Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Tayanch iboralar.
1. Depsinish
2. Gorizontal tezlik
3. Vertikal tezlik
4. Yettikurash
5. Olimpiada
6. Kооrdinаtsiya
7. Tеzlik
O‘z – o‘zini nazorat qilish uchun savollar:
1. 
Yettikurashning rivojlanishi qaysi davrlardan boshlangan?
2. 
Yettikurash bo‘yicha musobaqalarni kim boshqaradi?
3. 
Yettikurash bo‘yichа dаstlаbki musоbаqаlаr nechinchi-yildа 
o‘tkаzilgаn. 
4. 
Yettikurash bo‘yicha musobaqalarida nechta hakam bo‘ladi? 
5. 
Erkaklar o‘rtasida yettikurash bo‘yicha dunyo rekordi qaysi 
davlat vakiliga tegishli?
6. 
Ayollar o‘rtasida yettikurash bo‘yicha dunyo rekordi qaysi davlat 
vakiliga tegishli?


548
7 – BO‘LIM.
MAKTABDA YENGIL ATLETIKA 
MASHGULOTLARI, MUSOBAQALARINI TASHKIL 
QILISH VA O‘TKAZISH HAMDA ILMIY-TADQIQOT 
YO‘LLARI
I BOB. MAKTABDA YENGIL ATLETIKA 
MASHGULOTLARINING XUSUSIYATLARI
Yengil atletika darsining mazmuni umum ta’lim maktabida yengil 
atletika bilan shug‘ullantirish dars formasida bo‘ladi. O‘rgatish 
etaplari quyidagilardan iborat:
1.Kirish.
2.O‘qitish.
3.Takrorlash.
4. Takomillashtirish.
5.O‘tilgan materiallarni mustahkamlash.
Darsni o‘zlashtirish, bilish, malaka hosil qilish, jismoniy tay-
yorgarlik texnik tayyorgarlik va oxirgisi aralash darslar. Darslarni 
tiplariga qaramay quyidagi qismlarga bo‘linadi 1. Kirish, tayyorlov, 
asosiy va yakunlov darsi (asosan dastlabki qismi biriktirilib o‘tiladi).
Kirish qismiga qo‘yiladigan vazifalar: Saflanish, raport, asosiy 
vazifani ma’lum qilish. O‘quvchilarni darsga tashkillash.
Tayyorlov qismi: o‘quvchilarni asosiy vazifani bajarish holatiga 
olib kelishdir. Bunda asta sekin yugurish va umuman rivojlantirish 
mashq berish asosiy qismda yangi bilim o‘rgatiladi. Bunda yengil 
atletika turlari o‘rgatiladi, malaka hosil qilinadi va takomillashtiriladi.
Yakunlov qismida dars yuklamasi pasaytiriladi, o‘tilgan darsga 
yakun yasaladi va uyga vazifa beriladi.
45 minutlik dars quyidagicha taqsimlanadi. Kirish qismi 3 minut, 
tayyorlov qismi 12 minut, asosiy qismi 25-27 minut, yakunlov qismiga 
3 minut vaqt sarflanadi. Darsning asosiy hujjat konspekt hisoblanadi. 
Bunda o‘tiladigan dars davomiyligi ifodalangan bo‘ladi.
Yengil atletika mashg‘ulotlarini o‘rgatish, yugurish, sakrash 
va uloqtirishlarni o‘zlashtirish va ularni takomilliga yetkazishga 
qaratilgan.


549
5- sinfdan boshlab darslarga yosh yyengil atletkachilar uchun zarur 
bo‘lgan fazilatlardan tezkorlikni, kuch va chidamkorlikni rivojlantirish 
yordam beruvchi mashqlar kiritiladi.
O‘quvchilar programmasiga muvofiq chuqurroq o‘rganish mashg‘-
ulotlarida qisqa masofalarga yugurish, o‘rta masofalarga yugurish, 
g‘ovlar osha va estafetali yugurish, «hatlab o‘tish» va «peryokidnoy» 
usullarida balanddikka sakrash, «oyoqlarni yig‘ib» va «qaychi» 
usullarida uzunlikka sakrash texnikalarini o‘rganadilar. Granata va 
nayza hamda yadro otish texnikalarini o‘zlashtirib boradilar.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin