Smith va boshqalar (2001:942) iqlim oʻzgarishi nafaqat iqdisodiy balki, ijtimoiy vaziyatlarda ham oʻzini koʻrsatishini takidlab oʻtgan[7]. Iqlim oʻzgarishining kelajakka taʼsiri masalasidagi izlanishlarning natijalarining aksariyati salbiy. Smith (2001) iqlim oʻzgarishi rivojlanayotgan mamlakatlarda salomatlikka jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatishini keltirib oʻtdi. Confalonieri (2007:415) salomatlik taʼsirini oʻz ichiga olgan tadqiqotlarda bu taʼsirlar iqlim oʻzgarishining umumiy xarajatlariga sezilarli taʼsir oʻtqazmasdan qolmaydi[ qlim o‘zgarishining salbiy oqibatlariga muvaffaqiyatli qarshi turish uchun jahon hamjamiyatiga 1 trillion dollar kerak bo‘ladi. Bunday ma'lumotlarni BMTning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibini moliyalashtirish bo'yicha maxsus vakili Muhammad Muhyiddin shanba kuni BMTning iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy konventsiyasi (COP-27) ishtirokchilarining 27-konferentsiyasida so'zlagan nutqida keltirdi.
"Iqlim o‘zgarishi sohasidagi so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, uning oqibatlarini yengish uchun dunyoga 1 trillion dollar kerak bo‘ladi", — deydi Muhammad Muhyiddin.
6-noyabr kuni Sharm ash-Shayxda BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyasi boshlandi. 18-noyabrgacha davom etadigan forum davomida COP-27 kun tartibiga oid yuzlab tadbirlar o‘tkaziladi.
Misr shahri rasmiy va xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari tarkibiga kiruvchi 62 mingdan ortiq ishtirokchilarni qabul qiladi. COP-27 ni 3000 dan ortiq jurnalist yoritad
Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus elchisi 3 ta asosiy yo'nalish bo'yicha dasturlarni amalga oshirishdan tashqari - iqlim o'zgarishini yumshatish, o'zgarishlarga moslashish va yo'qotishlar va zararlarni qoplash tashabbuslari - BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, tabiiy ofatlardan erta ogohlantirish tashabbusi ekanligini ta'kidladi. Dunyoning eng zaif hududlari "katta moliyalashtirishni talab qiladi".
Geofizik maydonlar va geofrafik qobiqning shakillanish qonuniyatlari
Geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari. Olimlar geo- grafik qobiqning rivojlanishini uch bosqichga ajratishadi: nobio- gen, biogen va antropogen. Nobiogen bosqich — Yer taraqqi- yotining 4,6 mlrd yildan to 570 mln yilgacha o‘tgan davrini qamrab oladi. Bu bosqichda geografik qobiqning asosi tarkib to- padi, ya’ni litosfera, atmosfera va gidrosfera shakllanadi. Yerda hayot 3,8—3,5 mlrd yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ular o‘ta oddiy organizmlardan tashkil topganligi uchun geo- grafik qobiqning rivojlanishiga sezilarli ta’sir etmagan.
Biogen bosqich — 570 mln yil muqaddam boshlangan. Bu davrda organizmlar taraqqiy etgan (1-jadvalga qarang). Nati- jada, biosfera shakllangan va geografik qobiqning mukammal tizimga ega bo‘lishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan.
Antropogen bosqich inson paydo bo‘lgandan (2 mln yil av- val) hozirgi kunga qadar o‘tgan davrni qamrab oladi. Ayni paytda geografik qobiqning rivojlanishiga insonning xo‘jalik fao- liyati (texnika inqilobi, kosmik asr) sezilarli darajada ta’sir ko‘r- satmoqda. Bular tabiatni muhofaza qilish, ekologik, demografik muammolarni keltirib chiqardi. Shulardan biri o‘lkamizdagi Orolbo‘yi ekologik muammosidir.
Geoxronologik jadval
1- jadval
Era, belgisi, davom etishi
Davr, belgisi
Tog‘ burmalanishi
Asosiy o‘zgarishlar
1
2
3
4
Arxey AR
1 mlrd yil
Bo‘linmaydi
Oddiy bakteriyalar, suv- o‘tlari paydo bo‘lgan.
Proterozoy PR
2 mlrd yil
Quyi
O‘rta Yuqori
Bir necha burmalanish- lar bo‘lgan
Yashil suvo‘tlar, bakteriyalar rivojlangan.
Paleozoy PZ 330 mln yil
Kembriy, Ñm Ordovik, O Silur, S Devon, D Toshko‘mir, C Perm, P
Baykal Kaledon Gersin
Quruqlikda organizmlar, ayniqsa, o‘simliklar rivojlangan.
Toshko‘mir hosil bo‘lgan. Hozirgi keksa tog‘lar paydo bo‘lgan.
Mezozoy MZ 173 mln yil
Trias, T Yura, I Bo‘r, Cr
Mezozoy (kimmeriy)
Bahaybat dinozavrlar paydo bo‘lgan.
Kaynozoy KZ
67 mln yil
Paleogen, Pg Neogen, N Antropogen, Q
Alp
Yosh tog‘lar, iqlim min- taqalari, tabiat zonalari, odam paydo bo‘lgan.
Geografik qobiqning umumiy qonuniyatlari. Geografik qobiq rivojlanishi va tabiat komplekslarining tabaqalanishida ham o‘ziga xos qonuniyatlar mavjud. Ular Yerning umumiy geografik qonuniyatlari deb ataladi. Bu qonuniyatlarni bilish insonga tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va unga zarar yetkazmaslik, ekologik muvozanatni buz- maslik choralarini ko‘rish imkonini beradi. Bir butunlik, modda va energiyaning tabiatda aylanib yurishi, davriy yoki ritmik hodisalar, geografik zonallik va balandlik mintaqalanishi (hu- dudiylik) geografik qobiqning umumiy qonuniyatlaridir. Bular geografik qobiqning rivojlanish qonuniyatlarini namoyon qiladi (3- rasm).
Geografik qobiqning bir butunligi. Geografik qobiqda hech 13
Quyosh sistemasi, 5 mlrd yil Yer sayyorasi, 4,6 mlrd yil
Yerning ichki qobiqlari, 4,6 — 4,0 mlrd yil
Yadro Mantiya
Yerning tashqi qobiqlari, 4 — 3,5 mlrd yil
Atmosfera Gidrosfera Biosfera Geografik qobiq
3- rasm. Geografik qobiqning shakllanishi.
bir tabiat komponenti alohida rivojlanmaydi. Ular doimo bir- birlari bilan bog‘langan va o‘zaro ta’sir etib turadi. Agar birorta tabiat komponenti o‘zgarishga uchrasa, boshqa tabiat kom- ponenti ham albatta o‘zgaradi. Masalan, oddiygina biror da- raxtzorning kesilishi oqibatida quyidagi o‘zgarishlar sodir bo‘- ladi: yerosti suvlari sathi pasayadi, u yerda yashovchi hayvonot olami boshqa joyga ko‘chadi. Shuningdek, shamol ta’siri kuchayib, tuproq yemirilishiga olib keladi. Shu atrofdagi ob- havoda o‘zgarish ro‘y beradi. Kechalari salqinroq, kunduzi is- siqroq bo‘ladi.
Bundan tashqari, geografik qobiqning tarkibiy qismlari atmosfera, gidrosfera, biosfera va litosfera doimo bir-biri bilan aloqada, bir-biriga o‘tib turadi. Masalan, havo tarkibidagi suv bug‘lari gidrosfera, chang zarralari litosfera, qushlar, hasha- rotlar biosfera elementlaridir. Suvdagi organizmlar biosfera
14
Yer po‘sti, litosfera
elementi bo‘lsa, undagi qum zarralari va turli qattiq jinslar, loyqa litosfera elementidir.
Geografik qobiqda modda va energiya almashinuvi. Geo- grafik qobiqning to‘rtta tarkibiy qismida, ya’ni atmosfera, gid- rosfera, litosfera va biosferalarda modda va energiya almashinuvi ikkita — gorizontal va vertikal yo‘nalishda kuzatiladi. Atmosfera va Dunyo okeanidagi suvning harakatida va litosferadagi vul- qonlar harakatida moddalarning ham gorizontal, ham vertikal almashinuvi bo‘ladi. Geografik qobiqdagi modda va energiyaning almashinuviga Yerning ichki energiyasi, Quyosh energiyasi hamda gravitatsiya kuchi ta’sir etadi. Geografik qobiqda modda va energiya to‘xtovsiz almashinib turadi. Bu jarayon murakkab bo‘lib, unda sifat o‘zgarishlari sodir bo‘ladi.
Geografik qobiqda ritmik (davriy)lik. Tabiatda vaqt o‘tishi bilan bir xil hodisalarning takrorlanib turishi ritmiklik deb ata- ladi. Ritmiklik ikkiga bo‘linadi: sutkalik va yillik (fasliy).
Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi sutkalik, Quyosh atrofida to‘liq bir marta aylanishi yillik yoki fasliy ritmlarga sabab bo‘- ladi. Sutkalik ritmiklikka kun bilan tun almashishi misol bo‘ladi. Natijada, sutka davomida harorat va namlik o‘zgarib turadi. Hayvonot olami hayotida ham ritmiklik aks etadi. Masalan, ay- rim hayvonlar kunduzi faol bo‘lib, kechasi dam olsa, boshqa- lari, aksincha, tunda juda faol bo‘ladi. Tog‘lardagi qor va muz- liklar kunduzi ko‘proq eriydi. Shuning uchun daryolar tushdan keyin sersuvroq bo‘ladi.
Fasliy ritmiklikka Yerda yil fasllarining almashinishi misol bo‘ladi. Tabiatda ko‘p yillik ritmikliklar ham mavjud. Bularga Quyoshdagi jarayonlar va Yer ichki kuchlari ritmikligi sabab bo‘ladi.
Geografik zonallik va balandlik mintaqalanishi. Quruqlikda ekvatordan qutbiy kengliklar tomon tabiat komplekslarining birin-ketin almashinishiga zonallik deb ataladi. Unga Yerning sharsimonligi oqibatida Yer yuziga Quyosh nurining bir tekisda tushmay ekvatordan qutblarga tomon kamayib borishi sabab bo‘ladi. Tog‘larda balandlik tomon tabiat komplekslarining almashinib kelishi balandlik mintaqalanishi deyiladi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Nobiogen, biogen, antropogen, era, davr, bir butunlik, zonallik, hududiylik, balandlik mintaqalanishi.
Nazorat uchun savollar
1. Geografik qobiqning rivojlanishi qanday bosqichlarga bo‘linadi?
2. Geografik qobiqning umumiy qonuniyatlari nimalardan iborat?
Amaliy topshiriq
1. Geografik qobiqning umumiy qonuniyatlarini va geo- xronologik jadvalni geografiya daftaringizga yozing.