Qattiq
|
Antratsit, toshko’mir, yonuvchi slantslar, torf, yog’och o’tin, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi chiqindilari
|
Koks, yarimkoks, torfli va toshko’mirli briketlar, yog’och ko’mir
| |
Issiqlik energiyasining asosiy manbai yoqilg’i bo’lib, D.I. Mendeleev tahriflashicha yoqilg’i “issiqlik olish uchun atayin yondiriladigan yonuvchi modda”. Agregat holati bo’yicha yoqilg’ini qattiq, suyuq va gaz ko’rinishidagi turlariga bo’linadi. Yoqilg’i organik va yadroviy, kelib chiqishi bo’yicha tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin.
Yoqilg’ining kelib chiqishi va agregat holati bo’yicha tavsifi
Organik yoqilg’ilarni yoqqanda issiqlik ajralishi havodagi kislorod bilan yonish elementlari bog’lanishi reaktsiyasi natijasida amalga oshadi, yadroviy yoqilg’i ishlatilganda issiqlik energiyasi bahzi og’ir elementlar (U235, ‘u239, U233) ning atom yadrolari yemirilishi reaktsiyalarida ajraladi. Yadroviy yoqilg’i eng yaxshi organik yoqilg’ilarga nisbatan ham million baravar ko’p issiqlik ajratadi.
Organik yoqilg’i tarkibiga yonuvchi va yonmaydigan elementlar birikmalari kiradi. Qattiq va suyuq yoqilg’i tarkibiga quyidagi yonuvchi moddalar: uglerod S, kislorod O, azot N, kul A va namlik W kiradi.
Yoqilg’i tarkibidagi oltingugurt odatda yonuvchi va yonmaydiganga bo’linadi. Yonmaydigan oltingugurt yoqilg’ining mineral qismi tarkibiga kiradi. Yonuvchi oltingugurt (uchuvchan) organik Sor va kolchedan Sk turlarga bo’linadi, kolchedan oltingugurt tarkibi FeS2; Such=Sor+Sk. Kolchedan oltingugurt mineral qism tarkibiga kirsada, u yonish jarayonida ishtirok etadi.
Yoqilg’iga kirgan mineral aralashmalar kul (A) ni tashkil qiladi, kul esa yonish jarayonida ishtirok etmaydi va yoqilg’ining issiqlik qimmatini kamaytiradi.
Organik yoqilg’ilar organik, yonuvchi, quruq va ishchi massalari bilan tavsiflanadi. Yoqilg’i massasini har bir tashkil etuvchiga mos ravishda darajasi ko’rinishida indeks bilan belgilanadi.
Organik massa:
Cº + Hº + Sº + Oº + Nº = 100%
Organik massadagi oltingugurt tarkibiga kolchedanli oltingugurt kirmaydi.
Yonuvchi massa (quruq kulsiz):
Cyo + Hyo + Syouch + Oyo + Nyo = 100%
Organik yoqilg’I massasi
Quruq
Ishchi
Organik
Yonuvchi
Yonuvchi massa tarkibi yoqilg’ini yonish materiali sifatidagi xossala-rini aniqlaydi.
Quruq massa:
Cq + Hq +Squch +Oq + Nq = 100%
Quruq massa tarkibiga hamma moddalar, shu jumladan kul ham kiradi.
Ishchi massa:
Ci + Hi + Siuch + Oi + Ni + Ai + Wi = 100%
Yoqilg’ining umumiy massasi, shu jumladan kul va namlik, ishchi massasi deyiladi. Yonish jarayoni tahlili bilan bog’liq hisoblar, qoida bo’yicha ishchi massa bo’yicha olib boriladi.
Yoqilg’i element tarkibini bir massadan boshqasiga kiritish ‘ro’ortsiya yoki mos keluvchi koeffitsientlar yordamida amalga oshiriladi.
Gazlar tarkibi kom’onentlar hajmiy tarkiblari yig’indisi ko’rinishida yoziladi:
CH4 + H2 + CO + CnHm + O2 +N2 + H2S = 100%
Dostları ilə paylaş: |