Iqlim oʻzgarishining iqtisodiy oqibatlari geografik jihatdan bir-biridan farq qiladi va aniq prognoz qilish amalda qiyin. Tadqiqotchilar hozirgi iqtisodiy modellashtirish iqlim o‘zgarishi taʼsirini jiddiy eʼtibordan chetda qoldirayotganligini va ehtimoliy zararlar haqida aniqroq maʼlumot beruvchi yangi modellar zarurligi haqida ogohlantirdi[1].
1970-yillardan buyon ekstremalob-havo hodisalari tufayli global yoʻqotishlar tez oʻsib borayotganligini koʻrishimiz mumkin. Aholi sonining oshishi va insonlarda moliyaviy barqarorlikning yanada mustahkamlanishi kabi ijtimoiy-iqdisodiy omillar ham ushbu global muammolarga sabab boʻlmoqda. Ushbu oʻzgarishlarning bir qismi hisoblanmish maʼlum bir hududiy iqlim oʻzgarishlari masalan toshqin va yogʻingarchilik holatlarining oʻzgarishi ham global iqlim oʻzgarishlariga oʻz taʼsirini oʻtkazadi[2].
2019-yilgi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, iqlim oʻzgarishi global iqtisodiy tengsizlikka hissa qoʻshmoqda. Sovuqroq mintaqalardagi badavlat mamlakatlar iqlim oʻzgarishlar sabab boʻlayotgan iqtisodiy taʼsirini kam his qilgan holatda, kambagʻal issiq iqlimli ammo iqdisodiy jihatdan rivojlanmagan davlatlar, iqlimning global isishi ularning rivojlanishiga salbiy taʼsir oʻtkazadi albatta[3].
Iqlim oʻzgarishlarining iqtisodiy oqibatlarini hisoblash qiyin, ammo haroratning yanada oʻsishi uning ham oʻsishiga sabab boʻladi[4]. Misol uchun, agar global isish 1,5 °C ni tashkil etadigan boʻlsa, jami zarar 90 % kamroq boʻladi[5]. Bir tadqiqot shuni koʻrsatdiki, agar isish 3 daraja bilan cheklanadigan boʻlsa, asr oxiriga kelib global yalpi ichki mahsulot 3,5 % ga qisqaradi[5]. Oksford Iqtisodiyotining yuqori emissiya manbasiga koʻra, 2050-yilga kelib haroratning 2 darajaga koʻtarilishi global YaIMni 2,5 % — 7,5 % ga kamaytiradi. 2100 yilga kelib, bu holda harorat 4 darajaga koʻtariladi, bu esa eng yomon holatda global YaIMni 30 % ga kamaytirishi mumkin[6].