Yengil atletika va uni


Tayyorgarlik bosqichida asosiy mashg‘ulotlar



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Tayyorgarlik bosqichida asosiy mashg‘ulotlar 
vositalarining taxminiy hajmi


Mashg‘ulot vositalari
Hajmi
1.
Mashg‘ulotlar soni
160 – 180
2.
Musobaqalar soni, marta
3 – 5
3.
30 – 60 mga oxirgi tezlikda yugurish
6 – 7
4.
Kross, km
60 – 70
5.
Balandlikka sakrash, marta
400 – 450
6.
Uzunlikka sakrash, marta
250 – 300
7.
Tennis koptogi, marta
400 – 450
8.
G‘ovlar osha yugurish, g‘oclar soni
2500
19 – jadval
Tayyorgarlik bosqichda yosh ko‘pkurashchilar 
uchun nazorat normativlari

Nazorat meyorlari
Hajmi
1.
Erkin holda 30 mga yugurish, s
4.0 – 4.2
2.
Stardan 30 mga yugurish, s
5.1 – 5.2
3.
Turgan joydan uzunlikka sakrash, sm
200 – 190
4.
Turgan joydan uch hatlab sakrash, sm
630 – 610
5.
Tennis koptogi (150 g), m
40 – 36
6.
Uzunlikka sakrash, m
4.40 – 4.10
2.5. Boshlang‘ich ixtisoslashtirish bosqichi
Bu bosqich yettikurash turlari texnikasini o‘rganish nuqtai nazarida 
yuqori sinfga mansub sportchilarni tayyorlash jarayonining eng 
muhim halqalaridan biri hisoblanadi. 
Bu bosqichninga asosiy vazifalari quyidagilardan tashkil topadi:
1.
Yettikurash dasturi tarkibiga kiritilgan yengil atletika turlari 
texnikasi asoslarini egallash;
2.
Epchillik va tezlik – kuch sifatlarini rivojlantirish;
3.
Axloqiy – ma’naviy, iroda sifatlarini rivojlantirish.
Ama liy tajribalar va eksperimental tadqiqotlar natijalarini umum-
lash tirish asosida aniqlanishicha, boshlang‘ich ixtisoslashtirilish bos -


529
qichida turlarni o‘rganishning quyidagi ketma – ketligi nisbatan sa-
marali hisoblanadi:
1-yil: to‘siqlar osha yugurish, balandlikka sakrash va nayza uloq-
tirish uchun tayyorgarlik va maxsus mashqlarni o‘rganish; to‘ siqlar 
osha yugurish va nayza uloqtirish;
2-yil: yugurib kelib balandlikka sakrash va uzunlikka sakrash, yadro 
uloqtirish bo‘yicha boshlang‘ich va maxsus mashqlarn o‘rganish. 
Yugurib kelib balandlikka sakrash; to‘siqlar osha yugurish, nayza 
uloqtirish texnikasini takomillashtirish;
3-yil: yadro uloqtirish va yugurib kelib uzunlikka sakrash tex-
nikasini o‘rganish; to‘siqlar osha yugurish, nayza uloqtirish va yugurib 
kelib balandlikka sakrash texnikasini takomilashtish.
Yettikurashda yengil atletika turlarini o‘qitishning tavsiya qilingan 
ketma – ketligi boshlang‘ich ixtisoslashtirilish davrida barcha-yil lar 
davomida mashqlarning bir butunlikda bajarilishini mustasno qil-
maydi, balki bunda ushbu holat ustuvorlikni belgilab beradi holos. 
Ushbu bosqichda mashg‘ulotlar jarayonini-yillik stikl bo‘yicha 
tuzib chiqish ko‘pincha holatlarda ikkita siklli tavsifga ega hisoblanadi. 
Bu bosqichda bitta siklli rejalashtirish nisbatan murakkabroq 
ko‘rinishda amalga oshiriladi va shu sababli, bu bosqichda sportchilar 
o‘z navbatida ko‘pkurash dasturi tarkibida ikkita – uchta turda yaxshi 
natijalarga erishishni hisobga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi, 
qish mavsumida va shuningdek,, yozgi mavsumda o‘tkaziluvchi 
yuqori rangdagi musobaqalar ko‘pkurash dasturi tarkibida bunda 
aynan ushbu ko‘pkurash turlari bo‘yicha raqobatlashish amalga 
oshirilishi e’tiborga olinadi. Bu holat sportchilarda musobaqa tajribasi 
egallanishi va musobaqa sharoitlarida o‘z imkoniyatlari darajasini 
tekshirib ko‘rish imkonini beradi. 
Oldingi bosqichga nisbatan solishtirilganda mashg‘ulotlar yuklama-
larining-yillik hajmi-yildan-yilga 10 – 12%ga ortadi (20 – jadval).
Boshlang‘ich ixtisoslashtirilish bosqichi tugallanishida yosh 
ko‘pkurashchilar ayollar o‘rtasidagi yettikurashning barcha turlari 
bo‘yicha asosiy texnikalarni egallagan bo‘lishlari talab qilinadi. 
Bundan tashqari, ko‘pkurashda sportchilarning navbatdagi davrlarda 
takomillashtirilishi davomida jismoniy jihatdan ma’lum bir aniq 
darajada rivojlanishga ega bo‘lishlari talab qilinadi. 


530
Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash uchun mezon sifatida 
quyidagi 21 – jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlar xizmat qilishi 
mumkin.
Boshlang‘ich ixtisoslashtirilish tugallanishida ko‘pkurashchilar-
ning orasidan quyidagi uchta tipdagi sportchilar ajratib olinadi:
1. Yugurish va sakrash bo‘yicha mashqlarni nisbatan muvafaqqiyatli 
o‘zlashtiruvchilar.
2. Uloqtirish va sakrash mashqlarini nisbatan nisbatan muvafaq-
qiyatli o‘zlashtiruvchilar.
3. Ko‘pkurashning barcha turlarini yaxshi o‘zlashtiruvchi, «univer-
sal» ko‘pkurashchilar.
20 – jadval 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin