Yorqinoy Hamrayeva


------------------- I --------------------------



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə11/31
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129874
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
o`zlashmalar

------------------- I --------------------------
IBLIS [a] 1 din. Odamlarni yo‘ldan ozdiruvchi maxluq, shayton. 2 ko‘ch. Yomon odam haqida.
IBO [a] Tortinish, uyalish; sharm, hayo.
IBODAT [a] din. Ollohga sig‘inish.
IBORA [a] 1 Biror tushuncha yoki fikrni ifodalovchi so‘zlar birikmasi. 2 ayn. So‘z.
IBORAT [a] Tarkib topgan, tuzilgan.
IBRAT [a] Odamlar uchun o‘rnak bo‘ladigan ish, voqea-hodisa.
IBTIDO [a] kt. Biror narsa, ish-harakat, voqea-hodisa va sh.k.larning boshlanishi.
IBTIDOIY [a] 1 Kishilik tarixining eng qadimgi dastlabgi davriga oid, sinfiy jamiyatdan oldingi. 2 Boshlang‘ich, dastlabgi. 3 Oddiy, elementar.
IDEALÍZM [fr] fals. Butun borliqning negizi materiya emas, balki ong, fikr, ruh deb biluvchi falsafiy oqim.
IDEOGRÁFIYA [yun] tilsh. Ideogrammaga asoslangan yozuv.
IDEOGRÁMMA [yun] Tovushlarni emas, balki to‘liq tushunchalarni ifodalashga asoslangan shartli yozuv belgilari.
IDROK [a] 1 Bilish, tushunish qobiliyati. 2 fals. Ayni paytda sezgi organlariga ta’sir etayotgan obyektiv mavjudot va hodisalarning kishi ongidagi in’ikosi.
IFFAT [a] Nomus, hayo.
IFTIXOR [a] 1 Faxrlanish hissi. 2 Faxrlansa arziydigan kishi yoki narsa.
IJARA [a] Biror kimsa yoki tashkilotga tegishli narsadan vaqtinchalik foydalanish.
IJOBIY [a] 1 Ma’qul; maqtovli. 2 Maqtovga sazovor, yaxshi, foydali. 3 Yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan; ibratli.
IJOD [a] 1 Badiiy, ilmiy asar yoki moddiy boylik yaratish, vujudga keltirish. 2 Yaratilgan asar, ijod mahsuli.
IJOZAT [a] Biror ish uchun berilgan huquq yoki izn, ruxsat.
IJRO [a] 1 Qaror, hukm, topshiriq, talab va sh. k.larning bajarilishi, amalga oshirilishi. 2 Kuy, raqs, musiqa asari, rol va sh.k.larning bajarilishi.
IJROIYA [a] | Ijroiya qo‘mita – xalq deputatlarining hokimiyat organlari qarorlarini bajaruvchi, amalga oshiruvchi organi.
IJTIMOIY [a] 1 Kishilik jamiyatiga, uning hayoti va qonuniyatlariga oid. 2 Biror ijtimoiy tabaqaga, sinfga mansub. 3 Kishilarning jamiyatdagi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatga, jamiyatchilikka oid. 4 Jamiyatning siyosiy, madaniy va boshqa ehtiyojlari uchun ixtiyoriy ravishda xizmat etish bilan bog‘liq. 5 Ommaga tegishli, umumiy.
IKRA [r] Baliq urug‘i.
IKS [lot] 1 Lotin alifbosidagi harf nomi. 2 mat. Noma’lum son.
ILHOM [a] Ijodiy g‘ayrat.
ILLAT [a] 1Tandagi dard, kasallik. 2 ko‘ch. Biror ishga sabab bo‘lgan balo, ofat; kamchilik.
ILLUMINÁTOR [lot] Kema va samolyotlarning oynavand darchasi.
ILLÚZIYA [fr] 1 Sezgilarning aldanishi natijasida borliqni noto‘g‘ri idrok etish; xayoliy narsani to‘g‘ri deb qabul qilish. 2 Amalga oshirib bo‘lmaydigan puch reja, xom xayol.
ILM [a] 1 O‘qish-o‘rganish orqali orttirilgan tajriba, bilim. 2 Fan.
ILOH [a] Xudo, tangri.
ILOHIY [a] Xudoning qudratiga bog‘liq.
ILOJ [a] 1 Muolaja, davo. 2 Chora, tadbir, imkon.
ILOVA [a] Qo‘shimcha izoh.
ILTIJO [a] Ilohiy kuchga sig‘inib, undan panoh tilash.
IMLO [a] ayn. Orfografiya.
IMON [a] Ishonch, e’tiqod.
IMORAT [a] Uy, bino.
IMPERÁTOR [lot] Monarxiya davlatlarida podshohlik unvoni va shu unvon egasi.
IMPERIALÍZM [lot] Kapitalizmning eng yuqori bosqichi.
IMPÉRIYA [lot] Mustabid hokim, imperator boshchilik qiladigan yirik monarxiyali davlat.
ÍMPORT [ingl] Biror mamlakatga xorijiy davlatlardan mollar keltirish va shu mollarning o‘zi.
ÍMPULS [lot] 1 Biror ish, harakatga turtki beruvchi ichki sabab. 2 fiz. Harakat miqdori.
IMTIYOZ [a] Boshqalarnikidan ortiqroq haq-huquq, sharoit.
INDIKÁTOR [lot] 1 tex. Fizik miqdorning o‘lchovini aniqlaydigan asbob. 2 kim. Kimyoviy jarayonning xususiyatini ko‘rsatish uchun eritmaga qo‘shiladigan modda.
INDIVIDUAL [lot+r] Biror shaxsga xos; xususiy.
INDÚKSIYA [lot] man. Juz’iy hodisalardan umumiy natija chiqarish, ayrim dalillardan umumiy xulosaga kelish; aksi deduksiya.
INDUSTRIAL [r industrialniy] sft Og‘ir va yengil sanoatga oid.
INDUSTRÍYA [lot] Mashina texnikasiga asoslangan sanoat.
INÉRSIYA [lot] fiz. Jismlarning biror tashqi kuch majbur etmaguncha, tinch holatini yoki harakatini saqlash xususiyati.
INERT [lot] | Inert gazlar - Mendeleev davriy sistemasining nolinchi guruhidagi elementlarning umumiy nomi.
INFÁRKT [lot] Qon tomirining siqilishi yoki to‘silib qolishi natijasida qonning to‘xtashi.
INFÉKSIYA [lot] tib. Kasallik yuqtiruvchi mikroorganizmlar.
INFINITIV [lot] Fe‘lning noaniq shakli.
INFLÁTSIYA [lot] Pulning qadrsizlanishi.
INJIL [yun] Iso hayoti haqidagi diniy kitob.
INKUBÁTOR [lot] Tuxumdan sun‘iy yo‘l bilan jo‘ja ochiradigan apparat.
INSON [a] Odam, bashar.
INSOF [a] Halollik, to‘g‘rilik.
INSPÉKSIYA [lot] 1 Tekshiruv, nazorat. 2 Belgilangan ishlarning bajarilishini nazorat qilib boruvchi muassasa.
INSPÉKTOR [lot] Ishni nazorat etib boruvchi, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatuvchi lavozimli kishi.
INSTINKT [lot] Tirik organizmning tashqi va ichki muhitdagi o‘zgarishlarga qarab, ongsiz ravishda, ammo maqsadli harakat qilishidan iborat tabiiy, tug‘ma mayl.
INSTITUT [lot] Oliy o‘quv yurti va ilmiy-tekshirish muassasalarining nomi.
INSULIN [lot] Me’da osti bezi gormoni va undan tayyorlanadigan dori.
INSULT [lot] Bosh miya qon tomirlarining yorilishi natijasida ro‘y beradigan kasallik.
INTEGRAL [lot] mat. Oliy matematikada: cheksiz kichik sonlar yig‘indisi sifatida qaraladigan butun miqdor.
INTERMÉDIYA [lot] Hajviy mazmundagi kichik sahna asari.
INTERNAT [lot] O‘quvchilarni o‘qitishdan tashqari, oziq-ovqat va yotoq bilan ta’minlaydigan maxsus maktab.
INTERNET [ingl] Dunyo bo‘ylab axborot uzatuvchi va qabul qiluvchi tarmoqlar tizimi.
INTERVAL [lot] Ikki narsa o‘rtasidagi oraliq, bo‘shliq, masofa, vaqt.
INTERVYU [ingl] Televideniye yoki radio muxbirining biror shaxs bilan o‘tkazgan suhbati va shu suhbat matni.
INTIHO [a] Oxir, poyon, so‘ng.
INTIZOM [a] Jamiyat a’zolari bo‘ysunishi lozim bo‘lgan tartib, qoida.
INVÉRSIYA [lot] tilsh. Gapda so‘zlarning odatdagi tartibining buzilishi.
IN’IKOS [a] 1 Oyna, suv yoki boshqa yaltiroq narsa betida aks etgan tasvir.
2 Mavjudlikning, voqelikning kishi ongida aks etishi.
IN’OM [a] Tortiq, hadya.
ION [yun] Elektr zaryadli atom.
IQROR [a] Tan olish.
IQTIDOR [a] Qodirlik; qobiliyat.
IQTISOD [a] 1 Sarf-harajatda ehtiyotkorlik; tejamkorlik. 2 Xo‘jalik tarmoqlarining moddiy va moliyaviy tomonlarini o‘rganadigan fan.
IQTISODIYOT [a] 1 Ijtimoiy ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining ishlab chiqarish munosabatlari majmui, ijtimoiy tuzumning bazisi. 2 Biror mamlakat, viloyat va sh.k.larning ishlab chiqarish kuchlarining holati.
IRODA [a] 1 Matonat, qat’iyat. 2 Ixtiyor, xohish.
IRQ [a] 1 esk. Nasl, zot. 2 Insonlarning tashqi ko‘rinishidagi nasliy belgilari bir xil bo‘lgan, tarixan shakllangan har bir guruhi.
IRRIGÁTSIYA [lot] Suvsiz yerlarga suv chiqarish ishlari.
IRSIY [a] biol. Naslga oid.
ISBOT [a] 1 Fikr, da’vo va sh.k.larning to‘g‘riligini tasdiqlovchi dalil. 2 Biror qoidaning to‘g‘riligini ma’lum qoidalar asosida mantiqiy mulohazalar bilan tasdiqlash usuli.
ISKANA [f-t] Yog‘ochni o‘yish uchun qo‘llanadigan po‘lat asbob.
ISLOHOT Tub ravishda o‘tkazilgan o‘zgarish; yangilanish.
ISLOM [a] Muhammad payg‘ambar asos solgan din; musulmon dini.
ISM [a] ayn. Ot, nom.
ISNOD [a] Uyatga qoldiradigan ish.
ISROF [a] Ortiqcha sarf.
ISTE’DOD [a] Ijodiy qobiliyat.
ISTE’FO [a] Ma’lum vaqt ishlab, so‘ng mansab yoki xizmatidan ketish.
ISTIORA [a] ad. Badiiy o‘xshatish.
ISTIQBOL [a] 1 Kelgusi zamon; kelajak. 2 | Istiqboliga chiqmoq - kutib olmoq. 3 ayn. Statistika.
ISTIQLOL [a] Boshqalarga tobe bo‘lmay, o‘z erki bilan yashash; mustaqillik.
ISYON [a] G‘alayon; qo‘zg‘olon.
ITOAT [a] Bo‘ysunish, tobelik.
ITTIFOQ [a] Birlashma, uyushma.
ITTIFOQO [a] rvsh To‘satdan, kutilmaganda.
IXLOS [a] Chin yurakdan berilish.
IXTIOLÓGIYA [yun] Zoologiyaning baliqlar haqidagi bo‘limi.
IXTIRO [a] Fan-texnika sohasida qilingan yangilik; kashfiyot.
IXTISOS [a] Biror sohadagi mustaqil kasb; mutaxassislik.
IXTIYOR [a] 1 Xohish, erk. 2 Foydalanish huquqi.
IYD [a] Diniy bayram; hayit.
IYÉNA [yaponcha] Yaponiya pul birligi.
IYERÓGLIF [yun] Qadimgi Misrliklar va ba’zi bir xalqlar yozuvida butun bir tushuncha, ibora, so‘z, bo‘g‘in yoki tovushni ifodalagan har xil narsalar va mavjudotlar tasviridan iborat belgi.
IZN [a] Ruxsat, ijozat.
IZOFA [a izofat] 1 esk. kt. Qo‘shish, bog‘lash.
2 tilsh. Fors va arab tillarida aniqlanmish bilan aniqlovchini bog‘laydigan element.
IZOH [a] Tushuntirish, sharh.
IZOLÁTOR [fr] 1 Elektr tokini o‘tkazmaydigan modda. 2 Elektr simlarini izolatsiyalash va mahkamlab tortib qo‘yish uchun shunday moddalardan yasalgan chig‘anoq. 3 Kasalxonalarda yuqumli kasal bilan og‘rigan bemorlarni boshqalardan vaqtincha ajratib qo‘yiladigan alohida xona, joy.
IZOLÁTSIYA [fr] 1 Sim, truba va sh.k.narsalarni elektr, issiq, nam, suv o‘tkazmaydigan material bilan qoplab, himoyalab qo‘yish. 2 Shunday qoplama materialning o‘zi.
3 Boshqa bemorlardan ajratib, bo‘laklab qo‘yish.
IZZA [a] Uyat, hijolat.
IZZAT [a] Kimsa sazovor bo‘lgan hurmat; ehtirom.
IG‘VO [a] Uydirma, bo‘hton.
ISHKAL [a] Ishdagi chalkashlik.
ISHQ [a] 1 ayn. Sevgi. 2 Mayl, ishtiyoq.
ISHQIBOZ [a+f-t] Berilgan; havasmand.
ISHTON [r shtani] Beldan pastga kiyiladigan pochali kiyim.
ISHVA [a] Yuz, qosh, ko‘z jilvasi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin