baholanib salbiy kechinmalarni uyg‘otadi.
Yetuk shaxs tavsifnomasi
Yetuklik yoshidagi shaxsning o‘z ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga
intilishi, faoliyatning barcha sohalarida ma`naviy va ruhiy jihatdan o‘z-o‘zini
anglashini yanada yuqori bosqichga olib chiqadi. Yetuklik davridagi erkak va
ayollarning o‘zligini anglashdagi «Men» uch xil ko‘risinishda ifodalanadi: «Men»
ko‘pincha «Men — obraz» shaklida shaxsning o‘zi tomonidan talqin qilinadi:
❖
Shaxsning dastlabki «Men — obrazi» retrospektiv «Men»dan iborat
bo‘lib, uning o‘tmishdagi o‘zligini aks ettiradi;
❖
Keyingi «Men — obrazi» hozirgi «Men» sifatida namoyon bo‘ladi,
shaxsning hozirgi kundagi xolatini ifodalaydi;
❖
So‘nggi «Men — obrazi» tasavvurdagi «Men» yaqin kelajakda o‘zini
qanday tasavvur qilish tuyg‘usi bilan bog‘liq holda yaratiladi.
Shuning uchun o‘z imkoniyatlarini hayotda to‘la safarbar qyalish istagi
ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida o‘zining ―o‘tmishdagi
obrazini xozirgi
kundagi bilan taqqoslash, shaxsiy tasavvurdagi modelni vujudga keltiradi, shaxs
mazkur modelga asoslanib,
turmush rejalarini, xatti-harakatning maqsadini, usul va
vositalarini tanlay boshlaydi. Insonning o‘tmishidan hozirgi kunga, hozirgi kundan
kelajakka intilishi, o‘zini anglashning bosh mezoni hisoblanadi.
O‘zligini anglashning boshqa mezonlari ham mavjud bo‘lib, ular o‘zini-o‘zi
baholash, nazorat qilish, tekshirish, qo‘lga olish kabilarda aks etadi. Shaxsning
o‘zligini anglashi ko‘pincha, o‘ziga boshqa kishilarning ya’ni:
➢
yoshi ulug‘, keksalik yoshiga o‘tgan odamlar,
➢
o‘zining tengdoshlari;
➢
o‘zidan yoshi kichik odamlar nazari orqali qarashda ko‘rinadi.
Yetuklik davrining ikkinchi bosqichiga mansub kishilar bir tomondan, mavjud bilim
va tajribalarini mehnat faolyati va ijtimoiy hayotning turli-tuman yo‘nalishlariga
safarbar etsalar,
ikkinchi tomondan, olib borayotgan ijtimoiy faolliklari nisbatan
susayib borishi ham kuzatiladi. Odamning keksayishi, ham
quvonchli, ham o‘kinchli damlarga, iztirobli kechinmalarga,
qarama-qarshi his-
tuyg‘ularga boyligi orqali ham boshqa yosh davrlaridan ajralib turadi. Ko‘ngil
xotirjamligi, dam olish istagi va shu bilan birga ijtimoiy faoliyatdan uzoqlashish
tuyg‘usi o‘rtasida ruhiy inqirozli vaziyatlar paydo bo‘ladi, qanday qarorga kelish,
ya’ni mehnat jamoasi bilan aloqani uzmaslik yoki mutlaqo ijtimoiy faoliyatdan
chetlashish muayyan holatlardagi motivlar kurashiga bog‘liqdir. Hozirgi zamon
kishilarining o‘rtacha umr ko‘rishi XX asr boshlaridagiga nisbatan qariyb bir yarim
- ikki marta uzayganligi, yetuklik davridagi kishilarning jismoniy quvvati, yuksak
ma’naviy-axloqiy
qarashlari, ruhiyatining tetikligi ijtimoiy faollikni susaytirish
haqida o‘ylashga izn bermasligini ko‘rsatmoqda. Ushbu yoshdagilarning
ishchanligi,
kasbiy
mahorati,
turmush
tajribasi,
ongining
yuksakligi,
ma’naviyatining boyligi, ruhiyatining sofligi yangi zafarlar, mehnat quvonchlari sari
dadil qadam tashlashga to‘la kafolat beradi.
Dostları ilə paylaş: