Yengil atletika va uni


Ko‘pkurash mashqlarining asosini



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Ko‘pkurash mashqlarining asosini
sportchilarning tayyorgarlik 
holati va texnikasi tashkil qiladi. Mashg‘ulotlar vaqtida umumiy 
sifatlar shakllantirilishi boshlanadi, keyin esa – maxsus mahorat 
sayqalanishiga o‘tiladi. Mashg‘ulotlar uchun mashqlarni tanlab olishda 
biz tayyorgarlik mashqlaridan boshlaymiz, keyin esa – rivojlantiruvchi 
mashqlarga o‘tiladi, har ikkala holatda ham umumiy mashqlardan 
maxsus mashqlarga o‘tish amalga oshiriladi. Mashg‘ulotlar 
uslubiyatini tanlashda biz nisbatan kamroq darajada intensivlikka 
ega bo‘lgan uslublardan nisbatan ko‘proq darajada intensivlikka ega 
uslublarga o‘tishni amalga oshiramiz. 
Sprintning (yuguruvchi sportchi) ideal holatdagi texnikasi – 
bo‘shashish va sportchining doimiy nisbiy qadam tashlashi, ritm 
tavsifda to‘siqlarni oshib o‘tish, shu bilan bir vaqtda sportchning 
gavdasi tik turgan holatda ushlanishi, me’yoridan chetga og‘ishlar 
nosog‘lom ko‘rinishda bo‘lmasligi, oyoqlar uzun tashlanishi holatida 
namoyon bo‘ladi. 
Sakrashlarda biz yugurish va sakrash o‘rtasida silliq bog‘lanish 
mavjud bo‘lishiga diqqat – e’tibor qaratamiz, shuningdek, sakrash 
vaqtida gavdani to‘g‘ri tutish muhim hisoblanadi. 
Uloqtirishda biz oyoqlarning asta – sekin birlashtirilishi, gavda va 
qo‘llarning yakuniy hal qiluvchi, final lahzasida zo‘r berishi holatini 
yuzaga keltirishga intilamiz.
Mashg‘ulotlar va musobaqa vaqtida ko‘pkurashchi – sportchilar 
jismoniy va ma’naviy – axloqiy gigiyena, oqilona tavsifda ovqatlanish 
haqida bilimlarni olishadi, shuningdek, ular jadval asosida ishlashni 
o‘rganishlari talab qilinadi. Sporchilar musobaqa vaqtida ularning 
imkoniyatlariga to‘g‘ri baho bera olishlari uchun, o‘z raqiblarini va 
ularning qo‘lga kiritgan natijalarini yaxshi bilishlari zarur hisoblanadi. 
Texnik mahoratni tizimli tarzda takomillashtirib borish – bevosita, 
texnik turlar bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishish imkonini beruvchi 
tayyorgarlik darajasining o‘zgartirilishini anglatadi. Mashg‘ulotlar 
natijaga erishish uchun maxsus mahoratni rivojlantirishga yo‘nal-


524
tiriladi, bunda ko‘pkurashchilar uchun maxsus mashqlardan foyda-
laniladi va ularning sportda yoki professional sportda yuksak 
natijalarga erishishlari imkoniyatlarini aniqlash asosida maqsadlarni 
rejalashtirishni nazarda tutadi. 
Maxsus faza davomida intensiv uslublar ustuvorligiga amal 
qilinadi, bunda mashqlar va alohida turlar bo‘yicha texnikaning 
takomillashtirilishiga nisbatan asosiy davra tavsifidagi yonda-
shuvlardan voz kechiladi. Mashg‘ulotlarning ko‘pkurash sport turiga 
oid o‘ziga xos tavsiflari maxsus bosqichda kelgusida to‘siqlar osha 
yuguruvchilar, sakrovchilar va uloqtiruvchilar uchun ustuvorlikka ega 
bo‘lishi bilan belgilanadi. Tayyorgarliklarning davriy tavsiflarini qayd 
qilib o‘tamiz.
Alohida mashg‘ulotlar davrlarida mashg‘ulotlarning tavsiflari 
sezilarli darajada o‘zgaradi. Ko‘pkurash sporti 2 – 5 ta tur bo‘yicha 
bo‘yicha o‘tkaziluvchi musobaqalar son miqdori borgan sari ortib 
borishi kuzatiladi. Yosh ko‘pkurashchilar sprint, to‘siqlar osha yugurish 
va uzunlikka sakrash kabi turlarda ishtirok etishi qayd qilinadi. Bu 
bosqichining tugallanishi bo‘yicha sportchilarning ko‘pkurash sport 
turi yo‘nalishida istiqbollari haqida qarorlar chiqariladi. 
Hozirgi vaqtda professional tavsifga ega bo‘lgan mashg‘ulotlarning 
asosiy belgilari quyidagilardan tashkil topadi: mashg‘ulotlar 
yuklamalarining mutloq darajada individuallashtirilishi, yakka 
tartibdagi turlarda texnikaning qo‘yilishida trenerlar bilan birgalikda 
mutaxasislarning maslahatlaridan foydalanish, salomatlik holati 
bilan bog‘liq bo‘lgan muammoli masalalarini bartaraf qilish uchun 
va kuchning tezkor qayta tiklanishi maqsadlarida tibbiy preparatlar 
keng spektridan foydalanish, yaxshi ob – havo sharoitida uzoq vaqt 
davomiyligida mashg‘ulotlarni olib borish. 
Yettikurashda ixtisoslashtirish davomida bir vaqtning o‘zida 
ko‘pkurashning barcha turlari o‘rganiladi yoki ma’lum bir ketma 
– ketlikda o‘rganiladi (masalan, sprint – to‘siqlar osha yugurish, 
uzunlikka sakrash, nayza uloqtirish, balandlikka sakrash, yadro 
uloqtirish, o‘rta masofalarga yugurish). Ketma – ketlikni mashq 
qiluvchilarning yakka tartibdagi (individual) o‘ziga xosliklari, gavda 
tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlari, ularning qiziqishlari va trenerning 


525
ijodiy yondoshuvlariga bog‘liq holatda o‘zgartirish mumkin. Guruhni 
yig‘ish asosini shogirdlarning yoshi emas, balki texnikani o‘zlashtirishi, 
testlarni bajarishi va ko‘pkurash bo‘yicha mutloq natijalari tashkil 
qilishi talab qilinadi. Biroq, qanday darajada tayyorlanganligidan qat’iy 
nazar, ayol sportchilar faqat o‘z tengdoshlari bilan musobaqalarda 
qatnashishlari talab qilinadi. 
III bosqichning vazifalari – 1 – razryad va sport nomzodligiga 
qo‘yiluvchi talablarni bajarishdan tashkil topadi. Bu davrda 
mashg‘ulotlarda sportchining orqada qolishi kuzatiluvchi yettikurash 
turlariga alohida e’tibor qaratish, biroq boshqa turlar bilan 
shug‘ullanishga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik talab qilinadi. 
Takomillashtirish bosqichi 2 – 6-yilgacha davom etishi mumkin. 
Trener va sportchi ayol shifokor bilan hamkorlikda yuksak natijaga 
erishish ko‘rinishidagi umumiy vazifani hal qiladi. Mashg‘ulotlar 
yetarlicha darajada qat’iy tartibda va intensivlik darajasi doimiy 
ravishda oshirib borilishi ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bunda 
musobaqalarda chiqishlar tahlil qilinadi, natijalarni yaxshilash 
imkoniyatlari qidirib topiladi. 
Shuningdek,, sportchi ayollarda o‘rganishning barcha bosqichlarida 
nazariy va axloqiy – ma’naviy, iroda jihatidan tayyorgarlik ham esdan 
chiqarilmasligi zarur hisoblanadi. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin