5.4. Jihozlarni o`rnatish, sozlash va ta`mirlashda yong’in xavfsizligi. Ishlab chiqarish xonalari, omborlar va boshqa yordamchi xonalar amaldagi tarmoq “Yong’in xavfsizligi qoidalari”ga muvofiq birlamchi o’t o’chirish vositalari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Yong’inga qarshi uskunalar soz holatda saqlanishi va qulay joylarda joylashgan bo’lishi kerak. Yong’inga qarshi jihoz va uskunalardan o’t o’chirish bilan bog’liq bo’lmagan ishlarda foydalanish taqiqlanadi. Tuzilmaviy bo’linmalarning rahbarlari quyidagilarni bajarishlari shart:
Barcha ishchilar va muhandis –texnik hodimlar tomonidan yong’in xavfsizligi qoidalarni o’rganilishi va bajarilishini tashkil etish
Yong’in va portlash xavfi bo’lgan ishlab chiqarishlarni kamaytirishga qaratilgan qarorlarni ishlab chiqilishi va tadbiq etilishini ta’minlash barcha bo’linmalarda yong’inga qarshi qat’iy rejim o’rnatish
Xodimlar:
Yong’in xavfsizligi qoidalarini bilishlari va bajarishlari ishlatiladigan muhitlarning yong’in-portlash xavfi va zaxarli xususiyatlarini bilishlari;
O’t o’chirish vositalari joylashgan joylarni bilishlari, ularning mavjudligi va sozligini nazorat qilishlari, ulardan foydalanishni bilishlari;
Yong’in chiqishiga olib keladigan xatti-harakatlariga yo’l qo’ymasliklari kerak;
O’t o’chirish komandasini favqulotda chaqirish uchun avtomatik yong’in bildirgichlari o’rnatilishi lozim.
Montaj, sozlash va ta`mirlash ishlarini bajarishda yong’inni oldini olish maqsadida qurilish-montaj ishlarida yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish talab qilinadi. Ishlab turgan korxonani rekonstruktsiya qilish, kengaytirish va texnik qayta jihozlash vaqtida yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilishning vaqtinchalik instruktsiyasi tuziladi. Bunda montaj, sozlash va ta`mirlash ishlari olib boriladigan uchastka boshqa ishlab chiqarish sexlarida yonmaydigan yoki qiyin yonadigan to`siqlar yordamida ajratiladi. Ushbu ob`ektlar uchun yong’in xavfsizligi bo`yicha mas`ul shaxs ishlab chiqarish va qurilish-montaj korxonalari rahbarlarining qo`shma buyrug’i asosida aniqlanadi. Yong’inga qarshi suv ta`minoti, yo`laklar, yo`llar va aloqa vositalari mavjud bo`lmaganda qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsat berilmaydi. Obyektning yong’inga qarshi holati bo`yicha mansabdor shaxslar yong’in xavfsizligi qoyidalarini aniq bilishlari va uni bajarishlari, ushbu qoidalarga rioya qilish ustidan nazorat o`rnatishlari, o`rnatilgan normalar bo`yicha yong’in o`cherish vositalarining ishchi holda va doimo tayyor bo`lishi, qurilayotgan binolarning yong’inga qarshi holatini tekshirishlari, yong’in sodir bo`lganda yong’inni o`cherish qismiga darhol xabar berishlari va zudlik bilan yong’inni o`chirish choralarini ko`rishlari shart. Qurilayotgan obyektdagi barcha ishchi va xizmatchilar 12 soatlik dastur asosida yong’inga qarshi kursdan va instruktajdan o`tkaziladilar. Instruktaj o`tkazish jarayonida yong’in xavfsizligi qoidalari va yong’inga qarshi rejimlar bilan tanishtiriladi. Bunda asosiy e`tibor yong’in sabablari, yong’inni o`chirish vositalarini qo`llash qoidalari va usullariga qaratiladi. Payvandlash va olov ishtirokida bajariladigan barcha ishlar yong’in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi shart. Olov ishtirokida bajariladigan ishlarga qurilish tashkiloti rahbari yoki bosh muhandis ruxsat beradi. Payvandlash va olovli ishlarni bajarish uchun yong’inga qarshi texnik minimumni o`tgan va ushbu ishlarni bajarish uchun maxsus malaka guvohnomasi bo`lgan mutaxassislarga ruxsat beriladi. Payvandlash va olovli ishlarga yong’in xavfsiligi bo`yicha barcha talablarni (yong’in o`chirish vositalari mavjudligi, ish joyini yonuvchi materiallardan tozalanganligi, yonuvchi konstruktsiyalarni metall ekranlar yoki listlar bilan himoyalanganligi, uchqun uchishi va uning yonuvchi konstruktsiyalarga tushishi oldini oluvchi choralar ko`rilganligi va h.k.) bajargandan keyin ruxsat beriladi. Balandlikda ish bajarayotgan payvandchi o`zi bilan elektrod qoldiqlarini solish uchun metall quti olishi shart. Shamol kuchi 6 balldan oshganda balandlikda gaz-elektr payvandlash ishlarini bajarish taqiqlanadi. Payvandlash ishlarini yonuvchi va qiyin yonuvchi moddalarni qo`llab amalga oshiriladigan ishlar bilan bir vaqtda bajarish taqiqlanadi. Yong’in xavfi yuqori bo`lgan joylarda hamda katta hajmdagi payvandalsh ishlarini bajarganda yong’inga qarshi postlar tuziladi. Bu postlarning asosiy vazifasi payvandlash ishlari tugagandan keyin ish joylarini e`tibor bilan tekshirish, quyi qavatlar va maydonchalarda yashirin yong’in o`choqlarini aniqlash, yonuvchi konstruktsiyalarga suv sepish, zarur bo`lganda qo`shimcha postlar tashkil qilishdan iboratdir.