Yengil atletika va uni


Mashgulotlarining maqsadi



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

1.1. Mashgulotlarining maqsadi
Faqat shundan keyingina shuning maqsadii shakllanadi va uning 
asosida o‘quvchilarning kutilayotgan nazariy, jismoniy va texnik 
tayyorgarliklari holati darajasi loyihalashtiriladi.
Kutilayotgan jismoniy holatga maktab o‘quv dasturida nazarda 
tutilgan nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish, jismoniy mashqlarni 
o‘rganish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash bo‘yicha bir qator aniq 
vazifalarni qo‘yish bilan erishiladi. Shunday ekan, rejalashtirishning 
navbatdagi texnologik operatsiyasi sifatida ta’lim va tarbiyaning aniq 
vazifalarini qo‘yishni hisoblash mumkin.
Qo‘yilgan vazifalarni hal qilish uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga 
pedagogik ta’sir ko‘rsatish tizimini aniqlaydi. U vositalar, uslublar 
va ish sharoitlarini uz ichiga oladi. Bu operastiya, xuddi oldingidek, 
o‘quvchilarning faol ishtiroklari natijasida amalga oshirilishi mumkin. 
Bu vaqtda jismoniy tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishga xalaqit 
beruvchi yuz berishi mumkin bo‘lgan noqulay omillarni hisobga olish 
lozim.
Pedagogik jarayonning to‘g‘ri borishini tekshirish uchun maxsus 
tanlab olingan ekspress-testlar yordamida bosqichma-bosqich nazorat 
o‘tkazish quyi tizimi yaratiladi. Agar har bir bosqich nazoratida 
olingan natija rejalashtirilgan talabga javob bersa, bu vaqtda barcha 
operastiyalarning to‘g‘ri rejalashtirilganligiga xulosa qilsa bo‘ladi. 
Mobodo rejalar vijdonan amalga oshirilgan sharoitda nazorat 
natijalari rejalashtirilgan maqsadlardan jiddiy farq qilsa, demak 


550
rejalashtirish texnologiyasida xatolar borligidan dalolat beradi. Bu 
xatolarni uchta zvenodan qidirish kerak bo‘ladi. Birinchi navbatda 
rejalashtirish davrida barcha noqulay omillar hisobga olinganligi yoki 
olinmaganligini tekshirib ko‘rish lozim. Ikkinchi navbatda pedagogik 
ta’sir tizimi taftish qilinadi. Agar bu yerda ham kamchiliklar topilmasa 
pedagogik vazifalarning amaliyligi baholanadi.
Agar xatolar birinchi zvenodan topilsa va aynan yana shular 
natijalarning bajarilmasligiga sabab bulganligiga o‘qituvchi qat’iy 
ishonsa, zarur choralar ko‘riladi va boshqa zvenolar tekshirilmaydi. 
Odatda o‘qituvchi faoliyatining birinchi-yillarida rejalashtirish 
texnologiyasining turli operastiyalarida yo‘l qo‘yilgan ko‘zga 
tashlanib turmaydigan xatolar umumlashgan holda ishning natijasiga 
jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun yosh o‘qituvchilar o‘zining 
barcha faoliyatini doimiy tahlil qilishlari. O”zlari uchun talabchan 
qozi bo‘lishlari kerak. Bu kelajakda muvaffakiyat garovidir.
Rejalashtirish yakuniy hisobga olish bilan tugallanadi. Hisobga 
olish natijasida olingan ma’lumotlar kelgusi stikl (darslar seriyasi, 
o‘quv choragi, o‘quv-yili)ni rejalashtirish uchun asos qilib olinadi.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin