520
Heptathlon/Tetradecathlon» musobaqasi borgan sari ommalashishi
qayd qilinmoqda. Bu musobaqalar o‘z tarkibiga 14 ta yengil atletika
sport turlarini jamlab olgan bo‘lib, musobaqalar ikki kun davomida
o‘tkaziladi:
1 – kun: 100 metr masofaga tezlik bilan yugurish, balandlikka
sakrash, 1500
metr masofaga yugurish, 400 metr masofaga tezlik bilan
yugurish, yadro uloqtirish, 200 metr masofaga yugurish, 100 metr
masofaga yugurish;
2 – kun: 100 metr masofaga tezlik bilan yugurish, balandlikka
sakrash, 1500 metr masofaga yugurish, 400 metr masofaga yugurish,
yadro uloqtirish, 200 metr masofaga yugurish, 100
metr masofaga
yugurish.
Hozirgi kunda ushbu sport dasturi bo‘yicha 22 marta dunyo
birinchiligi musobaqalari o‘tkazilgan. Jumladan, rossiyalik ayol
sportchi – I.Ilina ushbu musobaqalarda ikki karra g‘oliblikni qo‘lga
kiritgan. Uning eng yaxshi natijasi – 10086 ochkoga teng hisoblanadi.
2002-yilda Finlyandiyalik ayol sportchi M.Kelo tomonidan yangi
dunyo rekordi o‘rnatilgan bo‘lib, uning natijasi – 10798 ochkoni
tashkil qiladi.
Rasmiy vakolatga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan ayollar o‘rtasidagi
yengil atletika ko‘pkurash sport turi bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish
bo‘yicha rasmiy o‘zgartirishlarni kiritish fikri ilgari surilsa, har doim
ko‘pchilik mutaxasislar tomonidan bu holat o‘z – o‘zidan tushunli
holat sifatida qabul qilinadi. Shunday qilib, 2001-yilda Edmonton
shahrida (Kanada) o‘tkazilgan IAAF Kongressida ayollar o‘rtasidagi
o‘nkurash sport turini rasmiy musobaqalar dasturi tarkibiga kiritish
masalasi muhokama qilingan va 2008-yilda Olimpiada o‘yinlarida
ayollar o‘rtasidagi o‘nkurash sport turini dastur tarkibiga kiritishga
ko‘rsatma ishlab chiqilgan. Biroq, 2008-yilda Olimpiada o‘yinlarini
yettikkurash sport turi bo‘yicha o‘tkazishga qaror qilingan.
Ayollar o‘rtasidagi o‘nkurash sport turi musobaqalari erkaklar
o‘rtasida o‘tkaziluvchi ushbu turdagi sport musobaqasi singari, odatda
ikki kun davomida o‘tkazilishi belgilangan:
1 – kun: 100
metrga yugurish, disk uloqtirish, langarcho‘p bilan
sakrash, nayza uloqtirish, 400 metr masofaga yugurish o‘tkaziladi;
521
2 – kun: 100 metr masofaga tezlik bilan yugurish, uzunlikka
sakrash, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash, 1500 metr masofaga
yugurish amalga oshiriladi.
Bu struktura IAAF Ayollar qo‘mitasi tomonidan tavsiya qilingan,
bu ko‘rinishdagi ketma – ketlik tartibi o‘nkurash bo‘yicha erkaklar
va ayollar o‘rtasidagi musobaqalarni birgalikda o‘tkazishda hakamlar
korpusiga yordam berishi qayd qilinadi. Hozirgi kunda bir necha
davlatlarda (Rossiya, Franstiya, Polsha,
Germaniya, AQSh va
boshqalar) ayollar o‘rtasida o‘nkurash sport turi bo‘yicha mamlakat
miqyosida chempionat tashkil qilingan, shuningdek, bu sport turi
bo‘yicha bir nechta Halqaro miqyosdagi musobaqalar ham o‘tkazilgan.
Shunday qilib, bu sport turi bo‘yicha dastlabki Rossiyalik ayol sportchi
A.Stenkova hisoblanib (2003-yil), uning umumiy to‘plagan ochkosi
7742 ni tashkil qiladi. Shuningdek,, ayollar o‘rtasida o‘nkurash bahslari
tashkil qilinishi qisqa davri ichida 2004-yilda Fransiyada o‘tkazilgan
musobaqalarda Qozog‘istonlik ayol sportchi – I.Naumenko 7798
ochko to‘play olgan va bu yo‘nalishda uchinchi yuqori natijani qo‘lga
kiritgan. Hududiy musobaqalarda Missuri shtati Universitetida (AQSh)
o‘tkazilgan o‘nkurash musobaqasida 2004-yilda Afinada o‘tkazilgan
yettikurash bahslari kumush medali sohibi – Litvalik ayol sportchi
A.Skuyte 8358 ochko to‘plagan va undan oldin dunyo miqyosida eng
yaxshi natijani qayd qilgan Fransiyalik ayol sportchi – M.Kollonvill
natijasini 216 ochkoga yaxshilashga muvafaq bo‘lgan. Ukrainada
yengil atletika federatsiyasi tarkibida ayollar o‘rtasida o‘nkurash sport
turi yo‘nalishid musobaqalar hali o‘tkazilmagan.
Uzoq vaqt davomida o‘nkurash sport turi faqat erkaklar o‘rtasida
o‘tkaziluvchi yengil atletika sport
turi sifatida qayd qilingan, biroq
davrlar o‘tishi bilan o‘z – o‘zidan an’analar ham o‘zgaradi. O‘nkurash
sport turi iste’dodli yosh yengil atletikachi sportchilar o‘rtasida keng
miqyosda qiziqish o‘yg‘otadi, o‘z navbatida ayol sportchilar o‘rtasida
ushbu maksimal darajada murakkab va qiyin yengil atletika sport turi
bo‘yicha ham dunyo miqyosidagi sovrinli o‘rinlarni egallash g‘oyasi
rivojlantirilgan.