Yerda yorug‘likning asosiy manbalari kuchli cho‘lg‘angan jismlardir. Yorug‘likning bunday manbalari



Yüklə 54,77 Kb.
səhifə3/4
tarix04.04.2023
ölçüsü54,77 Kb.
#93103
1   2   3   4
Yorug’lik manbalari

Lyuminеssеnt lаmpаlаr cho‘g‘lаnish lаmpаlаriга qаrагаnда аnchа tеjаmli: ulаr hаr бir vatt quvvatga chug‘lanish lampasidan bir necha marta ortiq yorug‘lik oqimi hosil qiladi. Ularning FIK 20% ga yetadi. Bunday lampaning silindrik ballonidagi simob bug‘larida elektr razryadi yuz beradi. Simobning uyg‘ongan atomlari kuchli elektromagnit nurlanish oqimlarini chiqaradi. Bunday nurlanishning asosiy energiyasi spektrning ultrabinafsha qismida yotadi. Lampa devoriga lyuminofor surkalgan bo‘lib, ultrabinafsha nurlanish ta’sirida turli rangda nurlanadi. Lyuminoforlar aralashmasi ultrabinafsha nurlanishni yutib, spektrning ko‘rinadigan sohasida nurlaydi va yetarli darajada kunduzgi yorug‘lik spektrini hosil qiladi. Elektromagnit nurlanish tomonidan uyg‘otilgan lyuminessensiyaning bunday xili fotolyuminesensiya deb ataladi.

Ingliz fizigi J.Stoks 1852 yildayoq ushbu qoidani kiritgan edi: lyuminofor chiqaradigan yorug‘lik to‘lqini uzunligi uyg‘otuvchi yorug‘lik to‘lqini uzunligidan katta. Stoks qoidasi yutish polosasining maksimumi lyuminessensiya polosasi maksimumiga nisbatan qisqa to‘lqinlar tomonga siljigan bo‘lishini bildiradi.



rasm. Stoks qoidasini tushuntiruvchi chizma



Stoks topgan bu qonuniyatni kvant mexanikasi tasavvurlari asosida oddiygina tushuntirish mumkin. Lyuminessensiya markazi energiyali fotonni yutib, energiya sathiga ko‘tarila olmaydi (15.2-rasmga qarang). Lyuminessent kvant energiyasi har doim dan kichik. Oraliq sath Yeor ga o‘tilganda energiya chiqadi. Kvant energiyasi W ning bir qismi boshqa jarayonlarga ham sarflanishi mumkin. Baribir istisnosiz qoidalar bo‘lmaydi: ba’zi hollarda antistoks nurlanish kuzatiladi. Bu holatda foton energiyasiga lyuminessenlovchi modda zarralarining bir qismi qo‘shiladi.


Yüklə 54,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin