Yong‘in xavfsizligi to‘G‘risida


-modda. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organning vakolatlari



Yüklə 185,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/19
tarix25.12.2023
ölçüsü185,37 Kb.
#195147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
O‘RQ-226-сон 30.09.2009. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida

6-modda. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organning vakolatlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda
vaziyatlar vazirligidir (bundan buyon matnda Favqulodda vaziyatlar vazirligi deb yuritiladi).


(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil
26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
(6-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi
O‘RQ-597-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-
son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosini ta’minlaydi;
(6-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini
tashkil etadi;
yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini yong‘inni o‘chirish texnikasi va boshqa texnika
vositalari bilan jihozlash sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshiradi;
yong‘inlarni o‘chirishni, yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy
shaxslarning mol-mulkini qutqarishni amalga oshiradi;
barcha turdagi yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining yong‘inlarni o‘chirishga shayligi
holati va yong‘inlar profilaktikasiga doir ishlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga
oshiradi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqadi;
(6-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-
dekabrdagi O‘RQ-597-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y.,
03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
yong‘in xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalarni va boshqa
normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
(6-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-
dekabrdagi O‘RQ-597-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y.,
03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
davlat yong‘in nazoratini amalga oshiradi;
yong‘in xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud
bo‘lmagan taqdirda binolar, inshootlarni va boshqa obyektlarni qurish, kapital ta’mirlash,
rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir loyiha hujjatlarining
yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishiga taalluqli qismini ko‘rib chiqadi;
qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) komissiyasining, shuningdek qurilishi
(rekonstruksiyasi) tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarining ishida
ishtirok etadi;
yong‘in xavfsizligi sohasida yong‘inga qarshi targ‘ibotni, o‘qitishni va axborot bilan
ta’minlashni amalga oshiradi;
yong‘in xavfsizligining ilmiy-texnik jihatdan ta’minlanishini muvofiqlashtiradi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
yong‘in xavfsizligi sohasidagi sertifikatlashtirishni belgilangan tartibda amalga oshiradi,
yong‘in xavfsizligi sohasidagi qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyat (harakatlar) turlarini
boshlaganlik to‘g‘risidagi xabarnomalarni qabul qiladi va ularning reyestrini yuritadi;
(6-modda ikkinchi qismining o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-
oktabrdagi O‘RQ-721-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y.,
03/21/721/0952-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan “Yong‘inni
avtomatik tarzda o‘chirish va yong‘in signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda


ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatining 
pasporti
”.
yong‘inlar va ularning oqibatlari hisobini yuritadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 13-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “Yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yong‘inlarga doir axborotni
to‘plash hamda o‘zaro almashish tartibi haqida”gi 
nizom
.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf
etish hamda yong‘inlarning oldini olishga doir tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar
beradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-
oktabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yong‘in nazorati to‘g‘risida”gi 
nizom
.

Yüklə 185,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin