1.
30mga yugurish (yurib ketayotgan
vaqtda), s
4.3±0.1
4.2±0.1
2.
30mga startdan yugurish, s
3.3±0.1
3.2±0.1
3.
200 mga yugurish, s
25.0±0.5
24.5±0.5
4.
1000 mga yugurish, min
3.05.0 ±0.05
2.55.0±0.05
5.
Turgan joydan uch hatlab sakrash, m
7.80±0.2
8.20±0.2
6.
2 kgli yadroni yurgan holda bosh
orqasidan itqitish, m
16±0.5
16.5±0.5
7.
Yotgan holda tosh ko‘tarish, kg
65±5
70±5
8.
Tosh bilan o‘tirib turish, kg
85±10
100±10
9.
Yadra itqitish (4 kg):
- pastdan oldinga, m
14.5±0.5
15.5±0.5
Bosh ustidan orqaga, m
16±0.5
16.5±0.5
538
26 – jadval
Yettikurashda natijalarga tegishli bo‘lgan
testlar va yakka tartibdagi turlar
№
Turi
Ochkosi
KMS
4800
MS
5500
MSMK
6200
1.
60 m
8.20
7.80
7.50
2.
100 m
12.90
12.30
11.80
3.
150 m
20.20
19.20
18.20
4.
600 m
1.49.0
1.43.0
1.37.0
5.
5 marta sakrash
13.00
14.00
15.00
6.
4kg bosh ustidan irg‘itish,m
11.80
12.90
15.20
7.
Yotgan holda gavdani ko‘tarish va tushirish
45
55
70
8.
Turgan joydan 4kg Yadroni itqitish
9.30
10.40
12.70
9.
Yadro itqitish (3kg)
11.50
12.70
15.00
10.
100 mga g‘ovlar osha yugurish
15.60
14.50
1380
11.
Balandlikka sakrash (m)
1.60
1.70
1.80
12.
Yadro itqitish
10.50
11.70
14.00
13.
200 m
26.80
25.50
24.50
14.
Uzunlikka sakrash(m)
5.30
5.75
6.20
15.
Nayza uloqtirish
35.00
40.00
45.00
16.
800 m
2.30.00 2.24.00 2.15.00
2.9. Ettikurashchilarning mashg‘ulotlari uslubiyati
Yengil atletikada ko‘pkurash bu shunchaki, yettita yoki o‘nta
yengil atletika turlarining arifmetik yig‘indisi emas, balki bu – turli
xil struktura va tezlik – kuchga oid harakatlarning bir butun birligidan
tashkil topgan mashq turi hisoblanadi, bu turlar o‘zaro ma’lum bir
aniq o‘tish holatlari (biridan ikkinchiga o‘tish) bilan bog‘lanadi.
Ko‘pkurashchilarning tayyorlanishida har bir alohida tur boshqa
turlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, va agar, ushbu o‘zaro bog‘lanishlar
hisobga olinmasa, u holda har qanday ko‘pkurashchilar ko‘pkurashda
yuqori natijalarga erishish uchun sezilarli darajada ko‘p vaqt
sarflanishlariga to‘g‘ri keladi. Ko‘pkurashda zamonaviy natijalar
539
jadvali tarkibi shunday tuzib chiqiladiki, ya’ni bunda kim har
tomonlama jismoniy jihatidan yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lsa,
demak ushbu sportchi eng yuqori ochkoni to‘play olishi mumkin,
qandaydir mashqlar guruhida yetarlicha darajada tayyorlanmagan
sportchi muvafaqqiyatga erishishga intilishi qiyin masala hisoblanadi.
Ko‘pkurashda tayyorgarlik o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, har
tomonlama katta qiymatdagi yuklamalarga egaligi bilan ajralib turadi,
shu sababli mashg‘ulotlar rejalari belgilangan vazifalar va yengil
atletikaning turli xil turlari bo‘yicha tayyorgarlik vositalari bilan
uyg‘unlikda qarab chiqilishi talab qilinadi.
Ko‘pkurashchilar sifatlarni rivojlanish asosida, ko‘pkurash
tarkibiga kiritilgan barcha turlarni sinchiklab o‘rganib chiqishadi.
Alohida turlar bo‘yicha tayyorgarlik uslublarini muvafaqqiyatli
birlashtirish uchun ko‘pkurashchilarning mashg‘ulotlari rejasini
alohida tartibda tuzib chiqish talab qilinadi. Texnikani egallash va
jismoniy sifatlarni takomillashtirish jarayonida ko‘pkurashchilarda
iroda sifatlari ham rivojlantiriladi.
Maxsus iroda sifatlarining rivojlantirilishi vositalarining mu-
rak kablik darajasi doimiy ravishda hajmi va intensivligi ortib bo-
rishi bilan bog‘liq bo‘lib, shuningdek, ko‘pkurashchilarning muso-
baqalarda ishtirok etishi shart – sharoitlaridan kelib chiqadi. Ko‘p-
kurashchilarda iroda sifatlari holat va joylashish joyidan qat’iy
nazar, har kuni tarbiyalab borilishi talab qilinadi. Ko‘pgina turlarni
egallashda qiyinchilarni yengib o‘tishning qat’iy rejim asosida
amalga oshirilishiga amal qilish, charchoq bilan kurasha olish va
ayniqsa, orqada qoluvchi turlar bo‘yicha mashaqqatli mashg‘ulotlar
– bu ko‘pkurash bo‘yicha o‘tkaziluvchi ikki kunlik baxslar davomida
sportchilarda talab qilingan darajadagi yuqori iroda sifatini qaror
toptirish uchun zaruriy shartlar hisoblanadi.
Ko‘pkurash mashg‘ulotlarida nisbatan o‘ziga xos hisoblangan
xususiyatlarni tahlil qilish, shuningdek, ularning musobaqalarda
qilgan chiqishlari natijalarini qarab chiqish yengil atletikachilarda
qandaydir rivojlanishlardagi ustuvorliklar va alohida turlar bo‘yicha
va umumiy ko‘pkurash bahslarida to‘plangan ochkolar taqsimotida
o‘zaro bog‘liqliklar aniqlanishi imkonini beradi.
540
Yugurish, sakrash va uloqtirish ko‘pkurash turlarida yig‘ilgan
ochko larning taqsimlanish tavsiflari bilan o‘zaro farqlanuvchi
ko‘pkurashchilar guruhlarini ajratib ko‘rsatish imkoni yuzaga keladi.
Jumladan, ko‘p kuzatiluvchi guruhlar quyidagilardan tashkil topadi:
«universal», «yuguruvchi – sakrovchi», «yuguruvchi», «sakrovchi»,
qolganlari: «sakrovchi – uloqtiruvchi», «yuguruvchi – uloqtiruvchi»,
«uloqtiruvchi»
va hokazolar.
Yettikurash yo‘nalishada amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari
ko‘pkurashda «universal» tavsifda tayyorgarlik tizimining ustu-
vorliklarini aniqlash imkonini beradi, bunda yettikurash ushbu «tizim»
asosida bir butun yagonalik sifatida qarab chiqiladi, uning tarkibini
tashkil qiluvchi barcha turlar bir xilda muhim ahamiyatga ega bo‘lib,
umumiy natija esa – har bir tur bo‘yicha erishilgan natijalarga bir xilda
bog‘liq hisoblanadi.
«Universal»
tizimning sezilarli darajadagi o‘ziga xos farqlanuvchi
jihati – bu yettikurashda bosqichlar qayd qilinishi bilan bog‘liq hisob-
lanadi. Bu bosqichlar natijalarning «tenglashtirilishi» va
«universal
tayyorgarlik»
deb nomlanadi. Birinchi bosqichning asosiy vazifasi
– bu yettikurashning barcha turlarida natijalarning tenglashtirilishi
bilan bog‘liq hisoblanadi. Bu davrda belgilangan vazifalarni hal qilish
sportchilarga kuchsiz darajada egallangan turlar bo‘yicha orqada
qolishni bartaraf qilish va yettikurashda
«universal»
tavsifga ega
bo‘lish imkonini beradi. Ikkinchi bosqich – bu universal tayyorgarlik
bosqichi bo‘lib, bunda yettikurashning barcha turlari bo‘yicha
natijalarni oshirish vazifasini hal qilish masalasi belgilanadi.
Boshqa turlar bo‘yicha yettikurash mashg‘ulotlari guruhlarini
tuzib chiqish chuqurlashtirilgan tavsifda individual mashg‘ulotlar
vositalari bilan tavsiflanadi, agar
«universal»
yettikurashchilarda
turlar o‘rtasidagi yuklamalar bir xilda taqsimlangan bo‘lsa, u holda
boshqa turdagi yettikurashchilarda mashg‘ulotlar yuklamalari hajmi
kuchli turlar bo‘yicha ustuvorlikda qayd qilinadi.
Shunday qilib, tayyorgarlikning ikkita bosqichi mavjud bo‘lishi
(
«tenglashtirish»
bosqichi va
«universal»
tayyorgarlik bosqichi),
mashg‘ulotlar davomida turlarning yettikurash tarkibidagi ko‘rinishda
qat’iy tartibda ketma – ketlikda joylashtirilishi, yettikurashning
541
«yagona bitta tur»
sifatida tan olinishi, barcha mashg‘ulotlar
vositalari hajmining doimiy ortib borishi asosida yuqori kvalifikatsiya
darajasidagi yettikurashchilarni tarbiyalashning optimal shart –
sharoitlarini yaratadi.
Ko‘pkurashchilarda doimiy ravishda darajasi oshirib borilishi talab
qilinuvchi sifatlar – kuch, tezkorlik, chidamlilik faqat,-yil davomida,
bir necha-yillar davomida ushbu sifatlarning rivojlantirib borilishi
asosida ta’minlanishi mumkin.
Ko‘pkurashda shug‘ullanish asosida ko‘pkurash tarkibiga kiriti-
luvchi turlarning o‘zaro bir – biriga ta’siri haqida, bitta mashqning
ikkinchisini tarkibiy jihatdan to‘ldirishi, bir – biriga ijobiy ta’sir
ko‘rsatishi, qandaydir turlarning esa mustaqil tur sifatida o‘rin tutishi
va bevosita asosiy tur sifatida mashg‘ulotlarni amalga oshirishni talab
qilishi haqida bilishlari talab etiladi. Masalan, favqulodda darajada
katta qiymatdagi yugurish dasturlarining bajarilishi uloqtirish turiga
nisbatan salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Yuqori natijalarga erishish imkonini beruvchi darajani qo‘lga kiritish
uchun doimiy ravishda maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirishga
e’tibor qaratilishi talab qilinadi. Ko‘pkurash tarkibida bu vazifa bir
vatqning o‘zida boshqa bir uncha murakkab bo‘lmagan vazifa –
ya’ni, silliq tarzda yugurish texnikasi bilan birgalikda va shuningdek,,
harakatlar strukturasi va asosiy namoyon bo‘luvchi jismoniy sifatlar
bo‘yicha bir – biridan farqlanuvchi yana beshta yengil atletika turlari
bilan birgalikda bajarilishi talab qilinadi. Shu sababli, yettikurashda
jismoniy sifatlarni rivojlantish uchun asosan, yettikurash tarkibiga
kiritiluvchi asosiy mashqlarning strukturasi bo‘yicha o‘xshash
hisoblangan, tezlik – kuchga oid maxsus mashqlardan foydalanish
talab qilinadi.
Kvalifikatsiyaga ega bo‘lgan ettikurashchilarning mashq qilgan-
lik struktura tarkibining omillarga oid tahlil qilinishi natijasida
aniqlanishicha, yettikurashchilarning tayyorgarligining asosiy ko‘r-
sat
kichi – sportchilarning umumiy kompleks holatdagi mashq
qilganlik darajasi hisoblanishi qayd qilinadi. Ushbu tadqiqotlarda
ko‘rsatib o‘tilishicha, yettikurashda yuqori natijalarga erishish barcha
jismoniy sifatlarning yuqori darajagacha rivojlantirilishiga erishishsiz
542
va barcha turlar bo‘yicha takomillashgan texnikani o‘zlashtirishsiz
amalga oshirilishi mumkin emas, shu sababli ko‘pkurashchilarning
mashg‘ulotlari kompleks tavsifga ega hisoblanadi.
Biroq, aynan kompleks tavsifga ega bo‘lish, jismoniy sifatlar
rivoj lantirilishida ziddiyatli holatni yuzaga keltiruvchi asosiy sabab-
lardan biri hisoblanib, ya’ni jismoniy sifatlardan birining favqu lodda
darajada rivojlantirilishi boshqa birining holati yomon
lashishiga
sabab bo‘ladi. Masalan, mashg‘ulotlar vositalaridan foydalanishda
ko‘pkurashchilarda quyidagi natijalarga erishish uchun talab qilinuvchi
nisbatlarni topish qiyin masala hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: |