Yodgorov, Nodir Djalolovich



Yüklə 20,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/53
tarix19.10.2023
ölçüsü20,21 Mb.
#157053
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
topografik chizmachilik yodgorov (1)


 
Qirrali sirt kesim 
yuzasi 
Qirrali sirt bilan tekislik kesishishidan hosil bo'lgan shakl.
Qo'sh parallel chiziqlar Oralig'i 1-2 mm bo'lgan parallel chiziqlar. Ular chiziqli 
masshtab va tekislikni qiyalik masshtabi chizig'ini 
chizganda qo'llaniladi.

 
Ravon egri chiziq 
Hamma nuqtalarida qarama-qarshi yo'nalgan yarim 
urinmalar bir to'g'ri chiziqda yotuvchi egri chiziq. 
Relyef 
Yer sirtining tuzilishi juda murakkab bo'lib, balandlik, 
pastlik, tepalik va boshqa ko'rinishlarga ega, bularning 
hammasi qisqacha qilib relyef deyiladi. 

 
Sinish nuqtasi 
Egri chiziqning bu nuqtasida yarim urinmalar o'zaro 
burchak hosil qiladi. 
Sirt 
Biror chiziq yoki sirtning fazoda uzluksiz harakatlanishi 
natijasida hosil bo'lgan geometrik shakl. 
Sirt kesim yuzasi 
Biror sirt bilan tekislikning kesishishidan hosil bo'lgan 
shakl. 
Sirt yasovchisi 
O'z harakati bilan sirtni hosil qiluvchi chiziq yoki sirt. 
Sirt yo'naltiruvchisi 
Sirt yasovchisining harakatlanishini belgilovchi chiziq. 
Sirtlarning o'zaro 
kesishish chizig'i 
Ikki kesishuvchi sirt uchun umumiy bo'lgan nuqtalaming 
geometrik o'rni. 
Son belgili 
proyeksiyalar 
Shaklning H proyeksiyalar tekisligidan uzoqligini 
ko'rsatuvchi sonlar bilan ifodalangan proyeksiyasi. 
Sonli masshtab 
Sonlar bilan berilgan masshtab. 

 
Tekis egri chiziq 
Hamma nuqtalari bitta tekislikda yotgan egri chiziq 
Tekislikka 
perpendikular to'g'ri
chiziq 
Tekislikdagi o'zaro kesishuvchi ikki to'g'ri chiziqqa 
perpendikular to'g'ri chiziq. 
Tekisliklar dastasi 
Bir to'g'ri chiziqdan o'tuvchi tekisliklar to'plami. 
Tekislikning eng katta Tekislikka tegishli bo'lib, uning gorizontallariga 


121 
og'ish chizig'i 
perpendikular bo'lgan to'g'ri chiziq. 
Tekislikning 
gorizontali 
Tekislikda yotgan va H ga parallel to'g'ri chiziq. 
Tekislikning izlari 
Tekislikning proyeksiyalar tekisliklari bilan kesishgan 
chiziqlari. 
Tekislikning profili 
Tekislikda yotgan va W ga parallel to'g'ri chiziq. 
Tekislikning gorizontal 
chizig'i 
Berilgan tekislikda yotgan absolut balandliklari bir xil 
bo'lgan nuqtalarni birlashtiruvchi yoki hamma nuqtalari 
H tekislikdan barobar uzoqlikda yotgan to'g'ri chiziq. 
Tekislikning pasayish 
burchagi 
Tekislikning asosiy H proyeksiya tekisligi bilan hosil 
qilgan burchagi. 
Tekislikning yoyilish 
burchagi
Yer meridiani shimol-janubni ko'rsatadigan magnit 
strelkasining shimoliy yo'nalishi bilan tekislikning izi 
yoki gorizontal chiziqlari orasidagi o'tmas burchak. 
Tekislikning yoyilish 
yo'nalishi
Belgilarnirng ortish tomoniga qaraganda gorizontal 
chiziqlarining o'ng tarafidagi yo'nalish. 
Tekislikning parallel 
to'g'ri chiziqlari 
Berilgan tekislikda yotib, o'zaro parallel bo'lgan to'g'ri 
chiziqlar. 
Tekislikning og'ish 
burchagi
Tekislikning H proyeksiyalar tekisligi bilan hosil qilgan 
burchagi 
Tekislikning qiyalik 
masshtabi
Darajalarga bo'lingan eng katta qiyalik chizig'ining 
gorizontal proyeksiyasi. 
Topografiya 
Topografiya yunoncha so'z bo'lib, biror joy, relyefni 
tasvirlash degan ma'noni bildiradi. 
Topografik plan 
Joyning relefi tasvirlangan plan. 
Topografik sirt 
Yer sirtining har qanday joyi topografik sirt bo'ladi. 
Topografik sirt profili 
Biror topografik sirtni H tekislikka perpendikular tekislik 
bilan kesib, uni H tekislikka jipslashtirganda hosil 
bo'ladigan kesim.
Topografik xarita 
Yer sirtining ma'lum bir joyi uchun tuzilgan xarita. 
Triangulatsiya 
Sirkul yordamida uchburchakdan foydalanib yasash usuli. 
To'g'ri burchakli 
proyeksiyalash 
Proyeksiyalovchi nurlarning proyeksiyalar tekisligiga 
perpendikular holda hosil bo'lgan proyeksiyalash. 
To'g'ri chiziqning izlari To'g'ri chiziqning proyeksiyalar tekisliklari bilan 
kesishgan nuqtalari. 
To'g'ri chiziqning 
tekislikka parallelligi 
Tekislikda yotgan biror to'g'ri chiziqqa parallel bo'lgan 
to'g'ri chiziq. 
To'g'ri chiziqning 
ko'tarilishi
To'g'ri chiziq kesmasi A va В nuqtalarnirig vertikal 
masofalarining farqi. 
To`g’ri chiziqning 
ko`tarilishi 
To`g’ri chiziq kesmasi uchlari orasidagi vertikal masofa.
To'g'ri chiziqni 
darajalash 
To'g'ri chiziq proyeksiyalar kesmasining H tekislikdagi 
proyeksiyasida butun sonlar bilan belgilangan nuqtalar 
proyeksiyasining o'rnini aniqlash. 


122 
To'g'ri chiziqning 
og'ish burchagi 
To'g'ri chiziqning H proyeksiyalar tekisligi bilan hosil 
qilgan burchagi. 
To'g'ri chiziq intervali Balandliklarining farqi bir birlikka teng bo'lgan ikki nuqta 
proyeksiyalari orasidagi gorizontal masofa. 
To'g'ri chiziq qiyaligi 
To'g'ri chiziq ko'tarilishining uning qo'ymasiga bo'lgan 
nisbati. 
To'g'ri chiziq qo'ymasi Fazodagi to'g'ri chiziqning ixtiyoriy ikki nuqtasi. 
orasidagi masofaning gorizontal proyeksiyasi. 

Yüklə 20,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin