Yodgorov, Nodir Djalolovich


-jadval  91  4.2-jadval davomi



Yüklə 20,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/53
tarix19.10.2023
ölçüsü20,21 Mb.
#157053
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53
topografik chizmachilik yodgorov (1)

4.2-jadval 


91 
4.2-jadval davomi 


92 
3- GRAFIK ISH 
Grafik ish shartlari 
1.
Maydoncha atrofidagi qiya tekislik va sirtlarning o`zaro kesishish 
chizig’i va shu sirtlarning tabiiy yer (topografik sirt) bilan kesishish (ish chegarasi) 
chizig’i aniqlansin. 
2.
A – A kesim bajarilsin. 
Grafik ishni bajarishga oid ko`rsatmalar 
Misol.
Topografik sirt planda gorizontallari bilan berilgan. Qurilishi kerak 
bo`lgan maydoncha va yo`l atrofidagi qiya tekislik va sirtlarning o`zaro kesishuv 
chizig’ini hamda sirtlarning tabiiy yer bilan kesishish chizig’i aniqlansin va A-A 
kesim bajarilsin (4.7-shakl, c) 
Yechish.
Berilgan: topografik sirt va unda maydoncha hamda maydonchaga 
chiqadigan yo`l konturi (4.7–shakl, c); topografik sirt balandligi 24 m dan 36 m 
gacha; maydoncha balandligi 30 m; yo`lning qiyaligi i
y
=1:3; qaziladigan yer 
sirtining (qazimaning) qiyaligi i
q
=1:1; tuproq bilan ko`tarilgan qismining 
(ko`tarmaning) qiyaligi i
k
=3:2. 
Misol quyidagi tartibda bajariladi: 
1.
Chiziqli masshtab yordamida qiyaliklar uchun mos bo`lgan intervallar 
aniqlanadi va maydoncha uchun ariqcha qazilib, maydoncha va qiya yo`l yon 
bag’irlarining gorizontallari chiziladi. 
2.
Yon bag’irlarning o`zaro kesishish chizig’i yasaladi. 
3.
Yon bag’irlarning topografik sirt bilan kesishish chizig’i topiladi. 
Maydoncha va qiya yo`l bilan topografik sirtning profili (A-A kesimi) chiziladi. 
Misolni yuqoridagi tartibda bajarish uchun topshiriqning berilishi (4.7- 
shakl,c) ni ko`chiramiz. Buning uchun avval shakl ramkasining tomonlari (Oz va 
ZV) ni ixtiyoriy uzunlikdagi teng qismlarga bo`lib chiqamiz va ularni 
O,A,B,V,G,D,E,J,Z hamda Z,I,II,III,IV,V lar bilan belgilaymiz. A,B,V,G,D,E,J 
nuqtalardan gorizontal, I,II,III,IV nuqtalardan vertikal chiziqlar o`tkaziladi. 
So`ngra hosil bo`lgan to`r yordamida topshiriqni ko`chiramiz (4.8–shakl,c) (4.7–
shakl, c da topshiriqni berilishini tushunib olishda qiyinchilik tug’ilmasligi uchun 
to`r chizilmagan). Misolni to`rt bosqichda echib ko`rsatamiz. 
Birinchi bosqich
. Chiziqli masshtab yordamida katakli jadval chizib (4.8–
shakl,b), unga qiyaliklar (i) ni 4.8–shakl,a dan olib joylashtiramiz. Masalan, i
k
=3:2 
ko`tarmada 3- ko`tarilish, 2-qo`yma bo`lib, ularni X,Z o`qlarga mos ravishda 
qo`yib, E nuqta topilgan. OE – ko`tarmaning qiyaligi (i
k
) bo`ladi. Ko`tarma 
qiyaligining z=1 bo`lgandagi nuqtasi E
1
dan OZ o`qgacha bo`lgan masofa (ℓ
k
=1 
E
1
) ko`tarma yon bag’iri sirtining intervali bo`ladi. Shu usul bilan qazima va qiya 
yo`l yon bag’irlari sirtining intervallari (ℓ
q
va ℓ
y
) ham aniqlanadi. Bu bosqichda 30 
m dan 36 m gacha balandlikdagi qismdan maydonchaga tuproq to`kilmasligi va 
yog’in-sochin suvlari oqib ketmasligi uchun qazilgan ariqcha ham tasvirlanadi. 
Ariqchaning enini 60 smdan 1 m gacha olish mumkin. Bu misolda ariqchaning eni 
qazima intervaliga teng qilib olingan (1
0
c
0
a
0
b
0
4
0
2
0
, 1cabd2). 


93 
Maydoncha yon bag’irlari 3
0
c
0
qismining eng katta qiyalik chizig’i (Q') ni, 
c
0
a
0
qismining eng katta qiyalik chizig’i (T') ni a
0
b
0
qismining eng katta qiyalik 
chizig’i (K') ni, b
0
4
0
qismining eng katta qiyalik chizig’i (P') ni, 5
0
f qismining eng 
katta qiyalik chizig’i (N') ni fn qismining eng katta qiyalik chizig’i (w') ni, me 
qismining eng katta qiyalik chizig’i (v') ni e3
0
qismining eng katta qiyalik chizig’i 
(M') ni chizamiz (4.8-shakl, c). 
Ikkinchi bosqich
. Dastlab maydoncha yon bag’iri qismlarining intervali 
aniqlanib (ℓ
q
=1/ί
q
=1, ℓ
k
=1/ ί
k
=2/3, ℓ
y
=1/ί
y
=3) grafik yo`l bilan 4.9-shakl,b dan


94 
aniqlanadi), eng katta qiyalik chiziqlarini tegishli intervallarga teng kesmalar bilan 
darajalarga bo`lib, qiyalik masshtablari (Q
ί
,T
ί
,K
ί
,P
ί
,N
ί
,W
ί
,V
ί
,M
ί
) hosil qilingan 
(4.9-shakl, c). 
1.9-§ ga asosan m va n nuqtalardan radiusi qiya yo`l ko`tarma yon 
bag’irining intervali (ℓ
k
) ga teng aylanalar chizib, bu aylanalarga qiya yo`l 
konturining son belgisi 29 nuqtalaridan urinma to`g’ri chiziqlar o`tkaziladi. Bu 
chiziqlarga yo`l konturining son belgisi 29 bo`lgan nuqtalaridan perpendikulyar 
to`g’ri chiziqlar o`tkazilgan. O`tkazilgan perpendikulyar chiziqlar uzunligi ℓ
k
ga


95 
teng kesma bilan darajalarga bo`linib, qiya yo`l yon bag’irlarining qiyalik 
masshtabi β
ί
va α
ί
yasalgan (4.9-shakl, c). 
So`ngra maydoncha yon bag’iri qismlarining va qiya yo`l yon bag’irlarining 
qiyalik masshtabidan foydalanib ularning gorizontallari chizilgan. Ularning bir xil 
son belgili gorizontallari o`zaro kesishib, maydoncha va qiya yo`l yon 
bag’irlarining o`zaro kesishish chiziqlari (QT, KT,KP,PC,Nw, βw,vα,Mv) ni hosil 
qilgan (4.9-shakl, c). 
Uchinchi bosqich
. Bu bosqichda maydoncha va qiya yo`l yon bag’irlarining 
topografik sirt bilan kesishish chizig’i aniqlanadi (4.10-shakl, c). Buning uchun


96 
maydoncha va qiya yo`l yon bag’irlarining bir xil son belgili gorizontallari bilan 
topografik sirtning shu xil son belgili gorizontallarining kesishish nuqtalari 
(O,I,II,III,IV; V,VI,VII,2
0
; 2,VIII,IX,X,XI,f
1
;…) aniqlanib, ular ketma-ket 
tutashtirib chiqiladi. Hosil bo`lgan 1 nuqtadan hosil bo`lgan t nuqtagacha va 2 
nuqtadan q nuqtagacha bo`lgan egri chiziqlar maydoncha va qiya yo`lni qurish 
uchun tuproq to`kib ko`tarilgan qismi yon bag’irlarining topografik sirt bilan 
kesishish chiziqlari; 0 nuqtadan ℓ nuqtagacha va 2

nuqtadan c nuqtagacha bo`lgan 
96egri chiziqlar maydoncha qurish uchun tuproq olinib (qazib) pasaytirilgan qismi 
yon bag’irining topografik sirt bilan kesishish chiziqlaridir. 


97 
Maydonning tuproq to`kilib ko`tarilgan va tuproq olinib pasaytirilgan 
qismlarini yaxshiroq tushunish maqsadida ular bergshtrixlar bilan ajratib 
ko`rsatilgan. Bergshrix yon bag’irining yuqori chegara chizig’idan pastki chegara 
chizig’i tomon gorizontallarga perpendikulyar chizilgan almashib turuvchi uzun 


98 
ingichka va kalta yo`g’on shtrixlardan iborat. Uzun ingichka chiziq, kalta yo`g’on 
chiziqdan ikki marta uzun bo`lib, uzun chiziqning yo`g’onligi 0,1-0,2 mm (qattiq 
qalam 2T bilan chiziladi), kalta chiziqning yo`g’onligi 0,8 mm (yumshoq qalam M 
bilan chiziladi). Ular orasidagi masofa 1-1,5 mm bo`lishi kerak. 
To`rtinchi bosqich
. Bu bosqichda berilgan topografik sirt, maydoncha va 
qiya yo`lning A-A kesimi (4.11-shakl) bajariladi (4.12-shakl). Buning uchun OXZ 
sistema olinadi. OZ o`qiga chiziqli masshtabdan foydalanib balandliklar, OX
o`qqa A-A chiziq bo`yicha masofalar o`lchab qo`yiladi. Kesimni yasash I' 
nuqtadan boshlanadi. I nuqtaning balandligi 28 m, II nuqtaning balandligi 30 m ga 
teng. I'II' chiziq qiya yo`lning kesimi. III va IV nuqtalarning balandligi ham 30 m. 
II'III' to`g’ri chiziq maydonchaning kesimi, V nuqtaning balandligi 33 m ga teng. 
IV'V' chiziq maydonchaning tuproq olinib pasaytirilgan qismi yon bag’irining 
kesimi bo`ladi. 
Bu grafik ish rangli qalam yoki tushda bajarilgan hollarda maydoncha 
chegarasi asosiy tutash chiziq bilan va topografik sirt gorizontallari ingichka tutash 
chiziq bilan qora rangda, yon bag’ir gorizontallari ingichka tutash chiziq bilan yon 
bag’irlarning o`zaro kesishish chiziqlari asosiy tutash chiziq bilan ko`k rangda, 
jumladan, qiyalik masshtabi ham ko`k rangda, yon bag’irlarning topografik sirt 
bilan kesishish chizig’i asosiy tutash chiziq bilan qizil rangda chizilsa, chizmani 
o`qish ancha oson bo`ladi. 
Bu grafik ishga tegishli variantlar 4.3-jadvalda berilgan. 

Yüklə 20,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin