172
me’yorda rostlay boshlaydi va 5-6 qadamda odatdagi yugurish holatini
egallaydi. Ayollarning morfofunksional ko‘rsatkichlari hamda masofa
o‘lchamlari (g‘ovlarning balandligi va ular oralig‘i) nisbati qulayroq
bo‘lgani tufayli ular egilgan holatni ko‘proq vaqt saqlashlari va to‘la
rostlanmasdan g‘ovga “hujum” boshlashlari mumkin.
Amaliyotda gavdaning egilishi bilan bog‘liq nuqsonlar ko‘p
uchraydi. 3-4- yoki hatto 1-2-qadamlardayoq gavdani rostlash yugu-
rish tezligini bir me’yorda oshirib
borishga putur etkazadi, bunda
inersiya kuchlaridan foydalanilmaydi, tezlik itarilishga alohida e’tibor
berilganligi tufayli oshadi, bu tananing orqa qismidagi mushaklarning
haddan ziyod zo‘riqtirilishiga olib keladi.
G‘ovchining start olish texnikasiga xos juda muhim element uning
egallagan holatidir. Sportchining dastlabki
harakati startdagi nigohi
yo‘nalishini saqlagan holatda amalga oshiriladi.
Dastlabki qadamlar koptokning sakrashidek tarang bo‘lishi lozim,
bunga oyoqlarni avval tizza bo‘g‘imida va shundan keyingina kaft
bo‘g‘imida faol rostlash hisobiga erishiladi. Oyoq kaftlarida baland
turishga intilish oyoqlarning tizza bo‘g‘imida anchagina bukilishiga
sabab bo‘ladi. Oyoqlarni rostlash vaqtida tayanchli oraliq
uzayadi va
bu yugurish tezligining pasayishiga olib keladi.
7–va 8–qadamlarni bajarish juda katta ahamiyatga ega. Aynan shu
qadamlar g‘ovni oshib o‘tish ritmini belgilaydi. Ular avvalgilariga
qaraganda ancha faol, deyarli bor kuch bilan bajariladi. So‘nggi
qadamni qisqartirish uchish bosqichida sonlarni tezlik bilan bir-biriga
yaqinlashtirish hamda oyoqni tayanchga jadal qo‘yish hisobiga amalga
oshiriladi. Bu startdan yugurib kelishning eng
murakkab elementi
hisoblanib, uni takomillashtirishga ko‘p vaqt sarflash o‘zini oqlaydi.
Bu qadamning to‘g‘ri bajarilishi tufayli itariluvchi oyoq deyarli to‘liq,
rostlangan holda OMO‘ (og‘irlik markazi o‘qi) proyeksiyasiga yaqin
keltiriladi. Eng kuchli sportchilarda oyoqni joylashtirish burchagi 65
0
gacha, tizza bo‘g‘imida esa 160
o
gacha yetadi. Oyoq barmoqlarini
sportchi o‘ziga qaratib tortadi, oyoq kafti tarang holda uzatiladi.
G‘ov ustiga itarilish vaqtida tayanch oyoq tizza bo‘g‘imida
deyarli
bukilmaydi, u oyoq kafti hisobiga amortizatsiyalanadi. G‘ovlardan
oshib o‘tish texnikasini tahlil qilishga turli xil yondashuvlar mavjud.
173
Ulardan biri – alohida bosqichlarni (yuguruvchi egallagan vaziyatlarni)
ayirib ko‘rsatish bo‘lib, u shakliga ko‘ra tekshirilayotgan o‘lchamlarga
aniq javob beradi.
25-rasmda g‘ovlar osha yugurish kinogrammasi – to‘siq ustidan
oshib o‘tish lahzasi berilgan. G‘ovchining barcha harakatlari tinimsiz
mashq mahsuli bo‘lib, uning asosida g‘ovlarni, ular orasidagi masofani
va, umuman, butun masofani imkon qadar tezroq bosib o‘tishga
intilish
yotadi. Shuning uchun ham g‘ovchining texnik mahoratini belgilovchi
harakatlarning oqilonaligi, g‘ovlar osha yugurish samaradorligining
asosiy mezonidir. Bunda sportchi harakatning alohida fazalarini
yaxlit bajarish uchun tejamli harakatida
sarflaydigan eng kam vaqt
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: