64
bilan chiziladi. Shtrix chiziq zvenosi (chiziqchasi)ning uzunligi 5 mmga intervali
(chiziqchalari orasidagi masofa) 1mm ga teng bo`ladi.Odatda qo`shimcha
gorizontallardan ham foydalaniladi. Yarim va qo`shimcha gorizontallar 0,1 mm
qalinlikdagi chiziq bilan chiziladi (2.12-shakl).
Gorizontallar ikkita chiziq
bilan tasvirlangan daryo, anhor,
kanallar bilan
hamda ko`l, dengiz, tepalik, chuqurlik, ochiq kon, ko`cha, qiya yo`llarning shartli
belgilari bilan kesishmasligi kerak. Bundan tashqari o`simliklarning shartli grafik
belgilarini shunday chizish kerakki, ular gorizontallar bilan kesishmasin.
2.13-shaklda joy relefining asosiy ko`rinishlari ko`rsatilgan. Jarlik, tepalik
va chuqurliklar tasvirining konturiga rodial yo`nalishda oralaridagi masofalar teng,
uzunliklari bir xil bo`lgan tishchalar (chiziqchalar) chiziladi.
Ular asosning
yo`g’onligi (gorizontaldan boshlangan qismi) 0,3 – 0,4 mm bo`ladi. Jarlikning
shartli belgisini chizishdan oldin uning chetlari so`ngra qirg’og’i chiziladi, undan
so`ng tishchalar chiziladi. Jarlikning boshlanishi va
oxirida tishchalar uzunligi
kattalashadi.
Jarlik va suv o`yib ketgan chuqurlik eni 3 m dan 10 m gacha bo`lsa ikkita
chiziq bilan tasvirlanadi. 3 m dan kam bo`lsa tishchalarsiz qalinlashgan bitta chiziq
bilan tasvirlanadi.
Jarlik, chuqurlik, tepaliklarning shartli belgilari bilan birga ularning eni va
chuqurlik (balandlik)larini ko`rsatuvchi yozuv ham bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: