------------------ Q ---------------------- QABOHAT [a]Qabih ish, yaramas xatti-harakat; ma’naviy ifloslik.
QADIM [a] 1 ot Uzoq o‘tmish. 2 sft O‘tmishdagi, qadimgi.
QADR [a] 1 Obro‘, e’tibor, nufuz. 2 Narx, baho. 3 Qiymat, ahamiyat.
QAHVA [a] 1 Urug‘idan maxsus ichimlik tayyorlanadigan tropik o‘simlik, qahva daraxti. 2 Shu daraxtning urug‘i va undan tayyorlanadigan kukun. 3 Shunday kukundan tayyorlangan ichimlik.
QALAM [a] 1 Yozuv, chizuv quroli. 2 ko‘ch. Ijod qilish qobiliyati. 3 Pardoz bo‘yog‘i. 4 maxs. Tosh, taxta kabi qattiq narsalarni yo‘nish uchun ishlatiladigan metall asbob.
QALANDAR [f-t] 1 din. Diniy g‘azallar o‘qib, musulmon dinini targ‘ib qilib darbadar kezuvchi tarkidunyo qilgan darvesh. 2 ko‘ch. Dunyodan voz kechgan, zohid.
QALB [a] 1 Yurak, dil. 2 Kishining ruhiy yoki ma’naviy dunyosi.
QALBAKI [a+f-t] Yolg‘ondakam, soxta, yasama.
QAL’A [a] 1 tar. Dushman hujumiga qarshi mustahkam devor va handaq bilan o‘ralgan shahar. 2 tar.Katta boylarning saroyi, qo‘rg‘oni; qasr.
QAMAR [a] kt. ayn. Oy.
QAMARIYA [a] kt. Oyning ikkita bir xil fazasi; oy tug‘ilgan kundan kelgusi oy tug‘ilgan kungacha bo‘lgan vaqt asos qilib olingan yil hisobi.
QAND [f-t] Shakardan tayyorlanadigan mahsulot, shirinlik.
QANDIL [yun] 1 Bir necha sham qo‘yiladigan oyoqli yoki osma chiroq. 2 Bir necha lampochkali osma chiroq.
QANOAT [a] 1 Ozga yoki boriga ko‘nish. 2 Mamnunlik, qoniqish. 3 Ishonch.
QARORGOH [a+f-t] Davlat boshlig‘i, hukumat yoki biror davlat arbobining vaqtincha turar joyi.
QARTA [r karta] 1 Surati bir-biridan farq qiladigan bir to‘p maxsus o‘yin qog‘ozchalari va ular bilan o‘ynaladigan o‘yin. 2 s.t. Yaxlit bir bo‘lak yer yoki ekin maydoni.
QASIDA [a] Eng kamida o‘n ikki baytli madhiya, marsiya yoki didaktik mazmundagi she’r; bag‘ishlov.
QASOS [a] O‘ch, qarimta.
QASR [a] 1 Xon, amir, qirollar saroyi; ko‘shk.
2 ko‘ch. Har qanday hashamatli bino.
QASSOB [a] Mol so‘yyuvchi kishi.
QAT’IYAT [a] kt. 1 O‘z fikrida qattiq turish. 2 Sabr-qanoat. 3 Barqarorlik, aniqlik.
QAVM [a] O‘zaro qarindoshlik munosabati bilan bog‘langan kishilar; urug‘, qabila.
QAVS I [a] Ikkita tik yoy yoki burchakli chiziqdan iborat belgi.
QAVS II [a] astr. 1 Aqrab va Jadyi o‘rtasidagi burj. 2 Shamsiya yili hisobida to‘qqizinchi oy nomi.
QAYSAR [lot] 1 ot Rum podshohi. 2 sft, ko‘ch. Tutgan yerini kesadigan; o‘jar.
QIMMAT [a] Narxi baland.
QIYMAT [a] 1 iqt. Biror tovarni ishlab chiqarish uchun sarf bo‘lgan va shu tovarda moddiylashgan mehnat miqdori. 2 Tayyor ish, mahsulot va sh.k.larga sarf bo‘lgan mablag‘, mehnat va materiallarning pul bilan ifodalangan majmui.
QIYOFA [a] 1 Tashqi ko‘rinish, tus. 2 Chehra, yuz.
QIYOMAT [a] 1 din. Oxirat; hamma so‘roqqa tutiladigan kun. 2 ko‘ch. Qiy-chuv, to‘polon.
QIYOS [a] 1 O‘zaro chog‘ishtirish, solishtirish. 2 O‘xshash, teng.
QIYOSIY [a] Qiyoslashga, solishtirishga asoslangan.
QIROAT [a] Oshang bilan o‘qish.
QIROL [slavyan tillaridan] Podshoh.
QIT’A [a] Yerning dengiz va okeanlar bilan qurshalgan oltita qismidan har biri.
QOBILIYAT [a] 1 Biror ishni bajara olish xususiyati. 2 Iste’dod.
QODIR [a] Biror ishga qudrati yetadigan.
QOLIP [a] Nusxa, andaza.
QOMAT [a]Kishi tanasining bichimi; bo‘y-bast.
QOMUS [a] 1 Mukammal, to‘liq lug‘at. 2 s.t. Ensiklopediya. 3 ko‘ch. Hayotning yoki bilimning biror sohasiga oid to‘liq asar.
QONUN [a] 1 Obyektiv borliqda kishi ongidan tashqarida mavjud bo‘lgan zaruriy bog‘lanish, munosabat. 2 Davlat tomonidan qabul qilingan, hamma uchun majburiy bo‘lgan rasmiy qoida. 3 Bajarilishi shart bo‘lgan talab, topshiriq. 4 Dinda qabul qilingan qoidalar sistemasi.
QONUNIY [a] Qonun bilan belgilangan.
QONUNIYAT [a] Obyektiv hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar va ularning qonunlari.
QORI [a] Qur’onni yod biluvchi kishi.
QOZI [a] tar. Shariat qonuni bo‘yicha ish ko‘radigan amaldor shaxs.
QOG‘OZ [f-t] Asosan yog‘ochdan qilinadigan, yozish uchun mo‘ljallangan yupqa material.
QUDRAT [a] 1 din. Xudoning har narsaga qodirligi, ilohiy kuch. 2 Katta ishlarni qila oladigan kuch.
QULF [a] 1 Berkitish moslamasi. 2 kesim vazifasida Berk, yopiq.
QULUPNAY [r klubnika] 1 Tutsimon mevali, ko‘p yillik poliz o‘simligi. 2 Shu o‘simlikning qizg‘ish shirin mevasi.
QUNT [a] Toqat, hafsala.
QURBON [a] 1 din. Xudo yo‘lida so‘yiladigan jonliq. 2 ko‘ch. Ezgu maqsad yo‘lida jon fido qilgan kishi. 3 ko‘ch. Tabiiy ofat, falokat, ko‘ngilsiz hodisa tufayli halok bo‘lgan kishi. 4 Zarar, talafot.
QUR’ON [a] Musulmonlarning muqaddas kitobi.
QUTB [a] 1 geogr. Yerning faraziy aylanish o‘qi bilan yer sirti kesishgan ikki nuqtadan har biri. 2 fiz. Elektr zanjiri yoki magnitning qarama-qarshi ikki tomonidan biri.
3 ko‘ch. Bir-biriga mutlaqo zid bo‘lgan ikki xil narsa.
QUVVAT [a] 1 Kuch. 2 ayn. Energiya. 3 fiz. Bir vaqt ichida bajariladigan ish miqdori. 4 Korxonalarning ishlab chiqarish imkoniyatlari majmui. 5 Chidamlilik.
6 ko‘ch. Moddiy imkoniyat, boylik. 7 ko‘ch. Bilim, malaka. 8 ko‘ch. Dalda, yordam.
QO‘MITA [fr] 1 Biror ishni boshqaradigan, saylash yo‘li bilan tayinlanadigan jamiyat. 2 Xo‘jalik, madaniy va mudofaa ishlari bo‘yicha davlat tomonidan tashkil etiladigan organ.