104
4-GRAFIK ISH
Grafik ish sharti
1. Joyning topografik plani chizilsin.
Grafik ishni bajarishga oid ko`rsatmalar.
Tanlangan grafik ishga tegishli topshiriq variantlaridagi misollar talabalarga
tanish bo`lgan mahalliy joylarning topografik planiga yaqin qilib olingan. Shu
bilan birga talabalarning ijodkorligini oshirish maqsadida varianlardagi predmetlar
shartli belgilari bilan emas, raqamlar bilan belgilangan. Xo`jalik va predmetlarning
chegarasi, daryo va kanallar, aloqa yo`llari kabi predmetlar chiziq bilan tasvirlanib,
ulardan chiqarish chizig’i chiqarib gorizontal tokcha yasalgan va tokcha ustiga
predmetning tartib raqami yozilgan. Predmetlarning tartib raqami va nomi 4.4-
jadvalda berilgan.
Misol.
Joyning topografik plani chizilsin (4.12-shakl).
Yechish.
Topshiriq variantini olgandan so`ng talaba u bilan tanishib chiqadi
va chizma qog’oziga (formatga) topshiriq variantining kattaligiga nisbatan ma`lum
masshtabda qalamda ingichka chiziq bilan aynan ko`chiradi. 3-bobning 3-
paragrafida ko`rsatilgan topografik plan asl nusxasini chizish tartibida 4.4-
jadvaldan va 2-bobdan foydalanib dastlab, predmetlarning shartli belgilari
qalamda, so`ngra 3-bobning 3-paragrafida tavsiya etilgan ranglarda chiziladi va
bo`yab chiqiladi.
Grafik ishga oid topshiriq varianti namunasi 4.12–shaklda, uning bajarish
namunasi 4.13–shaklda oq-qora rangda berilgan.
Bu grafik ishga tegishli variantlar 4.5–jadvalda berilgan.
Dostları ilə paylaş: