Yetuklik davri



Yüklə 55,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü55,37 Kb.
#186794
1   2   3   4   5
Yetuklik davri-3

Yoshdan yoshga o

tishdagi muammolar 
Yetuklik davrining ikkinchi bosqichi. 
Yetuklik davrining ikkinchi bosqichi, 
shartli tarzda 40-45 yoshdan 55-60 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi


mazkur davrda kishi o‘zining bosib o‘tgan yo‘lini, hozirgi kunga qadar amalga 
oshirib kelgan faoliyatini qaytadan tahlil qiladi va baholaydi. 
Odatda, yetuklik yoshigacha bo‘lgan davrda ko‘pchilik mehnat faoliyatida 
miqdor ko‘rsatkichlariga e`tibor qaratgan bo‘lsa, endilikda har bir mehnat 
mahsulining sifati ustida fikr-mulohaza yurita boshlaydilar. Oilaviy hayot 
masalalari, turmush tajribasi, insonning qadr-qimmati, jamiyatdagi o‘zgarishlar, 
boshqa odamlar hamda o‘z-o‘ziga nisbatan yangi mezon orqali qaray boshlaydilar, 
turmushning ikir-chikirlari, ijtimoiy-psixologik hodisalarga vazmin, sabr-toqat bilan 
hayotiy tajribalarga suyangan holda munosabatda bo‘ladilar. 
Har bir voqea-xodisa yoki vaziyatning nozik jihatlarini ko‘rish, taqqoslash, 
baholash orqali, uning salbiy oqibatlari haqida o‘z fikrlarini bildiradilar. Hayotda 
qo‘ldan boy berilgan imkoniyatlar, xato va kamchiliklar. ularda -yetti o‘lchab, bir 
kes‖ qabilida ish tutish tuyg‘usini vujudga keltiradi, shuning uchun ham ular 
umrning biror daqiqasini behuda o‘tkazilishiga achinish bilan qaraydilar, yoshlik 
yillarida yo‘qotganlarini aql-zakovat, donishmandlik bilan to‘ldirishga intiladilar. 
Yetuklik davrining ikkinchi bosqichida keksayish alomatlari yanada ko‘proq 
o‘rin egallay boshlaydi, uning boshlanish nuqtasi 45-50 yoshlardir, lekin 
odamlarning yashash tarzi, ijtimoiy-psixologik muxit va ularning individual- 
psixologik xususiyatlariga ko‘ra bu chegara turlicha bo‘lishi mumkin. Shu sababli 
yosh davrining chegaralari faqat shartli ravishda belgilanadi. Mazkur omil odamlar 
yashayotgan oila muhitiga, tarixiy-ijtimoiy shart-sharoitga, geografik iqlim va 
boshqalarga ham bog‘liqdir. Mazkur yosh davrining o‘zgaruvchanlik xususiyatini 
biologik, psixologik va ijtimoiy omillarning ta`siri belgilab beradi. 
Y.N.Kulyutkin o‘zining kuzatishlarida, bir xil yosh davridagi odamlarda har 
xil fiziologik jarayonlar, ruhiy holatlar, alohida xususiyatlarning o‘zgarishi baravar 
emas, balki ularning ayrimlarida xotiraning pasayishi, psixik jarayonlarning 
zaiflashuvi aniqlansa, boshqa kishilarda, aksincha, hissiy-irodaviy sohaning taraqqiy 
etishi, fikrlashning jadal sur’atda o‘sishi mumkinligini uqtirib o‘tadi. 



Yüklə 55,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin