Yer po`stidagi tektonik harakatlar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə29/37
tarix26.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#161597
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Mavzular geografiya

Platforma-Yer po`stining sust xarakatchan qismi bo`lib, qit`adagi asosiy qurilmalardan biri. Bir necha mln km2 maydonni ishg`ol etadi. Burmali o`lkalar o`rnida paydo bo`ladi. Platformaning tuzilishida, odatda ikki struktura qavati qatnashadi. Pastki qavat kuchli burmalanishga uchragan metamorfik va vulkan jinslaridan tashkil topgan bo`lib, ularning ichida ko`plab intruziyalar mavjud. Yuqori qavat (cho`kindi qoplama burmalanishga va metamorfizmga uchramagan, oralarida intruziyalar bilan kesilmagan sayoz dengiz, laguna va kontinental yotqiziqlardan, goxida vulkon jinslaridan iborat) 3-7 qalinlikda bo`ladi. Cho`kindi qoplam jinslari deyarli gorizontal xolatda yotadi. Ular turli tartibdagi kichik intensiv strukturalar bilan murakkablashadi. Platformalarda nisbatan intensiv burmalanish quyidagi joylarda kuzatiladi: 1) tarkibida tuz yotqiziqlari bo`lgan cho`kmalarda, 2) qo`shni burmalari o`lkalarga tutash chet qismlarida, 3) avlokogenlarda, 4) platforma asosidagi katta amplitudali yoriqlarga yondoshgan qismlarda.
Asosidagi tog` jinslarining yoshiga qarab qadimgi va yosh platformalarga bo`linadi. Qadimgi platformaning asosi arxey va proterazoy eralarida hosil bo`lgan tog` jinslaridan tashkil topgan bo`lib, yuqori qoplam keyingi eralarga mansub jinslardan tuzilgan. Bunday platformalarga Sharq, Yevropa, Sibir, Shimoliy Amerika, Xitoy-Koreya, Xindiston, Afrika, Avstraliya, Janubiy Amerika va Antarktida platformalari kiradi. Yosh platformalarning asosi paleozoy jinslaridan tashkil topgan. Ustki qoplam jinslari yuqori paleozoy, mezozoy va kaynazoy jinslaridan tashkil topgan. Yosh platformalarga G`arbiy Sibir, Turon va Skif plitasi, G`arbiy Yevropa va boshqalar kiradi. Ba`zan cho`kindi qoplam bilan asosi orasidagi oraliq jinslar guruxi yotadi. Platformalarda magmatik jarayonlar kuzatiladi, ammo u burmali o`lkalardagi kabi kuchli kechmaydi. Magmatizm maxsulotlari nisbatan bir xil tarkibda bo`lib, bazalt magmasining maxsulidir. Platformalarda seysmik aktivlik juda sust, faqat yirik yer yoriqlari va kushni burmali ulkalarga tutash joylarda ancha kuchlidir. Issiqlik oqim darajasi burmali o`lkalardagiga nisbatan 2-4 marta kichik. U yosh platformalarda qadimgi platformalardagiga nisbatan yuqoridir. Qalqon va burmali o`lkalarga tutashgan perikraton cho`kma va plita platformaning eng yirik tektonik qurilmalari bo`lib hisoblanadi. Yuqorida zikr qilingan barcha xususiyatlar kontinental platformalarga xosdir. Ular zamindagi yer po`stining qalinligi 30-60 km ni tashkil qiladi.
Kontinental platformalardan tashqari okean platformalari xam mavjud, ular joy tuzilishiga nisbatan tekis bo`lgan okean tubida joylashgan. Okean platformalari ostidagi yer po`stining qalinligi 5-7km dan oshmaydi, uning tarkibida granit qatlam yuk, cho`kindi qoplam yotqiziqlarining qalinligi juda yupqa (0,2 - 1,0km gacha), ancha mo`rt, yoshi yura davridan nariga o`tmaydi, tekis yotadi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin