Yog’ mahsulotlarini sifatini nazorat qilish kirish I


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə5/23
tarix04.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#86637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
MAXAMATOV SHERZOD YANDASHOVICH

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

  • Toshkent sh.,

  • 2020-yil 17-noyabr,

  • 724-son

  • Yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan talablar

  • 10. Ishlab chiqarish binolari (sex, ombor, bo‘lim va boshqa binolar) va yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan texnologik uskunalar, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor yog‘-moy mahsulotlarining ifloslanishini istisno qilgan xolatda bo‘lishi kerak.

  • 11. Xavfsizlik talablari bilan bog‘liq ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish (tayyorlash) jarayonlarida ishlab chiqaruvchi korxonalar 2022-yil 1-yanvargacha XACCP (Hazard Analysis and Critical Control Points) tamoyillariga asoslangan tartibotlarni ishlab chiqishi va joriy qilishi hamda bajarilishini ta’minlashi kerak.

  • 12. Yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologik jarayonlari texnik jixatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar ifloslanishining oldini olish uchun belgilangan tartib va sharoitlarga rioya qilgan holda olib borilishi lozim.

  • 13. Yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda atrof muhitga ta’sirni baholashdan o‘tishi va vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan ekologik standartlarga muvofiq bo‘lishi kerak.

  • (13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

  • 14. Yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ingrediyentlar, ozuqaviy qo‘shimchalar, texnologik vositalar texnik jixatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

  • 15. Yog‘-moy mahsulotlarining ishlab chiqarish jarayonidagi xavfsizligi quyidagicha ta’minlanishi kerak:

  • a) yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida (bo‘limlarida) texnologik jarayonlar va ularni amalga oshirish usullarini tanlash;

  • b) ishlab chiqarilayotgan ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlari ifloslanishini istisno qiladigan texnologik jarayonlarning maqbul ketma-ketligini tanlash;

  • v) texnologik uskunalarning ishlashini nazorat qilish;

  • g) yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo va ozuqaviy qo‘shimchalarning xavfsizligini ta’minlash;

  • d) yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish binolari, ishlatiladigan texnologik uskunalar va jihozlarni ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlarining ifloslanishini istisno qiladigan sharoitda saqlash;

  • e) ishlab chiqarish binolarini sanitariya tozalash, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilish, yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan texnologik uskunalar va jihozlarni sanitariya tozalash va dezinfeksiya qilish usullari va ketma-ketligini tanlash. Ishlab chiqarish binolari va texnologik uskunalarning sanitariya tozalash ishlari, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilish ketma-ketligi, yog‘-moy mahsulotlarining ifloslanishi havfini istisno etadigan vaqt oralig‘ida belgilanishi lozim. Tozalash ishlarini olib borish ketma-ketligi ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi;

  • j) ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlarni yuritish va saqlash.

    . Yog‘-moy mahsulotlarining ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqaruvchi belgilangan talablarga mosligi yuzasidan ishlab chiqarish nazorati dasturini tayyorlashi va belgilangan nazoratni tashkil qilishi lozim.

    1. Mazkur Texnik reglament talablariga muvofiqlik bo‘yicha ishlab chiqarish nazorati quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

    2. a) ushbu Texnik reglamentda belgilangan yog‘-moy mahsulotlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiqlik bilan bog‘liq bo‘lgan nazorat qilinadigan parametrlarning ro‘yxati va me’yorlari;

    3. b) ishlab chiqarishni nazorat qilish tadbirlari va ularning davriyligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinovlarning davriyligi mahsulotga oid normativ hujjatlar talablari asosida, ammo bir chorakda 1-martadan kam bo‘lmagan holda belgilanadi);

    4. v) xomashyo va oziq-ovqat qo‘shimchalari, qadoqlash materiallari, tayyor mahsulotlar xavfsizligi nazorat parametrlarining ro‘yxati va qiymatlari.

    5. Ushbu Texnik reglament talablariga rioya etilishi bo‘yicha ishlab chiqarish nazorati dasturi yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilot rahbari yoki belgilangan tartibda vakolatga ega shaxs tomonidan tasdiqlanadi.


    Yüklə 1,33 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin