Yodgorov, Nodir Djalolovich


Ishni korrektura qilish va rasmiylashtirish



Yüklə 20,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/53
tarix19.10.2023
ölçüsü20,21 Mb.
#157053
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53
topografik chizmachilik yodgorov (1)

Ishni korrektura qilish va rasmiylashtirish
. Tuzilgan topografik xarita 
asl nusxasi har tomonlama chuqur tekshirib chiqiladi. Tekshirishni bajargan kishi 
(korrektor) xizmat varaqasiga yozib rasmiylashtirib qo`yadi. 
Korrektura qilinishi xarita asl nusxasi mazmunining sifatini va taxt 
qilinishini har tomonlama tekshirilganligi hisoblanadi. 
9.
Xarita listi ramkasini taxt qilish.
Xarita listi ramkasi shartli belgilar 
jadvalida ilova qilingan namuna bo`yicha
 
chiziladi. Bunda ayrim yon berishlarga 
yo`l qo`yiladi. Chiziqli masshtab, joylashishlar masshtabi, magnit strelkasining 
og’ish sxemasi va myeridianlarning yaqinlashuvi va boshqalar xarita listi 
(varag’i)ga sig’maganligi sababli tashqi ramka barcha asl nusxalarga ham 
chizilavermaydi. 
Asl nusxa chizilgan list ramkasining tomonlari va diogonalining nazariy 
o`lchami ko`rsatilgan sxemasi, fon (tag) ranglarining shartli belgilari, xaritograf-


79 
bezovchi uchun kerakli yozuvlar, xaritograf-tuzuvchining va rahbar shaxsning 
imzosi bo`ladi. 
3.2-§. Topografik plan tuzish 
Joyning planini tuzishdan oldin xaritografik material o`rganiladi, uning sifati 
va to`liq tarkibi aniqlanadi. 
Topografik planga olish quyidagi: stereotopografik, kombinatsiyalashgan 
(fotoplanda), menzula yordamida, taxometrik maydonlarni nivelirlash hamda 
gorizontal va vertikal planga olish usullar bilan bajariladi. 
Planga olishning asosiy usuli stereotopografik va kombinatsiyalashgan 
usullar hisoblanadi. 
Ayrim hollarda (aerofoto planga olish yoki joyning yerda fotoplanga olish 
bo`lmaganda, iqtisodiy jihatdan to`g’ri kelmaganda uncha katta bo`lmagan 
uchastkalarda va shunga o`xshaganlarda) menzula yordamida taxometr yoki 
teodolitli planga olish qo`llaniladi.
1:2000 va 1:5000 masshtabli topografik plan tuzishda aerofotosuratlardan, 
1:1000 va 1:500 masshtabli topografik plan tuzishda menzula yordamida va 
taxeometrik planga olishdan foydalaniladi. 
1:10000 masshtabli plan yer tuzish amaliyotida topografik asos sifatida keng 
tadbiq qilinadi. Bu masshtab yerdan foydalanish planlarini tuzishda ishlatiladi. 
Cho`l zonalarini planini tuzishda asosan 1:25000, 1:50000 masshtabdan 
foydalaniladi. Bog’dorchilik, uzumchilik rivojlangan joylar planini tuzishda 1:5000 
va bundan ham katta masshtablardan foydalaniladi. 
Topografik planlar shahar va qishloqlar qurilishi va obodonlashtirish loyiha 
planlarini tuzish uchun, sanoat korxonalari va inshootlarini hamda qishloq 
xo`jaligi qurilish ob`ektlarini loyihalash, qurish uchun grafik material sifatida 
foydalaniladi. Bu planlar 1:5000 - 1:500 masshtablarda tuziladi. 
1:5000 masshtabli plan shaharlar bosh planini va qurilishlarni joylashish 
loyihasini ishlab chiqish, birinchi navbatda, injenerlik tarmoqlari va aloqa yo`llari, 
transport yo`llari uchun; yer xo`jaligi tuzilishi va obodonlashtirish uchun; shahar 
sanoat nohiyalari loyihalarini ishlab chiqish, imoratlarning texnik loyihasi uchun, 
shahar nohiyalarining alohida planlarini tuzish uchun qator injenerlik – qurilish 
masalalarini yechish va shu kabilar uchun mo`ljallangan. 
1:2000 masshtabli planlar qishloqlarning planini ishlab chiqish uchun
shaharning alohida nohiyasini to`la planini tuzish uchun; imoratlar qurishning, 
shaharda (qishloqda) qurilgan imoratlarga tegishli maydonlarni injenerli 
tayyorgarlik va ko`kalamzorlashtirishning texnik loyihasini ishlab chiqish va shu 
kabilar uchun mo`ljallangan. 
1:1000 masshtabli planlar bosh planlarni hamda kam qavatli binolar va 
qishloq qurilishini loyihalashda ish chizmalarini tuzish uchun; mavjud yer osti 
tarmoqlari inshootlarining planini ishlab chiqish va shu kabilar uchun 
mo`ljallangan. 
1:500 masshtabli planlar turar joylarda imoratlarni, ko`cha va maydonlarni 
loyihasini ishlab chiqish uchun; sanoat korxonalari qurilish uchastkasini bajaruvchi 
bosh planini va tig’iz (zich) tarmoqli yer osti kommunikatsiyalari bilan ko`p 


80 
qavatli kapital qurilishlarni loyihalarini ishlab chiqish va shu kabilar uchun 
mo`ljallangan. 

Yüklə 20,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin