Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə242/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

1.4. O‘nkurash musobaqalariga 
tayyorlanish va ularga qatnashish
O‘nkurash musobaqalari ikki kun davom yetadi. Shuning uchun 
yetarli darajada kuch to‘plash juda muhim.
Musobaqaga, trenirovkaning hajmini asta-sekin kamaytirib, 20-
25 kun oldin tayyorlanish kerak. Bundan oldin birinchi kun bo‘yicha 
sinov o‘tkazib, unga bir necha o‘nkurashchi qatnashsa, ayni muddao 
bo‘ladi. Musobaqaga 15 kun qolganda, ikkinchi kun bo‘yicha sinov 
o‘tkazib, bir kun burun 400 metrni 
3
/
4
tezlik bilan yugurib o‘tish kerak. 
O‘nkurash sinovini 800 m yugurish bilan tugatish mumkin. Qolgan 
7-10 kunda (musobaqaga 3-5 kun qolganda, aktiv dam olinadi) 3-4 
mashg‘ulot o‘tkazilib, bu mashg‘ulotlar sinovda aniqlangan ayrim 
xatolarni tuzatishga bag‘ishlanadi.
Musobaqa vaqtida o‘nkurashchining har bir turga yaxshi 
tayyorlana olishi va ular orasidagi vaqtida to‘g‘ri dam olishi yuqori 
natija ko‘rsatish uchun muhim ahamiyatga ega. Musobaqaning har 
ikki kuniga ham razminka doimiy bo‘lishi kerak.
O‘nkurashchi 100 m ni yugurib o‘tgandan keyin uzunlikka sak rash 
joyiga kelib, yugurib kelishni belgilab qo‘yishi kerak. Agarda sak-
rashlarga, 100 m ni yugurib o‘tgandan keyin, 30 minut vaqt qol gan 
bo‘lsa, yugurib kelishni bir ikki marta tekshirib, kerak bo‘lsa o‘zgar-
tirib, bir marta sakrab ko‘rish kerak. Sinov sakrashidan musobaqa 
boshlanishigacha dam olish uchun 10-12 minut qolishi kerak.
Agarda sakrashgacha ko‘p vaqt (50-60 min) qolgan bo‘lsa, 
yotib yoki o‘tirib dam olish va musobaqaga 25-30 minut qolganda, 
tayyorlana boshlash kerak. Bunday holda bir necha muskul cho‘zuvchi 
mashqlar bajariladi.
Musobaqada birinchi sakrashni dadil bajarib, yuqori natija ko‘r-
satishga intilish kerak. Urinishlar o‘rtasida kiyinib dam olib, keyingi 
urinishga chaqirishga 2-3 minut qolganda, yengil, kalta qadamlar 
bilan yugurib o‘tish kerak.
Yadro itqitish musobaqasida birdaniga uch urinish yoki navbat 
bilan bittadan urinish beriladi. Ikkinchisida, har bir urinishga 4-5 
minut qolganda, yadroni 2-3 marta yengil irg‘ib itqitish kerak.


513
Balandlikka sakrashdan oldin yugurib kelishni belgilab, 3-4 marta 
yugurib kelib yerdan depsinishni va plankani eng yuqori natijadan 20-
25 sm pastroq qo‘yib, ustidan sakrab o‘tib ko‘rish kerak. Musobaqa 
ham shu balandlikdan boshlanadi. O‘nkurashchi har bir balandlikni 
birinchi urinishda o‘tishga harakat qilishi kerak. Aks holda urinish 
muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin.
400 m ga yugurish oldidan o‘tkaziladigan razminka 60-80 m ni 
yugurib o‘tish, 100-150 m ga burilishlarda (1-2 marta) tezlanishli 
yugurish va 1-2 marta startdan yugurib chiqishlardan iborat. Shulardan 
keyin musobaqagacha dam olish uchun 5-10 minut qolish kerak.
O‘nkurashchi eng yaxshi natija ko‘rsatishga yordam beruvchi 
taktikani qo‘llashi kerak. U o‘z kuchini bilib, butun masofa bo‘ylab 
uni to‘g‘ri taqsimlashi lozim.
400 m ga yugurishdan musobaqalashayotganda, quyidagilarga 
rioya qilish kerak: 30 m ni sprint tezligida yugurib o‘tgandan so‘ng, 
keng qadamlar bilan yugurishga o‘tiladi. Keyinchalik, burilishdan 
chiqayotganda, yugurish strukturasini buzmasdan tezlanish va 
birinchi to‘g‘ri qismni erkin yugurib o‘tish. Ikkinchi burilishga 
kirganda, yana tezlanib, uning yarmini erkin yugurib o‘tib, burilishdan 
chiqayotganda yana tezlanish kerak va oxirgi to‘g‘ri qismda, tezlikni 
saqlab qolishga harakat qilinadi. Ko‘pgina yuguruvchilar tezlikni 
qadamlarni zich qo‘yish orqali saqlab qolishga harakat qiladilar. Lekin 
bunday urinishlar yordam bermaydi. Tezlikni saqlash uchun yerdan 
depsinish quvvatini oshirish kerak. Musobaqadan keyin 5-10 minut 
sekin yugurib, undan issiq dushga tushish kerak.
Ikkinchi kunda o‘nkurashchi 110 m ga g‘ovlar osha yugurish oldidan 
odatdagi razminkani o‘tkazadi. Disk uloqtirishda, musobaqadan 20 
min oldin razminkani boshlash mumkin. Dastlab diskni bir necha 
marta yuqoriga qirrasi bilan tashlash kerak. Keyin 3-4 marta turgan 
joydan va 1-2 marta burilib diskni uloqtirish bajariladi.
O‘nkurashning sakkizinchi turi bo‘lgan langarcho‘p bilan 
sakrashda, musobaqa oldidan 25-30 minut razminka qilib, dastlabki, 
balandlikdan sakrab o‘tib, har bir urinish o‘rtasida dam olish zarur.
Nayza uloqtirishdan oldin bo‘g‘inlardagi harakatchanlikni oshirish 
mashqlarini bajarish tavsiya qilinadi. Keyin yugurib kelishni belgilab, 
2-3 marta uloqtiriladi, ammo bor kuch bilan emas.


514
Nayzani uloqtirib bo‘lgandan keyin, 1500 m ga yugurishgacha 
qolgan vaqtga qarab, bajariladigan razminka aniqlanadi. O‘nkurashchi 
5-7 minut davomida qisqa tezlanishlar bilan sekin yugurib, startgacha 
7-10 minut qolganda, razminkani tugatishi kerak.
Musobaqada beriladigan urinishlarning hammasidan to‘liq 
foydalanish kerak. Ammo langar bilan sakrashda o‘tib bo‘lmaydigan 
balandlikdan o‘tish uchun urinmasa ham bo‘ladi, chunki bu kuchni 
tejab qolib, boshqa turga sarflagan ma’qul.
Musobaqadan keyingi kunda sekin, ammo davomli yugurish 
o‘tkazish kerak.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin