1) ko’makchi;2) yuklama; 3) undov so’z; -la fe’l yasovchi qo’shimcha ushbu berilganlardan qaysi biri bilan omonimlik hosil qiladi?
A) 2, 3 B) 1, 3 C) 1, 2 D) 1, 2, 3
Teng bog’lanish qismlarini bog’lovchi vositalarni aniqlang. 1) biriktiruv bog’lovchi; 2) zidlov bog’lovchi; 3) bog’lovchi vazifasidagi inkor yuklamasi; 4) aniqlov bog’lov;chisi 5) shart bog’lovchisi; 6) ayiruv bog’lovchi A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 6
C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 6
Qaysi gapda ich so'zi ko'makchi vazifasida emas, mustaqil so'z ma'nosida kelgan?
A) "Ertaga tog'asinikiga borish"ni ichida o'yladi.
B) Bir hafta ichida "Oygul bilan Baxtiyor" dostonini yodlab oldi.
C) U kelgunigacha bo'lgan vaqt ichida men mizg'ib oldim.
D) Uch yil ichida qilgan mehnatlarim, nihoyat, o'z samarasini berdi.
Sof ko’makchilarga xos bo’lmagan xususiyatlarni aniqlang.
A) Sof ko’makchilar urg’u olmaydi. Urg’u ko’makchi bilan birga kelgan mustaqil so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi.
B) Ko’makchi ohang tomonidan o’zidan oldingi so’z bilan bir butunlikni tashkil qiladi.
C) Yozuvda ko’makchi doimo ajratib yoziladi. D) Sof ko’makchining oxirgi bo’g’ini urg’u oladi
Qoziq ustida qor turmas. Ajratilgan so’zga doir izohni aniqlang.
A) sof ko’makchi B) vazifadosh ko’makchi
C) mustaqil so’z turkumi D) yuklama
Berilgan so’zlar ichidan bog’lovchilarni ajrating. 1) uchun, tomon, bilan; 2) hamda, va, biroq; 3) ichida, hamisha, ketmoq; 4) ammo, yo...yo, chunki. A) 1, 2, 4 B) 2, 4 C) 1 D) 1, 2, 3, 4
Berilgan so’zlar ichidan ko’makchilarni ajrating. 1) uchun, tomon, bilan; 2) hamda, va, biroq; 3) ichida, hamisha, ketmoq; 4) ammo, yo...yo, chunki.
A) 1, 2, 4 B) 2, 4 C) 1 D) 1, 2, 3, 4
Atash ma’nosini tamoman yo‘qotib, faqat o‘zi birikkan so‘zni boshqa so‘zga tobelantirib bog‘lash uchun xizmat qiladigan so‘zlarni toping. A) lekin, shuning uchun, hamda
B) uchun, singari, kabi, tufayli
C) axir, nahotki, menimcha, chamasi
D) tomon, keyin, misoli, qadar
Vazifadosh ko‘makchilar berilgan qatorni toping. A) ost, ro‘para, bilan, kabi
B) tomon, orqa, qosh, atab
C) avval, qadar, bo‘ylab, deb
D) so‘ng, qarab, orqali, sari
Balki so‘zi vazifadosh bog‘lovchi sifatida qo‘llangan gapni toping.
A) Xalqni qo‘rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik bo‘lgan odam marddir.
B) Balki, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir.
C) Bo‘lib o‘tgan voqea, balki seni shoshirib qo‘ydi?
D) Balki so‘zi vazifadosh bog‘lovchi sifatida qo‘llanilmaydi.
Sof ko‘makchi qo‘llangan gapni toping.
A) Barchasidan qovun soz, paykal uzra dumalar. B) Gap futbol o‘yini ustida ketardi.
C) Gapirishdan avval yaxshilab o‘ylash lozim.
D) Muxbirimiz telefon orqali xabar berdi.
Na … , na inkor bog‘lovchisi qo‘llangan gaplarning kesimi qanday shaklda bo‘ladi?
A) bo‘lishsiz shaklda
B) bo‘lishli shaklda
C) o‘rni bilan bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklda
D) barcha javob to‘g‘ri
Qaysi gapda uchta o‘rinda yordamchi so‘z turkumiga oid birliklar qo‘llangan?
A) Men ham eshitgan va ko‘rganimni aytaman-da, jo‘ra.
B) Yupanch topdingmi dunyoga kelib, Ustoz yo shogirddan, yoki tengdoshdan.
C) Biladilar-da bu kishi. Yovlar bilan olishgan-a. D) berilgan barcha gaplarda
Faqat vazifadosh ko‘makchilar ishtirok etgan qatorni toping.
A) tomon, haqida, ko‘ra
B) so‘ng, singari, bo‘ylab
C) tufayli, avval, to‘g‘risida
D) qarab, keyin, ust
Uzoq yurdim keksa tog‘ sari
Goh odimlab, gohida chopdim.
Nuragan tosh, qoya tagidan,
Go‘yoki tog‘ ko‘zlarin topdim. She’rdagi yordamchi so‘z turkumlariga mansub so‘zlar miqdori qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta