Yevropa Ittifoqi (YI) va O'zbekiston Respublikasi 021 yil fevralda Hamkorlik qo'mitasining 17-yig'ilishini o'tkazdilar. Covid-19 pandemiyasi sababli davom etayotgan sayohat cheklovlari tufayli uchrashuv onlayn tarzda o'tkazildi



Yüklə 58,5 Kb.
səhifə4/5
tarix12.04.2023
ölçüsü58,5 Kb.
#96752
1   2   3   4   5
Sobir Salim tayyorladi
O’zbekiston – Yevropa ittifoqi: o‘zaro munosabatlarning yangi bosqichi
14.04.2021, 12:14
O’zbekistonda Prezidentimiz rahbarligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida qator vazifalar, jumladan, tashqi savdoni kengaytirish masalalari hal etilmoqda.
O’zLiDeP umummilliy siyosiy tashkilot sifatida o‘rta qatlam, kichik biznes vakillari, tadbirkorlar va fermerlar, umuman olganda, mulkdorlar sinfi vakillarining manfaatlarini ifoda etadi va himoya qiladi.
So‘nggi yillarda partiya, uning deputatlik korpusi va faollari, davlatimiz rahbarining saylovoldi dasturi asosida ishlab chiqilgan 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida maqsadli ishlarni amalga oshirdi. Ushbu Strategiya O’zbekistonni dunyoning “bilimlar iqtisodiyoti”, “innovatsion va raqamli iqtisodiyot”ga ega rivojlangan, raqobatbardosh demokratik davlatlar qatoriga izchil kirib borishini ta’minlaydi.
Prezidentimiz Oliy Majlisga murojaatnomasida joriy yilda Jahon savdo tashkilotiga a’zolik masalasi hamda Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli hamkorlik bo‘yicha ishlarni faollashtirish lozimligini aytib, “GSP+” tizimi doirasidagi imtiyozlarni mamlakatimizda samarali qo‘llash uchun alohida dastur ishlab chiqish kerakligini ta’kidlagan edi.
Joriy yilning aprel oyi boshlarida davlatimiz rahbarining ushbu ko‘rmatmasi amaliy tadbiq etildi, aniqrog‘i, O’zbekiston «GSP+» umumiy imtiyozlar tizimida benefitsiar maqomini qo‘lga kiritdi. 10 apreldan boshlab esa O’zbekiston uchun Yevropa ittifoqining barqaror rivojlanish va samarali boshqaruv (GSP+) bo‘yicha maxsus imtiyozlar tizimi kuchga kirdi. Unda O’zbekiston umumiy imtiyozlar sxemasi (GSP) doirasida benefitsiar-mamlakat sifatida qabul qilindi. Ushbu qaror O’zbekiston va YeI o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yangi va muhim bosqichini ochdi, deb hisoblaymiz.
Birinchidan, mamlakatimiz tabirkorlari va ishbilarmonlarining qiziqishi shundaki, bu O’zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi muloqot va savdo sherikchiligini chuqurlashtirish imkonini beradi. Benefitsiar-mamlakatdan chiqqan, deb tan olingan tovarlarga nisbatan GSP+ doirasidagi tarif imtiyozlari taqdim etiladi. Ya’ni, gap aynan O’zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulot haqida boryapti. Bu esa, mamlakatimiz tadbirkorlarining tub manfaatlariga javob beradi.
Ikkinchidan, Yevropa ittifoqining O’zbekistonda GSP+ benefitsiar-mamlakat maqomini taqdim etish to‘g‘risidagi qarori sarmoyadorlar va xususiy sektor vakillariga O’zbekistonda istiqbolli loyihalarni amalga oshrishlari uchun kuchli turtki beradi hamda O’zbekiston va YeI mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiyalash va jadal rivojlantirishda mustahkam asos yaratadi.
Uchinchidan, bu mamlakatimiz uchun Yevropa ittifoqiga bojsiz yetkazib beriladigan tovarlarni ikki barobar oshirish va ularni 6200 tagacha yetkazish imkonini beradi. Ilgari O’zbekiston asosiy imtiyozlar tizimidan foydalangan. Unga ko‘ra, bojxona bojlarisiz 3000 ta tovar va 3200 ta pozitsiyani arzon stavkalar bo‘yicha YeI ga eksport qilar edi. GSP+ rejimi 66 foiz tarif liniyalari bo‘yicha qo‘shimcha tarif imtiyozlari taqdim etish va YeI bozoriga bojsiz kirish uchun ayni muddao bo‘ladi. Bu kelgusida o‘zbek kompaniyalari ishlab chiqargan mahsulotlarni YeI mamlakatlariga eksport qilish hajmini ikki baravar oshirishga zamin yaratadi.
To‘rtinchidan, GSP+ sxemasi matolar, kiyim-kechak va plastik idishlari kabi bir qator muhim eksport tovarlariga nisbatan tariflarni bekor qilishni nazarda tutadi. Bugungi kunda YeI O’zbekistonning eksport yo‘nalishlari ro‘yxatida atigi yettinchi o‘rinni egallaydi.
Beshinchidan, GSP+ imtiyozlar tizimi O’zbekiston uchun COVID-19 pandemiyasi oqibatlaridan qutulish sharoitlarida qo‘shimcha mexanizm sifatida muhimdir. Bu deyarli yarim milliard aholi istiqomat qiladigan Yevropa bozorining hajmini hisobga olganda, juda zarur. GSP+ tizimiga qo‘shilish orqali mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari Yevropa bozoriga nisbatan qulay sharoitlarda kirib boradilar va yaxshi raqobat muhitida foydali ishlay oladilar.
Oltinchidan, GSP+ tizimi O’zbekistonga Jahon savdo tashkiloti (JST)ga qo‘shilish bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini yaxshilash imkonini beradi. Chunki bu rivojlanish, siyosat, ijtimoiy hayot, savdo masalalarida islohotlarni jadallashtirishni rag‘batlantiradi.
Shuningdek, GSP+ sxemasining faqat sof iqtisodiy samarasidan tashqari, O’zbekiston unga qo‘shilish orqali inson huquqlari va mehnat huquqlari, atrof-muhit, iqlimni himoya qilish va tegishli tarzda boshqarish bo‘yicha 27 ta asosiy xalqaro konvensiyani samarali bajarish majburiyatlari doirasida fuqarolik jamiyatini modernizatsiya qilish uchun kuchli turtki oladi. Bunda GSP reglamenti GSP+ sohiblari majburiyatlari ustidan doimiy monitoring olib borishni ko‘zda tutadi. Ya’ni, O’zLiDeP fraksiyasining fikricha, O’zbekiston hukumati olib borayotgan islohotlar samaradorligini mustaqil baholash manbasiga ega bo‘ladi.
Umuman olganda, mamlakatimizning barqaror rivojlanish sohasida GSP+ majburiyatlarining qabul qilishi O’zbekistonning ishonchli va uzoqni ko‘ra biladigan iqtisodiy sherik sifatidagi pozitsiyasini yanada mustahkamlaydi. Bu ishbilarmonlik muhiti, sud tizimi, mehnat sharoitlari, ma’muriy hisobdorlik va samaradorlikni yaxshilash uchun ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat sohasidagi islohotlar, izchil ijobiy rivojlanishni aks ettiradi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatlar parlamentariylari texnik tartibga solish bo‘yicha milliy normalarni rivojlangan mamlakatlar talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarni jadalashtirishi va ularning samaradorligini oshirishlari lozim2.

Yüklə 58,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin