515
II BOB. YETTIKURASH
Yettikurash – bu yengil atletikaning texnik, tezlik va kuchga tegishli
turi hisoblanadi. Ko‘pkurashda natijalar yakka tartibdagi sport
turlari
bo‘yicha yig‘ilgan umumiy ochkolar qiymati bo‘yicha ifodalanadi.
Shu bilan bir vaqtda, yengil atletikaga tegishli bo‘lga ko‘pkurash –
bu nafaqat yettita yoki o‘nta yengil atletika sport turlarining umumiy
arifmetik yig‘indisi emas, balki o‘zaro ma’lum bir aniqlikdagi o‘tishlar
(bitta holatdan ikkinchisiga o‘tishlar) sifatida belgilangan turli xildagi
struktura va tezlik – kuchga oid harakatlardan tashkil topgan
bir butun
yagona ko‘rinishdagi murakkab mashq sifatida qayd qilinadi.
Ko‘pkurashchilarni tayyorlash jarayonida har bir alohida sport turi
tarkibidagi boshqa sport turiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va agar, ushbu
o‘zaro bog‘liqlik holati hisobga olinmasa, u holda har qanday yetti
kurash ko‘pkurash musobaqalarida yuqori natijalarga erishish uchun
sezilarli darajada katta vaqt davomiyligiga ega bo‘lishi talab qilinadi.
N.A.Nemstova tomonidan keltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha,
ayollar o‘rtasidagi yengil atletika ko‘p kurash
sport turining zamonaviy
holati alohida sport turlarida maxsus kuchga oid tayyorgarlikning
shunchaki oddiy umumiy yig‘indisi sifatidagi maxsus kuchga oid
tayyorgarlik sifatida qarab chiqilishidan chekinishni talab qiladi.
Jumladan, bunda maxsus kuchga oid tayyorgarlik strukturasi tarkibida
ko‘p sondagi elementlar mavjudligi va ular o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqliklar murakkab tavsifga egaligi ularni funksional jihatdan
tashkillashtirib chiqishni talab qiladi. Yettikurashchilarni ko‘p-yillik
tayyorlash davomida kuzatiluvchi katta qiyinchilik holati –
bu texnik
mahorat va jismoniy sifatlarning takomillashtirilishiga yo‘naltirilgan
mashg‘ulotlar vositalarining o‘zaro nisbatlarini maqsadga muvofiq
holatda tuzib chiqish bilan bog‘liq hisoblanadi. Ta’kidlab o‘tilgan
holatlar yettikurash sport turi amaliyotida ko‘pkurashchilarning
maxsus jismoniy tayyorgarligi haqidagi bilimlar bo‘yicha tadqiqotlarni
amalga oshirish zaruriyati masalasi mavjudligi va shuningdek,, bu
yo‘nalishda amalga oshirilgan tegishli ilmiy tadqiqotlarning mavjud
emasliginini ko‘rsatib beradi.
516
Yettikurashchilarning tayyorlanishi masalasini hal
qilishning
dolzarbligi bevosita rossiyalik ko‘pkurashchilarning Afinada va
Pekinda o‘tkazilgan Olimipiada o‘yinlarida qo‘lga kiritgan nisbatan
kamtarona natijalariga nisbatan yuqori darajadagi natijalarga erishish
kerakligida o‘z ifodasini topadi.
Dostları ilə paylaş: