1. Kampir ba’zan mudrar, ba’zan o‘gli bilan nimalarnidir gaplashardi.
2. Ba’zan yaxshilik maqsadida aytilgan yolg‘on so‘z ham ziyon emas.Ushbu gaplardagi ba’zan so‘zini izohlang.
A) har ikkalasida ham ravish
B) har ikkalasida ham ayiruv bog‘lovchisi
C) 1-gapda ayiruv bog‘lovchisi, 2-gapda ravish
D) 1-gapda ravish, 2-gapda ayiruv bog‘lovchisi
Yuklama qatnashgan gapni toping.
A) Vatanimiz poytaxtida, ya’ni Toshkentda diqqatga sazovor joylar ko‘p.
B) Abdumalik ota nevaralarim yeyishar deb, bahorda ko‘chat ekadi.
C) Bu xabar unda hech qanday norozilik tug‘dirmadi.
D) Ahmad bu gapni sira kutmagandi, tok urgandek eti jimirlashib ketdi.
Faqat sof ko‘makchilar berilgan qatorni toping. A) sayin, uzra, qadar B) kabi, bo‘ylab, muvofiq
C) uchun, doir, so‘ng D) sari, yarasha, tomon
Faqat vazifadosh ko‘makchilar berilgan qatorni toping.
A) tomon, haqida, ko‘ra B) so‘ng, singari, bo‘ylab C) tufayli, avval, to‘g‘risida D) qarab, keyin, ust
1. Devor usti yomg‘irdan iviy boshladi. 2. Kitob ustida uzoq ishladi. 3. Nosir o‘z ustida ko‘p ishlardi. Ushbu gaplardagi usti so‘zi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) 1-va 3-gaplarda vazifadosh ko‘makchi, 2-gapda mustaqil so‘z.
B) 1-va 2-gaplarda mustaqil so‘z, 3-gapda vazifadosh ko‘makchi.
C) 2-va 3-gaplarda vazifadosh ko‘makchi, 1-gapda mustaqil so‘z
D) 2-va 3-gaplarda mustaqil so‘z, 1-gapda vazifadosh ko‘makchi.
Qaysi gapda ham yuklamasi bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan?
A) O‘zi ham ko‘rkamgina.
B) Men ham eshitgan va ko‘rganimni aytaman-da jo‘ra
C) O‘zi balo tog‘ining boshida o‘tirarmish, kun-u tun, yosh ham qish.
D) Barcha javoblarda yuklama sifatida qo‘llangan.
Qaysi gapda teng bog‘lovchi qo‘llangan?
A) Haqiqat tikanli gulga o‘xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi.
B) El netib topgay menikim,
Gar o‘zimni topmasam.
C) Menga Pushkin bir jahon-u,
Menga Bayron bir jahon.
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko‘ksi qalqon o‘zbegim.
D) Barcha gaplarda teng bog‘lovchi mavjud.
Qaysi javobda vazifadosh bog‘lovchi berilgan?
A) Yer bilan suv egizak, bir-birisiz yashay olmaydi.
B) Pokiza kishi hamisha shodlik ustida, gunohkor esa hamma vaqt qayg‘u ostida bo‘ladi.
C) Balki, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir.
D) Go‘yo sharpa o‘tgandek bo‘ldi.
Yana ular futbol haqida nazariy bilimlarga ega bo‘lishimizni talab qiladilar. Ushbu gapdagi ko‘makchining ma’no turini belgilang.
A) maqsad ma’nosi B) yo‘nalish ma’nosi
C) chegara ma’nosi D) fikr mavzusi ma’nosi
ko‘ra ko‘makchisi qaysi kelishiklardagi so‘zlar bilan keladi?
A) qaratqich va jo’nalish B) jo‘nalish va chiqish
C) o‘rin-payt va jo’nalish D) chiqish va o’ri-payt
Qaysi qatorda sof ko’makchi qo‘llangan?
A) Nodira qizi bilan o‘g‘lini uyda qoldirdi.
B) Aql birla qul bo‘lmish ozod.
C) Do‘st bilan dushmanning farqiga bormagan bola edi.
D) O‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi munosabat yaxshilandi.
Tobe so‘zni hokim so‘zga bog‘lashga xizmat qiluvchi so‘zlar qanday nomlanadi?
A) ko‘makchilar B) bog‘lovchilar
C) modal so‘zlar D) yuklamalar
Garchi bog‘lovchisi bog‘lovchilarning qaysi turiga mansub?
A) zidlov bog‘lovchi B) shart bog‘lovchi
C) sabab bog‘lovchi D) aniqlov bog‘lovchi
Daryo bo‘ylab yurdik. Ushbu gapdagi bo‘ylab so‘zi qaysi so‘z turkumiga mansub?
A) ravish B) yuklama C) ravishdosh D) ko‘makchi
Ko‘makchilar so‘zning qanday shakliga birikadi? A) turlangan so‘zlarga
B) tuslangan so‘zlarga
C) egalik qo‘shimchasini olgan so‘zlarga
D) har qanday grammatik qo‘shimchali so‘zlarga
Ko‘makchilar qaysi kelishik shaklidagi so‘zlarga birikishi mumkin?
A) barcha kelishik shakllariga
B) qaratqich, jo‘nalish, tushum va chiqish kelishik shakllariga
C) bosh, qaratqich, jo‘nalish va chiqish kelishik shakllariga
D) bosh, jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishik shakllariga
Qaysi qatorda yarim ko‘makchilar berilgan?
A) orqali, qadar B) uchun, sari
C) kabi, singari D) keyin, ko‘ra
Sof ko‘makchilar berilgan qatorni toping.
A) oldin, avval B) ich, ost
C) so‘ng, ko‘ra D) qadar, uchun
Quyidagi yuklamalardan qaysilari so’zga qo’shib yoziladi? 1) -ku; 2) -u(-yu); 3) -da; 4) -oq(-yoq); 5) -mi; 6) -a(-ya); 7) -chi; 8) -gina.
A) 1, 2, 4, 5, 8 B) 2, 3, 5, 6 C) 3, 5, 8 D) 4, 5, 8
Quyida berilgan qaysi turkumga oid birliklarning ba’zilari o’zlari birikib kelgan so’zdan chiziqcha(defis) bilan ajratib yozilishi mumkin?
A) bog’lovchilar B) ko’makchilar
C) yuklamalar D) A va C