Yog’lar tabiatda keng tarqalgan.Ular o’simlik va hayvon organizmining muhim bir qismi hisoblanadi.
Hayvonlar organizmidagi yog’lar qattiq yog’lar hisoblanadi.Bu yog’lardagi glitseringa birikkan kislotalar to’yingan kislotalar bo’ladi.
O’simlik yog’lari suyuq yog’larga misol bo’la oladi
Suyuq holatda bo’lgangi uchun bunday yog’larni moylar deb ham atashadi.
Ularning suyuqlanish va qaynash temperaturalari qattiq yog’larnikidan past bo’ladi.
Yog‘-moy mahsulotlari xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar
Muomalaga chiqarilyotgan yog‘-moy mahsulotlaridan belgilangan maqsadda foydalangan holda ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlari yaroqlilik muddati davomida ozuqaviy bo‘lmagan yog‘-moy mahsulotlari saqlanish muddati davomida inson hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi kerak.
Yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish, qadoqlash, saqlash, tashish, muomalaga chiqarish va utilizatsiya qilish (qayta ishlash) mobaynida Texnik reglamentda belgilangan rioya qilinishi majburiy bo‘lgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Gigiena qoidalari
Har bir xodim tibbiy ma'lumotnomaga ega bo'lishi kerak; o'z vaqtida tibbiy ko'rikdan o'tmagan shaxslar ishlashga ruxsat etilmaydi; ishga kelganda, sexning har bir ishchisi maxsus jurnalga o'zi va uning oila a'zolari ichak kasalliklari yo'qligi to'g'risida imzo qo'yishi kerak. Barcha yangi kelganlar majburiy gigiena mashg'ulotlari dasturidan o'tishlari va imtihon topshirishlari kerak. Kelgusida barcha xodimlar, shu jumladan ma'muriyat, har ikki yilda bir marta gigienik bilimlarni o'qitish va sinovdan o'tishi kerak; gigienik tayyorgarlik ko'rigidan o'tmagan shaxslar ishlashga ruxsat etilmaydi; terining pustular shikastlanishi bo'lgan odamlarni aniqlash bo'yicha chora -tadbirlar har kuni o'tkazilishi kerak; har bir xodimning qo'llarining tozaligi oyiga kamida ikki marta oldindan ogohlantirilmasdan tekshirilishi kerak; sanitariya -gigienik kiyimni har kuni o'zgartirish kerak, chunki u ish kuni davomida ifloslanadi;Barcha ishchilar, agar kerak bo'lsa, GOST 12.4.011-89 bo'yicha sanitariya kiyimlari, kombinezonlar, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanishi, shaxsiy himoya vositalari ishchilarning tabiati va mehnat sharoitlariga mos kelishi, shuningdek mehnatni ta'minlashi kerak.ish joylarida xodimlar sanitariya yoki maxsus kiyimda bo'lishi kerak; binodan chiqayotganda yoki ishlab chiqarish bo'lmagan binolar hududida sanitariya kiyimlarini olib tashlash kerak.
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlar
Ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlarining toksik elementlari, mikotoksin va radionuklidlar, pestitsidlar, antibiotiklar, dioksinlar, yog‘ kislotalarining transizomyerlari, oksidlovchi buzilish ko‘rsatkichlari, benz(a)piren, sinil, eruk kislotasi hamda gossipol ko‘rsatkichi ushbu Texnik reglamentga ko‘rsatilgan va ruxsat berilgan darajadan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlarining fizik-kimyoviy va mikrobiologik ko‘rsatkichlari ushbu Texnik reglamentga ko‘rsatilgan xavfsizlik talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ozuqaviy bo‘lmagan yog‘-moy mahsulotlari ushbu Texnik reglamentga ko‘rsatilgan xavfsizlik ko‘rsatkichlarining ruxsat berilgan darajasi normalariga javob berishi kerak.
Xom ashyodan gen-injenering usuli bilan olingan va tarkibida DNK (oqsil) mavjud bo‘lgan yog‘-moy mahsulotlari, toksikologiya tekshiruvlaridan o‘tkazilib, ularning ozuqaviy maqsadlarda ishlatilishi yuzasidan oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat nazorati organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.
Yog‘-moy mahsulotlarining ishlab chiqarish jarayonidagi xavfsizligi quyidagicha ta’minlanishi kerak:
a) yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida (bo‘limlarida) texnologik jarayonlar va ularni amalga oshirish usullarini tanlash;
b) ishlab chiqarilayotgan ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlari ifloslanishini istisno qiladigan texnologik jarayonlarning maqbul ketma-ketligini tanlash;
v) texnologik uskunalarning ishlashini nazorat qilish;
g) yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo va ozuqaviy qo‘shimchalarning xavfsizligini ta’minlash;
d) yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish binolari, ishlatiladigan texnologik uskunalar va jihozlarni ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlarining ifloslanishini istisno qiladigan sharoitda saqlash;
e) ishlab chiqarish binolarini sanitariya tozalash, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilish, yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan texnologik uskunalar va jihozlarni sanitariya tozalash va dezinfeksiya qilish usullari va ketma-ketligini tanlash. Ishlab chiqarish binolari va texnologik uskunalarning sanitariya tozalash ishlari, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilish ketma-ketligi, yog‘-moy mahsulotlarining ifloslanishi havfini istisno etadigan vaqt oralig‘ida belgilanishi lozim. Tozalash ishlarini olib borish ketma-ketligi ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi;
j) ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlarni yuritish va saqlash.