikda bajarilishi sharoitida 
ishlash;

Hatto, ular charchashlariga qaramasdan yaxshi natija ko‘rsatishlari 
talab qilinadi.
Taktik tayyorgarlik darajasi 
musobaqani o‘tkazish davomida 
namoyon bo‘ladi. Ko‘pkurashchilar uchun sport turining boshlanishida 
va bitta turdan ikkinchiga o‘tish oralig‘ida birinchi urinishdayoq 
yaxshi natijani qo‘lga kiritish uchun, balandlikda sakrashda to‘g‘ri 


523
tanlangan balandlikni zabt eta olish uchun, 800 metr masofaga 
yugurishda tempni to‘g‘ri tanlay olish uchun optimal darajada chigil 
yozdi mashqlarini bajarishi talab qilinadi. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin