Yillarda O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tasnifi


Texnika va texnologik taraqqiyot istiqbollari



Yüklə 241,5 Kb.
səhifə12/14
tarix17.05.2023
ölçüsü241,5 Kb.
#115530
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI

9. Texnika va texnologik taraqqiyot istiqbollari
Insoniyat hayot kechirayotgan hozirgi globallashuv davri, fan-texnika taraqqiyoti, axborotlashgan jamiyatning shakllanishi bilan bog’liq. Postindustrializm konsepsiyasi asoschilaridan biri D.Bell o’tgan asrning 70yillaridayoq vujudga kelayotgan yangi davrga xos ayrim muhim belgilarga e’tibor qaratgan edi. Uning nazarida ishlab chiqarish omili indusrtializmdan oldingi
davrda qo’l
mehnati, industrialism davrida – texnik qurilma bo’lgan bo’lsa, postindustrial bosqichda bilim, aqliy salohiyat hal qiluvch ahamiyat kasb etishi lozim edi.
Axborotlar sohasining jadal sur’atlar bilan o’sishi, uni avtomatlashtirish usullarining rivojlantirilishi kompyuterlarning yaratilishiga va kishilar hayotining turli sohalarida ulardan keng ko’lamda foydalanishga olib keldi. Bu esa “informatsion jamiyat” nazariyasini maydonga keltirdi. Uning mualliflari
O Toffler, Dj. Bell,Dj.Martin va boshqalar hisoblanadi.
Ular insoniyat hayoti tarzi modelini an’anaviy industrial va postindustrial ko’rinishda qarab, navbatdagi bosqich – kelajakni axborotli texnikaviy yoki axborotli – ekologiyaviy tarzda yuz berishini bashorat qilganlar.
Ushbu jamiyatda asosiy e’tibor mashinalarni o’zgartirishga emas, balki kishilar ongi va madaniyatini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi. Olamni tushunish, hayotda
ortda qolmaslik uchun har bir shaxs o’z qobiliyatlarini rivojlantirishi, uzluksiz ta’lim bilan shug’ullanishi, keng miqyosda o’rganishi zarur boladi. Ana shunday jamiyat postindustrial, information jamiyat sifatida talqin etiladi.
Bugungi axborotlashgan jamiyatda yangi texnologiyalar, kompyuter dasturlari, telekommunikatsiya imkoniyatlari jamiyat hayotining barcha sohasini, uning ma’naviyat, ijtimoiy –madaniy, iqtisodiy hayotini tobora ko’proq qamrab olmoqda.
Texnika (yunon. techne — mahorat, san’at) — ishlab chiqarish jarayonlari va jamiyatning ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan ehtiyojlarini amalga oshirish maqsadida inson faoliyati bilan yaratiladigan vositalar majmui16 bo’lib, u inson mehnatini yengillashtirish va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. Texnika tabiat resurslaridan samarali foydalanishga, Yer qa’rini, Dunyo okeanini, kosmik fazoni o’zlashtirishga imkon beradi. "Texnika" atamasi biror ish (hunar) yoki san’atda qo’llaniladigan usullarni ham bildiradi
(mas., to’quvchilik texnikasi, etikdo’zlik texnikasi, shaxmat o’yini texnikasi va boshqalar).
Texnologiya (yunon. techne — san’at, mohirlik, uquv va ...logiya — ta’limot) — sanoat, qurilish, transport, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarda mahsulotlar olish ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va takomillashtirish bilan shug’ullanadigan fan. Har bir sohaning o’ziga xos texnologiyasi mavjud: kon ishlari, mashinasozlik, qurilish, qishloq xo’jaligi texnologiyalarini ko’rsatish mumkin. Har qaysi operatsiyani o’ziga xos bajarish usullari bor.
Texnika vositalari doimo takomillashib boradi, yangi texnologiya, yangicha mahsulot ishlab chiqarish zaruriyati tug’ilishi bilan yangidan yangi texnika yaratiladi. Texnika uzoq tadrijiy taraqqiyot tarixiga ega bo’lib, uning ibtidosi ibtidoiy jamiyatga borib taqaladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida dastavval tosh qurollar, keyinchalik o’q-yoy, loydan yasalgan idishlar, toshbolta va mis qurollar paydo bo’lgan bo’lib, ularning barchasi vaqt o’tishi bilan harbiy, dehqonchilik, hunarmandchilik texnikasi rivojiga olib keldi.
XY-XYI asrlarda ancha takomillashgan domna pechlarida asosiy dvigatel o’rnida gidravlik mashinalardan foydalanildi. Bu davrda konchilik, metallurgiya rivojlana boshladi. Harbiy texnikada o’t ochish qurollari, mashina va mexanizmlar paydo bo’ldi. Bu davrda savdo-sotiq va yirik manufakturadagi tub o’zgarishlar bir qancha aniq vazifalarni nazariy va eksperimental hal qilishni talab qildi. Bu fanning Uyg’onish davri g’oyalari ta’sirida sxolastika an’analarini parchalab, amaliyotga murojaat qilishiga olib keldi. Kompas, porox va kitob nashr qilish ilmiy-texnikaviy faoliyatga asos solgan 3 ta yirik kashfiyot bo’ldi.
XVIII-asr oxirida bug’ mashinasi va to’qimachilik mashinalarining paydo bo’lishi sanoatda inqilobning boshlanishidan darak berdi.
XIX-asrda bosma mashina, telegraf apparati, fotografiya, ichki yo’nuv dvigateli, samolyot, radio, telefon, kinematografiya, avtomobil yaratildi, harbiy texnika, transport rivojlangan bo’lsa, XX-asrda elektr energiyasidan foydalanish o’sishi, aviatsiya, atom texnikasi, hisoblash texnikasi, elektronika, televideniye, raketasozlik, avtomatika, kosmonavtika taraqqiy etishi bilan tavsiflanadi. XXI-asr axborot texnologiyalari (internet, uyali telefon va boshqalar) shiddat bilan rivojlanayotgan davrdir.
Unumdorlik, puxtalik va tejamlilik texnikaning eng muhim
ko’rsatkichlaridir. Texnikaning unumdorligi vaqt birligi ichida tayyorlangan (ishlov berilgan, tashilgan va boshqalar) mahsulot miqdori bilan aniqlansa,uning puxtaligi zarur miqdorda sifatli mahsulot berish xususiyati yoki texnologik vazifani belgilangan muddatda bajarish bilan ifodalanadi. Texnikaning tejamliligi ishlatiladigan xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, yordamchi qurilmalarning tannarxi bilan belgilanadi.
Texnikaning unumdorligi, mukammalliligi va tejamliligini oshirish uchun uni takomillashtirib borish fan yutuqlariga asoslanadi. Amalda texnologik jarayonlar qanchalik puxta ishlangan, tavsiya etilayotgan usullar chuqur tajriba va ilmiy yondashuvga asoslangan bo’lsa, tayyorlanadigan mahsulot (avtomobil, bino yoki inshoot va b.) shunchalik sifatli bo’ladi. Texnologiyaning fan sifatidagi roli va vazifasi mahsulot tayyorlashning eng zamonaviy va samarali usullarini yaratishdan iborat. Umuman olganda, fan bilan texnika o’zaro bog’liq bo’lib, yagona, ilgarilab boruvchi ijtimoiy taraqqiyotning asosi hisoblanadi. Fan va texnikaning rivojlanishi, ular orasidagi o’zaro bog’lanishni mustahkamlash bilan birga texnologiyning ham yangilanib va o’zgarib borishini taqozo etadi. Fanning texnikaga nisbatan yetakchilik mavqei yanada yorqin namoyon bo’ladi, fan texnikani uzluksiz inqiloblashtiruvchi kuchga aylanadi. O’z navbatida, texnika ham fan taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, uning oldiga yangi talab va vazifalar qo’yadi.
Hozirgi zamon fan texnika inqilobining xarakterli xususiyati uning sanoat bilan birga ijtimoiy hayotning turli sohalari: qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, tibbiyot, ta’lim, maishiy xizmat kabilarni qamrab olganligidadir. Nanotexnologiyalar borasida olib borilayotgan izlanishlar ham bundan dalolat beradi. Xo’sh, nanotexnologiya nima?
Nanotexnologiya tushunchasi uchun tugal va aniq ifoda yo‘q, ammo mavjud mikro­texnologiya asosida bu o‘lchamlarni nanometrdagi texnologiya deb yuritish
mumkin. Shuning uchun mikrodan nanoga o‘tish bu moddani boshqarishdan atomni boshqarishga o‘tish demakdir. Sohaning rivoji deganda esa asosan uchta yo‘nalish tushuniladi:

-alohida atom va molekulalarni boshqarish va ulardan alohida mikro
ob'ektlarni yig‘ish.
Bu yo‘nalishdagi izlanishlar ancha vaqtdan buyon olib borilmoqda. 1981 yilda tunnelli mikroskop yaratilib, alohida atomlarni ko‘rish mumkin bo‘ldi. Shundan buyon texnologiya sezilarli takomillashtirildi. Bugun bu yutuqlarni kundalik hayotda ishlatamiz: lazerli disklarni ishlab chiqarish, jumladan, DVD disklardan nanotexnologik usulsiz foydalanish mumkin emas.

Bugun nanotexnologiyalar va biologik identifikatsiya - (insonni biologik faktorlaridan kelib chiqib, uni tanib olish. Misol uchun: barmoq izlari, ko`zi, yuz tuzilishi, va b.) ijtimoiy hayotning deyarli barcha sohalariga kirib bormoqda.
Xususan, tibbiyotda odamning tanasida paydo bo‘ladigan barcha kasalliklarning oldini oluvchi yoki davolovchi molekulyar nanorobotlarni yaratish ustida izlanishlar davom ettirilmoqda.
Gerontologiyada insonning jismoniy boqiyligiga, odam tanasidagi hujayralar qirilishining oldini oluvchi, odam organizmi to‘qimalarining ishlashini yaxshilash va qayta qurish uchun molekulyar robotlarni kiritishga oid tadqiqotlar amalga oshirilib, yaqin kelajakda uning amaliyotga tatbiqi ko’zda tutilmoqda. Umuman olganda, nanotexnologiyalardan sanoatda, qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirishda, ekologik muvozanatni ta’minlashda, koinotni o‘zlashtirishda foydalanishga oid tadqiqotlar olib borilib, barcha tashkiliy qismlarga mantiq elementlarini kiritish hisobiga biz yashayotgan atrof-muhit «aqlli» va inson yashashi uchun to‘la qulay bo‘lib qolishiga erishish maqsad hisoblanadi.
Internetning paydo bo‘lishi bilan hayotmizning ko‘plab jabhalarida, jumladan, maktablar va oliy ta’lim muassasalaridagi barcha jarayonlar, qolaversa, kundalik maishiy xizmatlar, biznes va menejment, yuridik va konsullik xizmatlarigacha birin-ketin virtual dunyoga ko‘cha boshladi.
Internet rivojlanishi barobarida uning texnik-texnologik imkoniyatlari va auditoriya qamrovi ham oshib bordi. “O‘rgimchak to‘ri” insonlarning an’anaviy suhbatlashuv shaklini tubdan o‘zgartirdi. Olis masofadan turib nafaqat eshitish, balki ko‘rish imkoniyatining yuzaga kelishi bilan virtual suhbatlar keskin ommalashdi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo yoshlarining 96 foizi ijtimoiy tarmoqlar vositasida o‘zaro muloqotga kirishmoqda.
Keyingi 10-15-yil davomida dunyo matbuotida eng ko‘p muhokama qilinib kelinayotgan masalalardan biri bu – Internetning yoshlar auditoriyasiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganligi bilan bog‘liq. Tarmoqni ayrim xorijiy ekspertlar majoziy ma’noda o‘tkir boltaga o‘xshatadi: uning yordamida qurigan daraxtni chopib, undan o‘tin tayyorlash mumkin yoki aynan shu bolta bilan gullab-yashnab turgan daraxtni yakson qilish ham mumkin. Shu sababdan jahon tarmog‘ini faqat maqtash yoki aksincha uni qoralash mantiqsizlikdir.
XXI asr yutuqlaridan yana biri sun’iy intellekt bo’lib, mobil qurilmadagi dasturlar: google-tarjimon, lug’atlar, turli xil o’yinlar va hokazolar uning yaqqol misolidir.
Sun'iy intellekt — odatda inson ongi bilan bog’liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o’rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratishdir. Bugun sun'iy intellekt turli amallarni bajarishga mo’ljallangan algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat bo’lib, inson ongi bajarishi mumkin bo’lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi.
Hozirga kelib sun'iy intellekt keng ko’lamda ommalashib, kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab olmoqda. Masalan, 1997 yilda
Deep Blue nomli IBM kompyuteri shaxmat bo’yicha jahon chempioni Garri Kasparovni yenggan tarixdagi ilk kompyuter bo’ldi. Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank kartalarining keragi yo’q. Hisob-kitoblar bilan bog’liq barcha jarayonlar sun'iy intellekt tomonidan insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi.
Sun'iy intellekt haqidagi bahs-munozaralar qariyib 50 yildan beri davom etib kelmoqda. Ba'zi mutaxassislar, ularning ommalashib odamlar o’rnini egallab borayotgani natijasida ommaviy ishsizlik ko’rsatkichlari oshib ketishi mumkinligini ta’kidlamoqdalar. Mutaxassislarning boshqa bir guruhi esa sun'iy intellektga ijobiy munosabatda bo’lish kerakligini uqtirishmoqda. Jumladan, SpaceX asoschisi Ilon Mask fikricha, “Sun'iy intellekt insoniyat sivilizatssiyasi uchun asosiy xavfdir. Sun'iy intellekt mehnat bilan bog’liq ommaviy muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi, robotlar hamma ishni bizdan ko’ra yaxshiroq bajara olishadi. Ilg’or texnologiyalar ortidan quvish natijasida, kompaniyalar sun'iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-xatarni ko’rmay qolishlari mumkin”.
Bugungi kunda ayrim davlatlarda robot-hamshiralar, xaydovchisiz transport vositalari, buyurtmani yetkazib beruvchi dronlar xizmatidan foydalanish yo’lga qo’yilgan. Hatto politsiya xodimlarining ba'zi vazifalarini ham maxsus robotlar bajarmoqda. Olimlar ularning tashqi ko’rinishini imkon qadar odamlarnikiga o’xshatishga urinishmoqda.
Xorijiy ekspertlar ma'lumotlariga ko’ra, 2020 yilga kelib 4,7 mln aholi ishsiz qolishi mumkin. Shuningdek, ishsizlik g’aznachilar, pochta xodimlari, hisobchilar va idora xizmatchilariga xavf solishi mumkinligi aytilgan. Sun'iy intellekt ularning vazifasini bemalol bajara oladi.
Har qancha e'tiroz va tanqidlarga qaramay, sun'iy intellektni rivojlantirish davom etmoqda. Sun'iy intellekt insoniyatning yutug’i bo’lsada, jamiyatda muammolar ko’lami oshib borishining omili hamdir.

Adabiyotlar:



Yüklə 241,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin