o‘ziga qarashli yong‘inga qarshi himoya tizimi va vositalarini, yong‘inga qarshi suv ta’minoti
manbalarini, shu jumladan yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini
ishga yaroqli holda
saqlashi, ulardan belgilanganidan boshqa maqsadda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalariga yong‘inlarni o‘chirishda, shuningdek yong‘in
nazorati organlariga yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda
sharoitlarini
aniqlashda, yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishida va yong‘inlar kelib chiqishida
aybdor shaxslarni topishda belgilangan tartibda ko‘maklashishi;
o‘z hududidagi yong‘inlarni o‘chirish chog‘ida zarur kuchlar va vositalarni belgilangan tartibda
berishi;
yong‘indan saqlash xizmatining mansabdor shaxslari o‘z xizmat
vazifalarini bajarayotganda
ularning o‘z hududiga, binolar, inshootlarga va boshqa obyektlarga erkin kirishini ta’minlashi;
o‘ziga qarashli obyektlarning yong‘in xavfsizligi holati to‘g‘risidagi, shu jumladan o‘zi ishlab
chiqarayotgan mahsulotning yong‘in xavfliligi
haqidagi, shuningdek o‘z hududida sodir bo‘lgan
yong‘inlar va ularning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda hujjatlarni yong‘in nazorati
organlari mansabdor shaxslarining talabiga ko‘ra taqdim etishi;
kelib chiqqan yong‘inlar, mavjud yong‘inga qarshi himoya
tizimlari va vositalaridagi
nosozliklar to‘g‘risida, yo‘llar va tor ko‘chalarning holati o‘zgarganligi haqida yong‘indan saqlash
xizmatiga darhol xabar qilishi;
ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining faoliyatiga belgilangan tartibda ko‘maklashishi shart.
Oldingi
tahrirga qarang.
Tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi
va ularning zimmasida
boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
(10-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: