165
VI BOB. G‘OVLAR OSHA YUGURISH
6.1. G‘ovlar osha yugurishning rivojlanishi
G‘ovlar osha yugurishning sport turi sifatida shakllanishi va
rivojlanishi, garchi aynan “turli g‘ovlar ustidan oshib yugurish”
haqidagi dastlabki ma’lumotlar 1837-yilgacha tilga olib o‘tilgan
bo‘lsada, 19-asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Ingliz tarixchisi
F.Bebsterning eslatishicha, xuddi shu vaqtda Iton kolleji o‘qituvchilari
g‘ovlar osha yugurish bo‘yicha o‘z kuchlarini sinab ko‘ra
boshlaganlar. Zamondoshlarning ta’kidlashiga ko‘ra, yugurishning
bunday hissiyotlarga boy va artistona turi
yanada yoshroq sport
ixlosmandlarini o‘ziga jalb etmasligi mumkin emasdi.
“Belta Life” jurnalida balandligi 3 fut 6 dyuym (106,7 sm) bo‘lgan
o‘zaro teng masofada joylashtirilgan 10 ta g‘ovni oshib o‘tib yugurish
bo‘yicha bir-biri bilan musobaqalashgan ikki sport ishqibozi haqidagi
maqolacha ko‘zga tashlanib qoldi. Jurnal 1853-yilda nashr etilgan edi.
Shu sana g‘ovlar osha yugurishning rivojlanish tarixi boshlangan kun
hisoblanadi. Rekord natijalarning dastlabkisi deb atash mumkin bo‘lgan
ilk ko‘rsatkich Buyuk Britaniyada Kembrij va Oksford universitetlari
talabalari uchrashuvi paytida 1864-yilda qayd etilgan. 120 yardlik
masofada g‘ovlar osha yugurgan g‘olibning natijasi 17 ¾
sek ga teng
edi. U vaqtlarda g‘ovlar maxsus tayyorlanmagan, havaskorlar qo‘y
qo‘tonlari uchun ishlatiladigan balandligi 3 fut 6 dyuymlik g‘ovlardan
foydalanib qo‘ya qolganlar. Oksford bayonnomasida (1864-y.) chop
etilgan g‘ovlar osha yugurish bo‘yicha birinchi qoidalarda ana shu
balandlik majburiy deb qayd etilgan. Bir-biridan 10 yard oraliqda
joylashtirilgan, aniqrog‘i yerga ko‘mib mahkamlangan 10 ta g‘ov 120
yardlik musobaqalashuv masofasini tashkil qilgan. Ana shu o‘lchamlar
bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan.
Taxminan o‘sha vaqtlarda g‘ovlar osha yugurish Amerika qit’as-
idagi kollej va universitet talabalari orasida ham ommalashib ketdi.
Balki yuqorida aytib o‘tilgan qo‘y qo‘tonlarining g‘ovlari ularda
bo‘lmaganligidan, amerikalik sportchilar g‘ov
sifatida yugurish
yo‘lakchalariga ko‘ndalang tortilgan barcha ishtirokchilar uchun
166
umumiy tizimcha, keyinroq esa plankadan foydalanganlar. Bu
“yangilik” ko‘pincha rekord ko‘rsatkichni hisobga olishda qiyinchilik
tug‘dirgan, negaki, K.Dogerti bergan ma’lumotlarga qaraganda,
“tizimcha kimning aybi bilan osilib qolgan, kim plankani urib tushirib
yuborgan”, aniqlash qiyin edi.
U paytlarda g‘ovlar osha yugurish bo‘yicha musobaqalar uning
ishtirokchilari uchun jiddiy imtihon sanalgan. G‘ovlar, tizimchalar,
plankalar ustidan oshib yugurish sportchilarning jarohatlanishiga
olib kelgan.
Shunga qaramay, g‘ovlar osha yugurish tez ommalashib
boraverdi. Asta-sekin g‘ovlarning tuzilishi, ulardan oshib o‘tish
texnikasi ham o‘zgarib bordi. Yerga mahkam ko‘mib o‘rnatilgan
g‘ovlar o‘rnini to‘ntarilgan “T” harfiga o‘xshash g‘ovlar egalladi,
u har bir yuguruvchi uchun alohida bo‘lganidan so‘ng esa yugurish
tezligi keskin oshib ketdi. 1895-yil Nyu-Yorkda London atletika
klubi jamoasi bilan uchrashuvda S.Cheyz 120 yard masofani 15,4
s da bosib o‘tdi. Uch-yildan keyin AQSh havaskorlar
atletika klubi
chempionatida A.Krensleyn bu ko‘rsatkichni 15,2 s ga yaxshiladi.
Buning ustiga, yugurish vaqtida u g‘ov ustidan oshib o‘tishning yangi
texnikasini namoyish etdi. Oyog‘ini siltashni yuguruvchi hamma kabi
uni ostiga yig‘ishtirib olgan holda emas, balki oyoq kaftini
oldinga
chiqarib bajardi. U oyog‘ini tizzada bukmay, rostlab, ikkinchisini bir
oz bukkan holda yon tomonga ko‘tardi. Garchand oksfordlik A.Krum
rostlangan oyog‘ini siltashni bajarib kelgan va buni 1891-yilda
A.F. Kopland o‘z suratlarida aks ettirgan bo‘lsada, A.Krensleyn
g‘ovlar osha yugurishning zamonaviy texnikaning asoschisi sanaladi.
A.Krensleyn oyog‘ini tizza bo‘g‘imida keskin rostlab, siltanuvchi
oyoqqa qarama-qarshi qo‘lini (muvozanatni saqlash uchun) oldinga
chiqargan holda oldinga to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalgan harakatni
amalga oshirgan. Bunday usul OMO‘ning (og‘irlik markazi o‘qi)
vertikal tebranishlarini kamaytirishga, g‘ovlardan eng kam zahira
bilan oshib o‘tishga, buning uchun oz vaqt sarflab, pirovard natijani
ancha yaxshilashga imkon berdi.
1935-yilda amerikalik murabbiy “y” simon tuzilishli g‘ovlardan
foydalanishni taklif qildi, bu esa masofani bosib o‘tishda jarohat-
lanishlar miqdorini kamaytirish uchun sharoit yaratdi. Ushbu yangilik
167
1937-yildayoq R.Taunega 13,7 sek natija ko‘rsatish
imkonini berdi, bu
bugungi kun nuqtai nazaridan ham yetarlicha yuqori natija sanaladi.
110 m g‘ovlar osha yugurishda ko‘rsatkichlarning keyingi o‘sishi
o‘z sur’atining yuqoriligi bilan ajralib turmadi. 1959-yilda M.Lauyer
ko‘rsatgan rekord natija – 13,2 sek ko‘p-yillar davomida o‘zgarmasdan
turdi, u qo‘l xronometrajidan foydalanib o‘lchangan. Eng yuqori
toifali g‘ovchilarning zamonaviy ko‘rsatkichlari 13 sekundlik
chegaradan yaqindagina o‘tgan. 1993-yilda Kolen Djekson o‘rnatgan
jahon rekordi 12,91 s ga teng. Buning obyektiv sabablari, birinchi
navbatda, shundaki, masofa XIX asrning o‘rtalarida shakllangan
bo‘lib, hozirgacha o‘zgarishsiz saqlangan. Zamonaviy ekipirovkadagi
baland bo‘yli, baquvvat sportchilar sintetika yugurish yo‘lkachalarida
o‘tgan asrning cheklovlari tufayli o‘zlarini juda siqiq va noqulay his
etadilar.
Dostları ilə paylaş: