Yogʻ bosish va semirish Yogʻ bosish



Yüklə 24,46 Kb.
səhifə2/5
tarix02.01.2022
ölçüsü24,46 Kb.
#35944
1   2   3   4   5
Yogʻ bosish va semirish

Gormonlarning ta’siri
«Kamroq iste’mol qil – ko‘proq sarfla» odati qisman to‘g‘ri. Ortiqcha vaznning asosiy sababi – moddalar almashinuvi va gormonal muvozanatning buzilishi. Ozishni boshlashdan avval bajarilishi kerak bo‘lgan narsa – endokrinologga murojaat etish.

Bugun «bir deganda» ayollarning oza olmasligida qaysi gormonlar aybdorligi va ortiqcha yeyish – xavfli belgi ekani haqida hikoya qiladi. Maqola oxirida esa endokrin patalogiyani istisno qilish topshirish kerak bo‘lgan 10 ta tahlil haqida ham ma’lumot mavjud.

Leptin
Bu gormon ishtahani nazorat qiladi va quvvat almashinuvi uchun javob beradi. Uni to‘yish va semizlikning asosiy gormoni deb atashadi. Leptinning past ko‘rsatkichi ishtaha ortishini chaqiradi va semizlikka olib boradi. Agar organizm hujayralarida yog‘lar ko‘p bo‘lsa – leptin darajasi ortadi. Shu tariqa miyaga «Yeyishni bas qil!» buyrug‘i yuboriladi. Biroq leptinning ortiqchaligi tromboz xavfini yuzaga keltiradi.

Grelin
Oshqozon-ichak tizimida ishlab chiqariladi va ochlik hissini uyg‘otadi. Grelin asab tizimini qo‘zg‘atadi va yurak qon-tomir tizimini himoya qiladi. Agar tez-tez tamaddi qilsangiz, grelin darajasi past bo‘ladi. Biroq xavotirlilik va depressiya zo‘riqishi ortadi. Ovqat bo‘lmaganda gormonning yuqori ko‘rsatkichi xavotirni pasaytiradi. Boshi va oxiri yo‘q aylana yuzaga keladi – parhezdan keyin ishtaha karnay bo‘ladi.

Shuning uchun kuniga 4-5 martadan ortiq ovqatlanmaslik kerak. Ulardan 2 tasi yengil tamaddi bo‘lishi lozim. Nonushtaga alohida e’tibor qaratilishi shart.


Yüklə 24,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin