168
balandligi 84
sm gacha, birinchi g‘ovgacha oraliq uzunligi 13 m,
g‘ovlar orasidagi masofa 8,50 sm gacha o‘zgardi. So‘nggi rekord
bolgariyalik sportchi Iordanka Donkovaga tegishli – 12,21 sek.
1970-yilda IAAF qarori bilan ayollar uchun 400 m masofa kiri-
tildi, ularda g‘ovlarning joylashuvi xuddi erkaklarnikidek, g‘ovlar
balandligi – 76,2 sm. Bu masofada jahon rekordchilari Kim Batten –
52,61 sek va Kevin Yang (AQSh) – 46,78 s.
Hozirgi vaqtda g‘ovlar osha yugurish yugurish bo‘yicha
erkaklar
o‘rtasida dunyo rekordi 110 metr masofada AQShlik Aris Merrittga
tegishli bo‘lib, 2012-yil, 12,80 s natija qayd etgan bo‘lsa, 400
metrlik
masofa bo‘yicha AQShlik (Kevin Yang) 1992-yil, 46,78 s natijani qayd
etdi, ayollar o‘rtasida dunyo rekordi 100 metr masofada bolgariyalik
Yordanka Donkovaga tegishli bo‘lib, 1998-yil, 12,21
s natijani qayd
etgan bo‘lsa, 400 metrlik masofada rossiyalik Yuliya Pechyonkina
2003-yil, 52,34 s natijani qayd etgan.
Yengil atletikaning bu turida O‘zbekiston sportchilarining muvaf-
faqiyatlari, birinchi galda, ikki nom bilan bog‘liq – Sergey Popov va
Aleksandr Harlov. O‘zbekiston sportchilaridan ilk marta XV Olim-
piada o‘yinlarida (1952-y., Xelsinki – Finlyandiya) qatnashgan g‘ov-
chi S.Popov bo‘lib, u 110 m yugurishda 14,7 sek natija ko‘rsatdi. 110
m g‘ovlar osha yugurishda yana bir sportchi Sergey Usov 1980-yil-
gacha eng kuchli sportchilar guruhidan joy olgan, 110
m masofada u
1987-yilda 13.39 sek natija ko‘rsatgan edi. Bu natija 110 m masofada
hozirgacha O‘zbekiston rekordi bo‘lib turibdi. 1980-y.
Moskva
Olimpiada o‘yinlarining yana bir ishtirokchisi A.Harlov 400 m g‘ovlar
osha yugurishda 50,64 sek ko‘rsatkichni namoyish etdi va yarim
finalda 5-o‘rinni egalladi. A.Harlov 1983-yilda o‘z natijasini 48,78
sek gacha yaxshiladi va bu natija hozirgacha (2010-y.) O‘zbekiston
rekordi hisoblanadi.
Ayollar orasida 200 m ga g‘ovlar osha yugurishda Roza Babich eng
kuchli bo‘lgan. U 1967-yilda 200 m ni 27,1 s da yugurib o‘tib,
jahon
rekordini o‘rnatdi. 400 m g‘ovlar osha yugurishda Svetlana Shatalina
oldinga chiqdi – 1.00.04 sek. U o‘z natijasini 58,8
sek ga yetkazdi,
1984--yilda esa 400 m g‘ovlar osha yugurishda Tatyana Zubova
54,48 sek natijaga erishdi. O‘sha-yilning o‘zida u mazkur
masofani
169
54,43 sek da bosib o‘tib, ko‘rsatkichini yaxshiladi. Bu natija hozirda
O‘zbekiston rekordidir (2010 y.).
1988-yilda 100 m go‘vlar osha yugurishda M.Suxoreva 13,06 sek
natija ko‘rsatib, Respublika rekordini o‘rnatdi, bu natija hozir 22 yoshda.
Dostları ilə paylaş: