1) olchaning guli; 2) shoshmasdan yurmoq;
3) telefonda gaplashmoq; 4)mashinada kelmoq; 5) ukasiga olmoq; 6) tubdan o`zgartirmoq; A) uchtasida B) to`rtasida
C) beshtasida D) oltitasida
Qaysi gapda sifatdoshga bog`lanib kelgan sof ko`makchi sabab holini shakllantirgan? A) Maktabga o`qigani kelgani haqida gapirdi. B) Ba’zilar ovqatlanish uchun yashaydilar. C) Yaxshi o`qigani uchun u mukofatlandi.
D) Uydan ketib qolgani sababini tushuntiradi.
Lekin kun isishini kutish haqida gap bo`lishi ham mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin. Eng muhimi, qor ustiga qor yog`ib dashtda qolib ketishlari ehtimoldan holi emas. Ushbu gapda ishtirok etgan yordamchi so`zlarga mansub birliklar sonini toping. A) 2 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta
Qaysi qatorda bog`lovchi, ko`makchi, yuklamalarga ikkitadan misol keltirilgan? A) nahotki, basharti, uzra, agar, atigi, faqat
B) hatto, nihoyat, sayin, ya’ni, tufayli, va C) nahotki, hatto, naq, ya’ni, tufayli, uzra D) nahotki, negaki, qadar, naq, hamda, ichra
Nega yapon yuz yil yashar-u,
O`zbek buncha yoshga bormaydi?
Ushbu she’riy parchada -u yuklamasi qanday vazifada qo`llangan? A) biritiruv bog`lovchisi
B) inkor bog`lovchisi
C) ayiruv bog`lovchisi
D) zidlov bog`lovchisi
O`qimishli, bilimdon, madaniyatli odam bilan (1) johil, nodon, savodsiz o`rtasida yer bilan (2) osmoncha farq bor. Gapdagi bilan so`zi haqida to`g`ri hukmni belgilang A) 1, 2-bog`lovchi B) 1-ko`makchi, 2-bog`lovchi C) 1, 2- ko`makchi D) 1-bog`lovchi, 2-ko`makchi
“Q” bilan “G” ni aytishga hech tili kelishmasdi. Risolat opa degan chiroyli o`qituvchimiz buni bilgani uchun ko`p ham qiynamasdi. Berilgan ikki gapda qanday yordamchi so`zlar qo`llangan? A) 2 ta ko`makch, 2 ta yuklama
B) 2 ta ko`makch, 1 ta yuklama
C) 1 ta ko`makchi, 1 ta bog`lovchi, 2 ta yuklama
D) 1 ta ko`makchi,1 ta bog`lovchi, 1 ta yuklama
O`sha onda ularga nima deb javob berganimni hozir eslolmayman, chunki juda ham garangsigan edi. Berilgan gapda mustaqil so`z turkumlari sirasiga kirmaydigan nechta birlik qo`llangan?
A) 5 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 7 ta
Darhaqiqat, agar voqealarning kechishini diqqat bilan kuzatsak, Abu Yusuf arg`un bilan Zuhrabegi og`a niyatidan xabardor bo`lgan. Yordamchi so`z turkumlariga mansub birliklarda qanday undosh ishtirok etmagan? A) til orqa B) sonor
C) bog`iz D) yon tovush
Ko`makchilar oldidan kelgan ismlar qanday kelishik shakllarida bo`lmaydi? A) bosh va qaratqich
B) tushum va jo`nalish C) chiqish va qaratqich
D) o`rin-payt va tushum
Qiyoslash ma’nosiga ega bo‘lgan ko‘makchini aniqlang.
A) uchun B) kabi C) bilan D) qadar
Qaysi gapda vosita ma’nosini bildiruvchi ko‘makchi mavjud?
A) Bularning barchasi siz uchun.
B) Telefon orqali uzoq suhbatlashdik.
C) Mehmonni katta ko‘chaga qadar kuzatib qo‘ydik.
D) Bahor toshqini kabi ehtiroslar ko‘tarilib toshdi.
Ko‘makchi vazifasida keladigan ravishdoshlar qaysi qatorda berilgan?
A) oldin, avval B) so‘ng, oxir
C) yon, uch D) bo‘ylab, deya
Qaysi ko‘makchilar o‘zlari birikib kelgan so‘zlarga hech qanday kelishik qo‘shimchalarisiz bog‘lanadi?
A) orqali, kabi B) doir, ko‘ra
C) muvofiq, binoan D) so‘ng, bo‘lak
Jo‘nalish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchilarni toping.
A) yanglig‘, sayin B) haqida, uzra
C) ilgari, tortib D) asosan, qarshi
Chiqish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchilarni toping.
A) o‘zga, avval B) uzra, ichra
C) ost, ust D) sababli, tufayli
Qaysi bog‘lovchilar teng bog‘lovchilarga mansub emas?
A) ayiruv bog‘lovchilar B) zidlov bog‘lovchilar
C) sabab bog‘lovchilar C) bog‘lovchi-yuklamalar
Hokim-tobe aloqalarga kirishgan gaplarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiluvchi bog‘lovchilarni belgilang. 1. zeroki; 2. na ... na; 3. biroq;
4. ya’ni, -ki; 5. agar
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 3, 4, 5 C) 1, 4, 5 D) 3, 4, 5
Aniqlov bog‘lovchilari kiritayotgan qism gap o‘rtasida kelganda vergul qay tarzda qo‘llanadi?
A) faqat “ya’ni” bog‘lovchisidan oldin yoki “-ki” bog‘lovchisidan keyin qo‘yiladi.
B) “ya’ni” bog‘lovchisidan keyin qo‘yiladi.
C) “ya’ni” bog‘lovchisidan oldin va shu qism oxirida qo‘yiladi.
D) aniqlov bog‘lovchilari kiritayotgan bo‘lak gap o‘rtasida kelganda vergul qo‘yilmay u qavs ichida beriladi.
Qaysi gapda sof ko‘makchi ishtirok etmagan?
A) Vatan ham Ona kabi qadrlidir.
B) Toshbaqa uyasi tomon sudraldi.
C) Yangiliklarni xat bilan ma’lum qilib turamiz.
D) Bu uchun hammamiz ancha gap eshitamiz.
Ko‘makchilar vazifasiga ko‘ra qaysi birliklarga o‘xshash?
A) ko‘makchi fe’llarga
B) to‘liqsiz fe’llarga
C) kelishik qo‘shimchalariga
D) nisbat qo‘shimchalariga
Ko‘makchilar qaysi kelishiklar bilan vazifadosh hisoblanadi?
A) jo‘nalish, chiqish, o‘rin-payt kelishiklari bilan B) tushum, jo‘nalish, chiqish, o‘rin-payt kelishiklari bilan
C) jo‘nalish va chiqish kelishiklari bilan
D) barcha kelishiklar bilan
Qaysi qatordagi gapda teng bog‘lovchini ergashtiruvchi bog‘lovchi bilan almashtirish mumkin.
A) Biz yaxshi tayyorlandik va birinchi g‘alaba qo‘lga kirdi.
B) Yigitlar, mehmonlarni o‘lka bo‘ylab kezdiring va bog‘imizni ko‘rsating.
C) Tig‘ yarasi tuzaladi, lekin dil yarasi tuzalmaydi.
D) Kasalning kelishi oson, lekin ketishi ancha qiyin.
Qaysi qatordagi ko‘makchi chegara ma’nosini ifodalagan?
A) Uygacha suhbatlashib bordik.
B) Kechga qadar tinimsiz ishladik.
C) Shu kichik yo‘lak orqali o‘tasiz.
D) Maktab tomon yo‘l oldik.
Qaysi qatorda o‘xshatish qo‘shimchasini ko‘makchi bilan almashtirish mumkin?
A) Jinday kuting, hozir majlis tugaydi, – dedi kotiba mehmonga.
B) Qanday xislatlarni rivojlantirish lozimligini kishi yaxshi bilmog‘i va shunga intilmog‘i zarur.
C) Unday demang, hamma ham birday emas.
D) Bunday befarosatlar onda-sonda uchrab turadi.
Quyidagi grammatik vositalardan qaysi biri uyushib kelgan egalarni bog‘lash uchun ishlatilishi mumkin?
1. va 2. hamda 3. -u, -yu 4. bilan
A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4
Aziz ham bu savolni kutmaganligi uchun hatto ancha vaqtga qadar javob berolmay qolgan edi. Ushbu gapda mustaqil lug‘aviy ma’no anglatmaydigan nechta so‘z bor?
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6 ta
Ko`makchilar qaysi so`z turkumlaridan keyin keladi?
A) ot, olmosh, harakat nomi, sifatdosh
B) barcha so`z turkumlaridan keyin
C) ot, sifat, olmosh, harakat nomi
D) ot va otlashgan so`z turkumlaridan keyin
Atash ma`nosini butunlay yo`qotib, faqat o`zi bog`lanayotgan so`zni boshqa so`zga tobelantirib bog`lash uchun hizmat qiluvchi so`zlar berilgan so`zlarni toping.
A) ost, ust, keyin
B) uchun, sayin, uzra
C) sayin, oldida, qator
D) avvalo, tufayli, haqida
Ko`makchida urg`u qanday qo`llanadi?
A) faqat ko`kamchining oxirgi bo’g`iniga tushadi B) o`zi bog`lanayotgan so`zning oxirgi bo’g`iniga tushadi
C) ko`makchi va u bog`langan so`zga barovar tushadi
D) barchasi to`g`ri
-la qo`shimchasi qaysi gapda ko`makchi vazifasida kelgan?
A) U kelib-la ketdi
B) Ishonch-la shu gapni senga aytaman.
C) Otasi Usmonga dedi : “Ikromni obdon savala” D) Berilgan barcha gaplarda –la qo`shimchasi ko`makchi vazifasida