Tireoidli gormonlar Qalqonsimon bez faoliyatidagi buzilishlar vazn to‘planishiga olib kelishi mumkin. Tireoidli gormonlar yog‘larni parchalashda faollikni oshiradigan modda sanaladi. Gormonlar past darajada bo‘lganida gipotireoz kasalligi yuzaga keladi. Kasallik yog‘lar to‘planishi bilan kuchayadi va semirish bilan kechadi. Gipertireozda esa ozib ketish yuz beradi.
Somatotropin Somatotropin — o‘sish gormoni, u ozishga hissa qo‘shadi. Normada mazkur gormon hujayralar tomonidan yog‘lar ajratilishi va ularning erishini faollashtiradi.Somatotropinning past darajasi esa organizmdagi barcha jarayonlarni sekinlashtiradi.
Kortizol U zo‘riqish gormoni deb ataladi. Uning ortiqcha ajratilishining asosiy sababi – zo‘riqish va uyquning yetishmasligi. Kortizolning ortiqcha darajasi ishtahani kuchaytiradi. Muammoni yengish uchun ko‘pchilik ayollar uni «ovqat bilan yeyishadi» va yengillikni his etishadi. Doimiy ravishda ruhiyatni shikastlaydigan vaziyatlarga tushib qoladiganlar ortiqcha yeyishmasa ham semirishadi. Bu asabiy zo‘riqish vaqtidagi metabolizmning buzilishi bilan bog‘liq.
Endokrin kasalliklar, qandli diabet, jinsiy gormonlar darajasining ortishi vaznning nazoratsiz ortishi bilan chambarchas bog‘liq. Patologiyani aniqlash va istisno qilish uchun maxsus laboratoriya tadqiqotidan o‘tish kerak. Quyida xavfli kasalliklarni ilk bosqichlarda aniqlash va to‘xtatish imkonini beradigan tahlillar ro‘yxati ko‘rsatilgan.