Litosfera –Yunon tilida ‘’tosh o’ram ,, ma’nosini anglatadi. Yerning qattiq tosh qobig’i bo’lib,
Yer po’sti va yuqori mantiyaning bir qismini o’z ichiga oladi hamda astenosfera qatlamigacha davom etib, qalinligi 150 – 200 km ni tashkil qiladi.
Litosfera yaxlit bo’lmay, chuqur yer yoriqlari bilan yirik bo’laklar- litosfera plitalariga bo’lingan. Ular astenosfera ustiga yiliga 5- 10 sm tezlikda gorizontal yo’nalishda siljiydi.
Yer po’stining Kimyoviy tarkibini aniqlashda F.V Klark, V.I, Goldshmidt, V.I Vernadskiy, A.N Vinogradovning xizmatlari katta. 1889- yilda Amerikalik olim F.V Klark tog’ jinslaring kimyoviy tahlillaridan 6000 ga yaqinini to’plab, litosferaning o’rtacha tarkibini hisoblaydi.
1939- yilda rus olimi A.Ye.Fersman elementlarning yer po’stidagi yoki biron – bir tizimdagi (masalan, Yer shari, Quyosh atmosferasi va h.k) foizlardagi o’rtacha miqdorini <> deb nomlashni taklif qilishgan.
Yer po’stining kimyoviy tarkibi Yer po‘stining kimyoviy tarkibi (birikmalarning og‘irligi bo‘yicha, % hisobida) V.I.Vernadskiy, V.M.Goldshmidt, I.V.Nodak, G.Geveshi va boshqalar ma’lumotlari asosida tuzilgan quyidagi jadvalda keltirilgan.