Turk davriyligi. Sakkiz yillik astronomik oy sikli salkam
2835 kunni tashkil qiladi. Lekin sakkiz oy kalendari yili esa (354
kundan) 2832 kundan iborat. Agarda sakkiz yilning uch yilini kabisa
yili qilib belgilasak, mazkur davriylik 2835 kunni
(354*5355*3 2835) tashkil qiladi.
Turk davriyligida ikkinchi, beshinchi, yettinchi yillar kabisa
yillari boʻlar edi. Shuni taʼkidlash lozimki, 2835 kun haftaning
soniga toʻliq mos (2835:7 405). Davriylik oxirida hilolning
koʻrinishi haftaning har doim bir xil kuniga toʻgʻri keladi.
Oy kalendarlari hammasi “turk” yoki “arab” davriyliklariga asoslangan. Agar arab va turk davriyliklaridagi kabisa yillariga qarasak, ularda kabisa yillari bir-biriga toʻgʻri kelmaydi. Oy kalendarining oʻziga xos jihati uning juda aniqligidadir. Lekin Oy kalendarining “kamchiligi” fasllarga mos tushmaydi. Oy kalendarida yangi oyning qaysi kuni chiqishini aniqlash katta ahamiyatga ega. Buni quyidagi jadval yordamida aniqlash mumkin. Masalan: 1985-yil martda qaysi kuni yangi oy koʻringanini aniqlaymiz.
Tavsiya etilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Historicka chronologie / Marie Blahova. – Praha : Libri, 2001. – 948 s.
2. Encyclopedia of time: science, philosophy, theology, and culture / H. James Birx, editor. 2009 by SAGE Publications, Inc.
3. Roger Beck. A brief history of ancient astrology. 2007. BLACKWELL PUBLISHING 9600 Garsington Road, Oxford OX4 2DQ, UK.
4. Theodossiou E. Th. The christian chronologies ofthe creation andtheview of modernastrophysics. //Astronomical and Astrophysical Transactions. Vol. 23, No. 1, February 2004, pp. 75–80.
5. Rahmonqulova Z. Xronologiya. T.: Voris, 2013. 6. Rahmonqulova Z. Xronologiya. T.: A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2006.
7. Iofe V.G.,Choriyev Z.U. Xronologiya va metrologiya. – T., 2003.