59
1mm bo’lgan shartli belgi o`qiga nisbatan 45
0
qiya shrix (chiziqcha)lar bilan
tugaydi. Barcha ko`rinishdagi yo`llarning shartli belgilari ko`priklarning shartli
belgilariga tutashishiga 0,2÷0,5 mm yetmaydi.
Asfalt, beton yotqizilgan katta yo`l, tuproq va so`qmoq yo`l
Avtomobil va ot-ulov yo`llarining shartli belgilari xuddi temir yo’l shartli
belgilariga o`xshash chiziladi. Bu shartli belgilarning
asosi parallel chiziqlar
hisoblanadi, qaysikim ular yo`lning klassini bildiradi (2.8- shakl).
2.7-shakl.
60
2.4.5.Avtostrada
Avtomobillar qatnovi uchun maxsus qurilgan va uskunalangan katta yo`l
(avtostrada) – asfalt-beton yoki sementbeton bilan mustahkam qoplangan qattiq
asosli va qoplangan qismining eni 14 m va undan ortiq bo`lgan yo`l xisoblanadi.
Uning shartli belgisi ikkita parallel chiziq bo`lib, bu chiziqlarning yo`g’onligi 0,3
mmdan iborat. Parallel chiziqlarning o`rtasidan ingichka chiziq o`tkazib yo`lning
bo`luvchi chizig’i ko`rsatiladi. Chiziqlarning uzuq joyiga yo`lning avtomobil
yuradigan
qismining eni, qavs ichida yo`lning chegaralaridagi ariqdan ariqgacha
bo`lgan to`liq eni va yo`lning avtomobil yuradigan qismining materialini
qisqartirilgan nomi ko`rsatiladi. Yo`lning avtomobil yuradigan qismi materialining
nomi qisqartirilgan shaklda quyidagicha yoziladi: asfalt – A, shlak – Shk, beton –
B, chorqirra tosh yotqizilgan bo`lsa – Br va shunga o`xshash. Umumiy tushuntiruv
yozuvi quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi. 14/20/B, bu yerda 14 m – yo`lning
avtomobil yuradigan qismining eni: 20 m – yo`lning umumiy eni; B –qoplangan
material – beton.
Takomillashtirilgan yo`l qattiq asosli quyidagi materiallar bilan qoplangan:
sementbeton, chorqirra tagi maydalangan tosh yoki shag’al bog’lovchi
modda
bilan to`yintirilgan. Qoplangan qismning eni 6 m dan kam bo`lmaydi. Bu
yo`lning shartli belgisi ikkita parallel chiziqdan iborat bo`lib chiziqlarning
yo`g’onligi 0,3 mm bo`ladi. Bu yo`lning shartli belgisini chizganda uning eni va
qoplangan material albatta ko`rsatiladi.
Asfalt, beton yotqizilgan shosse (katta) yo`l
belgisi chiziqlarining
yo`g’onligi takomillashtirilgan yo`l chiziqlarining yo`g’onligidan ingichka bo`ladi.
Yaxshi tuzatilgan tuproq yo`l oralig’i 0,8 mm bo`lgan parallel chiziqlar bilan
tasvirlanadi. Chiziqlarning birini yo`g’onligi 0,15 mm ikkinchisiniki 0.5 mm
bo`ladi. Yo`lning yurilgan qismining eni shartli belgining uzuq qismiga
ko`rsatiladi. Bu yo`l va yuqorida qayd etilgan yo`llarda
shartli belgi bilan yozuv
orasida 0,2 ÷0,5 mm masofa bo`lishi kerak. Yaxshi tuzatilgan tuproq yo`l qiya
qilib tekislangan, doimo tuzatib turiladigan lekin mustahkam asosli qoplamaga ega
emas. Bu yo`l avtomobil va ot-ulov transporti bilan zichlangan bo`ladi.
Tuproq yo`l 1:5000 masshtabda oralig’i 1,3 mm bo`lgan ikkita parallel
chiziq bilan tasvirlanadi. Bu chiziqlarning bittasi shtrix chiziq, ikkinchisi uzluksiz
chiziq bo`ladi. 1:10000 va undan kichik masshtabda bu yo`l yo`g’onligi 0,3÷0,2
mm oralig’ida bo`lgan bitta chiziq bilan tasvirlanadi.
Dala yo`li va piyodalar yuradigan so`qmoq yo`l shtrix chiziq bilan
tasvirlanadi. Bu chiziq shtrixning uzunligi xarita (plan)ning masshtabiga bog’liq.
Mazkur yo`l bilan boshqa yo`llarning kesishish joyida
shtrix chiziq bilan boshqa
yo`llarning belgisi albatta kesishtiriladi. Shuning uchun shtrix chiziqni kesishish
joyida uzun yoki qisqa chiziq chizishga ruxsat beriladi. Shtrix chiziqni chizishda
uzunligi va orasidagi masofa o`yilgan trafaretdan foydalanish tavsiya etiladi.
2.9 – shaklda barcha turdagi yo`llarning shartli belgisi tasvirlangan ishning
eskizi berilgan. Bu ishdan shartli belgilarning chiziqlari qanchalik aniq
chizilganligini ko`rish mumkin. Chiziqlar orasidagi masofa va ularning yo`g’onligi
shartli belgilar jadvalida ko`rsatilgandek bo`lishi kerak. Yo`lning to`g’ri
chiziq