Yengil atletika va uni


 Yettikurashda ayollar mashg‘uloti



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

2.10. Yettikurashda ayollar mashg‘uloti
Ancha qobiliyatga ega bo‘lgan 15-17 yoshli qizlar bir-ikki-yil 
davomida beshkurashning asosiy turlarini egallab olishlari mumkin.
Yettikurash mashg‘ulotsining metodlari o‘nkurashnikiga o‘xshash 
bo‘lib, shunga asoslanadi. Bular har tomonlama jismoniy tayyorgarlik-
ka, ettikurash turlarining aniq bir tartibda kelishiga, yugurish tezligiga 


544
ko‘proq e’tibor berilib, mashg‘ulotga beshkurashning hamma turlarini 
kiritish va hokazolardan iborat.
Ayollar ettikurashida sprintcha tayyorgarlik muhim rol o‘ynaydi, 
ammo beshkurashdagi hozirgi zamon yutuqlari ettikurashning hamma 
turlarida yuqori natija ko‘rsatish talab qiladi.
Mashg‘ulotning asosiy vazifalari: 
1. Yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash va yadro itqitish 
texnikasini egallash.
2. G‘ovlar osha 80 m ga 200 m ga yugurish texnikasini hamda 
tezlikni yaxshilash.
3. Umumiy jismoniy tayyorgarlikni, ayniqsa, harakat tezkorligini, 
umumiy chidamlilikni, asosiy muskullar kuchini va tos-son bo‘g‘ini-
dagi harakatchanlikni oshirish.
4. Qisqa masofalarga yugurish, sakrash va yadro itqitishga taa’lluqli 
bo‘lgan muskullar kuchini rivojlantirish.
5. Ma’naviy va irodaviy fazilatlarni oshirish.
6. Nazariy tayyorgarlik ko‘rish.
Mashg‘ulotning tayyorlov davrida
shug‘ullanish sharoitiga, 
sportchining yoshiga va tayyorgarligiga qarab mashg‘ulotlar haftada 
4-5 marta o‘tkazilishi mumkin.
Qishki mashg‘ulotning asosiy vositalari: yettikurash turlari, yugu-
rish, sakrash va akrobatik mashqlar, to‘ldirma to‘plar, og‘irliklar bilan 
mashq bajarish, sport o‘yinlari, krosslar va h.k.
Og‘irliklar bilan mashq bajarishda ayollar organizmi ayrim 
xususiyat larga ega, shuning uchun mashg‘ulot davomida ularga alohi-
da e’tibor berilishi zarur.
Oylik sikl oxiriga 2-3 kun qolganda va undan keyin 2-3 kungacha 
og‘irliklar va sakrash mashqlarining yuklamasini pasaytirish kerak.
Kuzgi-qishki mashg‘ulot bosqichining boshida kuch va tezkor-
likni rivojlantirishga va harakatlarni boshqara olishini yaxshilashga 
ko‘proq e’tibor beriladi. Ko‘pkurash turlari bilan esa faqat mashq 
ko‘rganlikni saqlab qolish uchungina shug‘ullanish kerak.
Boshqara olish qobiliyatini yaxshilash va umumiy chidamlilikni 
oshirish uchun mashg‘ulotlarning qiziq o‘tishiga yordam beruvchi 
sport o‘yinlaridan ko‘proq foydalanish darkor.


545
Sportchi ayollarning asosiy vazifasi beshkurash turlari texnikasini 
muttasil ravishda takomillashtirish hisoblanadi. Shuning uchun har bir 
turdagi ko‘pgina maxsus mashqlardan juda ko‘p foydalanish kerak.
Tayyorlov davrida mana bunday sxemadagi haftalik sikl qo‘llani-
lishi ham mumkin.
1-kun – kuch tayyorgarligi va o‘zgaruvchan yugurish.
2-kun – ettikurashning birinchi kunidagi turlarni takomillashtirish 
va yugurish tayyorgarligi.
3-kun – uzunlikka sakrash va yugurish texnikalarini takomillash-
tirish.
4-kun – dam olish.
5-kun – birinchi kundagilar takrorlanadi.
6-kun – qoloq turlarni takomillashtirish, kross yoki o‘zgaruvchan 
yugurish.
7-kun (yakshanba) – dam olish.
Iloji bo‘lsa bir kunda ikki mashg‘ulot o‘tkazish ettikurash turlarini 
texnikaviy jihatdan yaxshiroq takomillashtirishga ko‘proq yordam 
beradi. Bu davrdagi krosslar mashg‘ulotdan keyin kuchni tiklashga 
yordam beradi. Krosslar asosan 15-20 minut davom etadi.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin