Yerda yorug‘likning asosiy manbalari kuchli cho‘lg‘angan jismlardir. Yorug‘likning bunday manbalari



Yüklə 54,77 Kb.
səhifə2/4
tarix04.04.2023
ölçüsü54,77 Kb.
#93103
1   2   3   4
Yorug’lik manbalari

rаsm

Lyuminessensiyaning hosil bo‘lishi. Yorug‘lik manbai fotoni kristallning lyuminessensiya markazini uning yutish polosasi - sathlar bilan zich to‘lgan interval sathlaridan biriga o‘tkazadi. 10-8 s vaqt ichida lyuminessensiya markazi AA sathga o‘tib, energiyani kristall panjaraga beradi. Asosiy holat sathi ВВ ga o‘tishda bu sathdan kvant chiqadi. Lyuminessensiya yuz beradigan moddalar lyuminofor moddalar deb ataladi. Lyuminessensiya markazi uyg‘ongan holatdan pastroq energiya sathiga o‘tishida o‘rtacha sarflanadigan vaqt lyuminessensiya jarayonining asosiy xarakteristikalaridan biri hisoblanadi. Lyuminessent nurlanish to‘xtatilgandan keyin, agar u tez, taxminan sekundning o‘n milliondan bir ulushi (10-8s) da so‘nsa, lyuminessensiyaning bunday xili fluoressensiya deb ataladi. 10-8 s - uyg‘ongan atomning o‘ziga xos yashash davridir. Agar tashqi elektron qobiqning sathlari uyg‘ongan bo‘lsa, odatda, atom asosiy holatga o‘tgunga qadar shuncha vaqt (10-8 s) uyg‘ongan holatda bo‘ladi.

Lyuminessensiyaning boshqa turi - fosforessensiya – uyg‘onish energiyasi manbai uzilgandan so‘ng yorug‘lanishning sekin pasayishi bilan xarakterlanadi. Bu holda lyuminessensiya markazlari uyg‘ongandan keyin metastabil holatlarida bo‘ladi, bu holatlardan past energiyali holatga o‘tish «ta’qiqlangan» bo‘lib u 10-8 s qaraganda ancha uzoqroq vaqtda ro‘y beradi.

Lyuminessensiya uni uyg‘otish usuliga qarab ham turlarga bo‘linadi. Masalan, televizor ekrani kineskop devoriga surkalgan lyuminoforning yorug‘lanishi tufayli o‘ziga tushadigan elektron oqimidan yorug‘lanadi. Bu holda lyuminessensiya markazlarini elektron oqimi uyg‘otadi. XX asr boshida elektron oqimlarini katod nurlar deb atashardi. Shuning uchun lyuminessensiyaning bunday turi katodolyuminessensiya nomini oldi.


Yüklə 54,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin