Yorqinoy Hamrayeva


---------------------T------------------------



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə22/31
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129874
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
o`zlashmalar

---------------------T------------------------
TAAJJUB [a] 1 sft. Kishini hayratda qoldiradigan, ajablanarli, g‘alati. 2 ot. Ajablanish, hayronlik. 3 kirsh.s. Ajab, qiziq.
TAASSUF [a] Ko‘ngilsiz voqea, hodisa noiloj ahvol va sh.k.lardan tug‘ilgan achinish.
TAASSUROT [a] Ko‘rilgan, his etilgan hodisa, kishi yoki narsa to‘g‘risida ko‘ngilda, xotirada qolgan iz, tug‘ilgan fikr va his-tuyg‘ular majmui.
TABARRUK [a] 1 Ulug‘, hurmatga sazovor bo‘lgan, mo’tabar, aziz. 2 Yaqin, mo’tabar kimsa yoki narsani eslatadigan, undan esdalik, yodgorlik bo‘lib qolgan. 3 din. Ilohiy kuchga ega bo‘lgan, muqaddas.
TABIAT [a] 1 Olamdagi narsalarning hammasi, butun borliq; mavjudot. 2 Tevarak-atrof, dala, tog‘, adir, o‘rmon va sh.k.lar sharoiti, manzarasi. 3 Fe’l, xulq atvor; xarakter. 4 Biror narsaning xususiyati, o‘ziga xos belgilari. 5 Kayfiyat, ruhiy holat. 6 Did-farosat. 7 s.t. Yaratuvchi, ilohiy kuch, xudo.
TABIB [a] 1 Davolovchi, vrach. 2 s.t. Dorivor o‘simliklar bilan bemorlarni dovolovchi kishi.
TABOBAT [a] Davolash usullari va vositalari.
TABURÉTKA [r] Suyanchiqsiz o‘rindiq.
TADBIR [a] 1 Biror ishni amalga oshirish vositasi; shuning uchun ishlab chiqilgan amaliy choralar majmui. 2 Chora, iloj.
TADQIQOT [a] 1 Ilmiy-tekshirish, o‘rganish. 2 Ilmiy-tekshirish ishlarining natijasi.
TADRIJIY [a] Sekin-astalik bilan, darajama-daraja sodir bo‘ladigan.
TAFAKKUR [a] 1 Obyektiv voqelikning tasavvur, tushuncha va muhokamadagi faol in’ikos jarayoni; fikrlash qobiliyati. 2 O‘ylash, fikr yuritish.
TAFOVUT [a] Narsa, hodisa va sh.k.lar o‘rtasidagi birini ikkinchisidan ajratuvchi belgi; farq.
TAFSILOT [a] Ish-harakat, voqea-hodisalarning ikir-chikirlari.
TAFTISH [a] Tekshiruv, tahlil.
TAHLIL [a] 1 Tekshirish obyektini fikran tarkibiy qismlarga ajratib o‘rganish. 2 Har tomonlama chuqur tekshirish. 3 kim. Moddaning tarkibini aniqlash.
TAHRIR [a] 1 Yozma asarni tuzatishlar kiritib yaxshilash. 2 esk. Ijod qilish, yozish.
TAHSIL [a] O‘qish, bilim olish.
TAJOVUZ [a] siyos. Biror davlatning boshqa mamlakatlarni bo‘ysundirish, ularning yerlarini bosib olish maqsadida qurol kuchi bilan bostirib kirishi.
TAJRIBA [a] 1 Amaliy ishda, hayotda orttirilgan bilimlar, malakalar, uquvlar majmui. 2 Materialistik falsafada: obyektiv dunyoni, olamni o‘zgartirishga qaratilgan ijtimoiy amaliyotning kishi ongidagi in’ikosi. 3 Tadqiq qilish, aniqlash maqsadida o‘tkazilgan sinov. 4 Biror ishni ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi harakat.
TAKABBUR [a] O‘zini katta oluvchi, kekkaygan; dimog‘dor.
TAKLIF [a] 1 Muhokama uchun taqdim etilgan fikr, maslahat. 2 Tashrif buyurish haqidagi iltimos, chaqiriq.
TAKROR [a] 1 ayn. Qaytariq. 2 rvsh Ikkinchi yoki ko‘p marta, qayta-qayta.
TAKRORIY [a] Takrorlanadigan,qayta bajariladigan.
TALAB [a] 1 Qat’iyat bilan qilingan so‘rov. 2 Bajarilishi lozim bo‘lgan shart.
3 Ehtiyoj, istak. 4 esk. kt. Maqsad 1
TALABA [a] Oliy yoki o‘rta-maxsus ta’lim muassasasining o‘quvchisi.
TALAFFUZ [a] Tovush yoki so‘zning aytilish xususiyati.
TALK [nem] Oq yoki yashilga moyil, qat-qat tuzilgan yumshoq mineral.
TÁLLIY [yun] Kimyoviy element, ko‘kish yumshoq metall.
TAMAKI [f-t] 1 Yirik bargli o‘tsimon o‘simlik. 2 Shu o‘simlikdan quritib tayyorlangan chekimlik.
TAMAL [yun] esk. kt. Negiz, asos, poydevor.
TAMBUR [fr] Temir yo‘l vagonining dahlizsimon bo‘lmasi.
TAMOM [a] 1 ot Oxir, poyon, nihoya. 2 rvsh Butkul, batamom.
TAMOYIL [a] 1 esk. kt. Mayl, moyillik. 2 Nazariya, ta’limot, fan va sh.k.larning asosiy qonun-qoidasi.
TANA I [f-t] 1 Gavdaning bosh va qo‘l-oyoqdan boshqa qismi. 2 Kishi vujudining sirtqi qismi, badan. 3 Kishining butun borlig‘i, vujudi. 4 Daraxt, o‘simlikning poya qismi. 5 tex. Turli asbob, mashina va sh.k.larning bo‘laklarini tutib turuvchi qismi.
TANA II [f-t] Bir-ikki yoshli urg‘ochi buzoq.
TANAFFUS [a] 1 Dars, ish, mashg‘ulot orasidagi qisqa dam. 2 ko‘ch. Ish-harakat, voqea-hodisalar o‘rtasidagi uzilish.
TANAZZUL [a] Orqaga qarab ketish; tushkunlik, inqiroz.
TANBUR [f-t] Torli milliy musiqa asbobi.
TANG [f-t] Ilojini, davosini topish qiyin bo‘lgan, g‘oyat mushkul.
TANGENS [lot] mat. To‘g‘ri burchakli uchburchakda burchak qarshisidagi katetning burchakka yopishgan katetga nisbatidan iborat trigonometrik funksiya.
TANHO [f-t] Boshqa kimsadan, narsadan xoli, yakka, yolg’iz.
TANK [ingl] Otish uskunalari bilan qurollangan, har qanday yo‘ldan yura oladigan zirhli harbiy mashina.
TANOB 1 esk. Yer o’lchash, chiziq tortish va sh.k.larda ishlatiladigan uzun chilvir; reja ip. 2 kam qo‘ll. Umuman ingichka arqon, chilvir yoki kanop, ip, rishta. 3 esk. Turli yerlarda turlicha (1/6 gektardan 1/2 gektargacha ) qiymatga ega bo‘lgan yer o‘lchovi.
TANQID [a] Ish-harakat, faoliyat, asar, ta’limot, nazariya va sh.k.ning salbiy va ijobiy tomonlarini, yutuq va kamchiliklarini biroror nuqtai nazardan qarab tekshirish tahlil qilish, baholash.
TANQIS [a] Talabni, ehtiyojni qondira oladigan darajada oz, yetishmaydigan; kamchil, kamyob.
TANTAL [yun] Kimyoviy element, ko‘kish temir rang, erishi qiyin qattiq metall.
TANTANA [a] 1 Biror muhim voqea, hodisa va sh.k. sharafiga baland ruh bilan o‘tkaziladgian, o‘yin-kulgi, xursandchilik bilan davom etadigan shodiyona marosim. 2 Zo‘r g‘alaba, zafar, muvaffaqiyat.
TAOM [a] Pishirilgan, yeyish-ichish uchun tayyorlangan narsa, ovqat.
TAOMIL [a] Biror jamiyat hukmiga kirgan tartib-qoida, rasm, urf-odat.
TAQDIR [a] 1 din. Oldindan belgilab qo‘yilgan, peshanaga yozilgan ko‘rgilik. 2 Kelajak; oqibat; istiqbol.
TAQOZO [a] Biror holatdan kelib chiqadigan talab.
TAQRIZ [a] Badiiy yoki ilmiy asarlarga, spektakl, kinofilm va sh.k.larga berilgan yozma baho.
TARAF [a] 1 Narsalarning atrofidagi yoki biror tomonidagi joy, tomon, yoq, yon. 2 folk. Dushman, g‘anim. 3 Bir-biriga qarshi bo‘lgan, yon bosmaydigan, tarafkash tomonlardan biri, tomon. 4 Kurashuvga, bellashuvga, bahslashuvga xohish bildiruvchi shaxs, talabgor.
TARAFKASH [a+f-t] 1 Biror tomonning tarafini oluvchi; tarafdor. 2 Qarshi chiquvchi, kurashuvchi, bellashuvchi; talabgor.
TARBIYA [a] 1 Bolani boqib va ta’lim berib katta qilish, voyaga yetkazish uchun qilinadigan mehnat va g‘amxo‘rlik. 2 Ish-hunar, odob-axloq o‘rgatishga va umuman kishining g‘oyaviy va ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta’lim sistemasi.
TARH I [a] esk. ayn. Oluv.
TARH II [a] Ko‘rinish; loyiha, reja.
TARIX [a] 1 Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan voqelik, hayot. 2 O‘tmishga oid ma’lumot va hodisalar majmui; o‘tmish, kechmish. 3 Biror voqea-hodisaning, narsaning izchil taraqqiyot yo‘li. 4 Jamiyat taraqqiyoti haqidagi fan. 5 Biror ishning bajarilganligini, biror voqea-hodisaning qachon bo‘lib o‘tganligini ko‘rsatuvchi aniq taqvimiy vaqt, sana.
TARNOV [f-t] Suv, suyuqlik oqib o‘tishi uchun metall yoki yog‘ochdan yasalgan nov, quvur yoki ariqcha.
TARONA [f-t] 1 Kuy, ohang. 2 Shashmaqomda musiqiy asarning bir qismi.
TARYAK [a] Ko‘knorning dumbul boshog‘i shirasidan quritib tayyorlanadigan qattiq mast qiluvchi modda; afyun.
TARG‘IBOT [a] Biror g‘oya, ta’limot va sh.k.ni yoyishga, kishilar ongiga singdirishga qaratilgan tushuntirish ishlari.
TASARRUF [a] kt. Foydalanish huquqi, egalik, xo‘jayinlik.
TASAVVUF [a] G‘ayritabiiy olamga, ilohiy kuchlarga, odamning ilohlar bilan bevosita aloqa qila olishiga ishonishdan iborat diniy e’tiqod.
TASAVVUR [a] [a] 1 Narsa, hodisa va sh.k. haqidagi tajribaga asoslangan bilim-tushuncha. 2 fals. pixol. Idrok qilingan, his etilgan narsa yoki hodisaning kishi ongida aks etishi, gavdalanishi.
TASODIF [a] 1 Favqulodda hol, voqea, hodisa. 2 fals. Ichki zaruriyatga asoslanmagan obyektiv mavjud sababiy shart-sharoitlar shakli.
TASQARA [a] 1 zool. Yirtqichlar turkumining qarchig‘aylar oilasiga mansub o‘laksaxo‘r qush. 2 ko‘ch. Beo‘xshov, xunuk, badbashara odam.
TATBIQ [a] Amalda ishlatish, qo‘llash.
TAVAKKAL [a] 1 Mulohaza qilib o‘tirmay qilingan harakat. 2 din. Butun umidni xudoga bog‘lash.
TAVBA [a] 1 Qilmishidan pushaymon bo‘lib qilingan azm-qaror, qilmishi uchun so‘ralgan uzr. 2 und.s. Hayronlikni ifodalaydi.
TAVROT [a] din. Yaxudiy dinining muqaddas kitobi.
TAVSIF [a] 1 Sifat; sifatlar. 2 Sifat-belgilarning bayoni, ta’rifi, tasviri.
TAVSIYA [a] 1 Biror ishga loyiq deb taqdim etish. 2 Maslahat, ko‘rsatma.
TAVSIYANOMA [a] Biror tashkilotga, o‘quv yurtiga kirish uchun beriladigan yozma hujjat.
TAXALLUS [a] Adabiyot va san’at sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchilarning o‘ziga qo‘yib olgan boshqa nomi.
TAXMIN [a] O‘y, chama, mo‘ljal asosida qilingan faraz.
TAXTA [f-t] 1 Yassi yog‘och bo‘lagi. 2 tar. Abjad yozilgan dastali taxtacha.
TAYFUN [ingl] geogr. Janubi-G‘arbiy Osiyoda va Tinch okeanining g‘arbiy qismida bo‘lib turadigan to‘fon.
TAYYOR [a] 1 Biror ishga shay holda turgan. 2 Hozirlab, bitkazib qo‘yilgan. 3 rvsh Xuddi, naq.
TAZMIN [a] ad. Bir shoir she’riga ikkinchi shoir tomonidan o‘xshatma qilib yozilgan she’r.
TASHABBUS [a] Biror ishga boshlovchi; sa’y-harakat.
TASHAKKUR [a] Minnatdorlik.
TASHBEH [a] ad. O‘xshatish, majoz.
TASHHIS [a] Bemorni har tomonlama tekshirib, kasalligini aniqlash.
TASHKILOT [a] Ijtimoiy birlashma yoki davlat muassasasi.
TASHVIQOT [a] 1 Ommaga siyosiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida qilinadigan ishlar. 2 s.t. Undov, da’vat.
TA’B [a] Kishining narsa va kimsalarga munosabatida namoyon bo‘ladigan ichki tabiati.
TA’BIR [a] 1 Biror jihatdan ta’riflovchi yoki tugal ma’no anglatuvchi qisqa ifoda.
2 Tushuntirish; izoh, sharh.
TA’LIM [a] 1 Ilm-fan yoki kasb-hunar sohalari bo‘yicha egallanadigan zaruriy bilim va ko‘nikmalar majmui. 2 Tarbiya, axloq. 3 s.t. Ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riq.
TA’LIMOT [a] Ilmiy qarashlar, nazariy xulosalar majmui.
TA’M [a] Maza, tot.
TA’MINOT [a] Kerakli narsalarni yetkazib berish; eshtiyojni qondirish. 2 Yashash, ishlash uchun zaruriy narsalar majmui.
TA’MIR [a] 1 esk. kt. Inson kuchi bilan yaratilgan inshoot, joy. 2 Buzilgan, singan, yirtilgan joylarni tuzatish.
TA’RIF [a] 1 Narsa, voqea-hodisa va sh.k.larning so‘zlar vositasida ifodalangan tasviri. 2 Narsa, voqea-hodisa, tushuncha va sh.k.larning aniq ifodasi.
TA’SIR [a] 1 Tashqi omillarning kishi yoki narsa holatini, xususiyatini o‘zgartiruvchi faoliyati. 2 Obro‘, nufuz, e’tibor.
TA’SIS [a] | Ta’sis etish – joriy qilish, belgilash.
TA’TIL [a] Talabalar va o‘quvchilarga o‘qishdan, ishlovchi xodimlarga ishdan dam olish uchun beriladigan vaqt.
TA’ZIM [a] 1 Egilib yoki qo‘lni ko‘ksga qo‘yib salom berish. 2 ko‘ch. Yuksak hurmat, minnatdorlik.
TEATR [yun] 1 Hayotiy hodisalarni sahnada aks ettiruvchi san’at turi. 2 Shunday san’at vositasida tomoshalar qo‘yuvchi muassasa. 3 Shunday tomoshalar ko‘rsatiladigan bino. 4 s.t. Spektakl, tomosha.
TELEFON [yun] Uzoqdan turib so‘zlashishga moslangan qurilma hamda uning apparati.
TELEGRAF [yun] 1 Uzoq masofalarga xabar uzatish uchun xizmat qiladigan elektron va radioaloqaning bir turi. 2 Shunday xabarlarni yuboradigan va qabul qiladigan aloqa muassasasi va uning binosi.
TELEGRÁMMA [yun] Telegraf orqali yuborilgan xabar.
TELESKOP [yun] Astronomik optik asbob.
TELESTÚDIYA [yun+ital] Televidenie ko‘rsatuvlari olib boriladigan studiya.
TELEVÌDENIYE [yun+r] Tasvirni elektr va radio qurilmalari yordamida masofaga uzatish vositalari.
TELEVÌZOR [yun+lot] Televidenie orqali uzatiladigan ovoz va tasvirni qabul qilib, so‘ng uzatadigan apparat.
TELLUR [lot] Kimyoviy element, kumushsimon ko‘kish oq- rangli mo‘rt metall.
TÉNDER [ingl] Ishlab chiqarish korxonalari tomonidan tuzilgan istiqbolli dasturlar asosida o‘tkaziladigan tanlov.
TÉNNIS [ingl] Maxsus koptokchani raketka bilan urib, maydon o‘rtasidagi to‘rdan oshirib, odatda ikki yoki to‘rt kishi bo‘lib o‘ynaladigan sport o‘yini.
TEORÉMA [yun] mat. To‘g‘riligi isbot qilinishi kerak bo‘lgan, haqiqatga asoslangan da’vo.
TEPLOVOZ [r] Ichki yonishli dvigatel yordami bilan yuradigan lokomotiv.
TEPLOXOD [r] Ichki yonishli dvigatel yordami bilan yuradigan kema.
TERMÓMETR [yun] Odam yoki havo haroratini o‘lchaydigan asbob.
TÉRMOS [yun] Sovuq yoki issiq suyuqlikni uzoq vaqt shu holicha saqlaydigan maxsus idish.
TERRORIZM [lot+r] Zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik harakati.
TÉXNIKA [yun] Ishlab chiqarishda qo‘llanadigan mehnat qurollari majmui, shuningdek ularni qo‘llash, o‘rganish takomillashtirish sohasidagi inson faoliyati.
TEXNIKAVIY [yun+a] Texnika bilan bog‘liq bo‘lgan, texnikaga oid.
TÉZIS [yun] Ilmiy asar, maqola va sh.k.lardagi asosiy g‘oyalarning qisqa ifodasi.
TIBBIY [a] Tibbiyotga oid, tabobat bilan bog‘liq bo‘lgan.
TIBBIYOT [a] Kasalliklar, ularni davolash va oldini olish haqidagi fanlar majmui.
TIJORAT [a] Savdo-sotiq ishlari.
TILLA [f-t] 1 Kimyoviy element, sariq-qizg‘ish rangli qimmatbaho metall; oltin.
2 Shu metalldan zarb qilingan pul, undan yasalgan qimmatbaho buyum. 3 ko‘ch. sft Eng yaxshi, eng sevimli kishi haqida. 4 bot. Sug‘oriladigan yerlarda o‘sadigan ko‘p yillik, yalpoq boshoqli o‘simlik.
TIMSOH [a] Issiq mamlakatlardagi suv havzalarida yashaydigan, terisi qalin yirik yirtqich hayvon.
TIMSOL [a] 1 Tushuntirish uchun namuna, misol. 2 Ibrat bo‘la oladigan kimsa, narsa; o‘rnak.
TITAN I [yun] Suv qaynatadigan maxsus qurilma, katta idish.
TITAN II [yun] Kimyoviy element, kul rang po‘latsimon qattiq metall.
TOBE [a] Bo‘ysundirilgan, qaram.
TOIFA [a] 1 Tabaqa, guruh. 2 Xil, tur. 3 s.t. Jins.
TOMOSHA [a] 1 Ommaviy ravishda ko‘rsatiladigan sahna asari, har qanday ko‘rinish. 2 Kishiga zavq bag‘ishlaydigan yoki ermak bo‘ladigan qiziq narsa, manzara.
TOPONÍMIKA [yun] 1 Biror hududning geografik nomlari majmui. 2 tilsh. Leksikologiyaning joy nomlarini o‘rganadigan bo‘limi.
TOR I [f-t] Cholg‘u asboblarining tovush chiqaradigan ipi, simi.
TOR II [f-t] Rubobga o‘xshash, qo‘sh kallali milliy musiqa asbobi.
TÓRMOZ [yun] 1 Mashina va mexanizmlarning harakatini sekinlatish yoki to‘xtatish uchun xizmat qiladigan qurilma. 2 ko‘ch. Biror ishga halal beruvchi to‘g‘anoq, to‘siq.
TORT [ital] Un, shakar, tuxum kabi masalliqlardan tayyorlanadigan shirinlik.
TRÁKTOR [ingl] Qishloq xo‘jaligi mashinasi.
TRAMVAY [ingl] Elektr kuchi bilan ishlaydigan, relsda yuradigan shahar transporti.
TRANSFORMÁTOR [lot] O‘zgaruvchi elektr tokining kuchlanishini oshirib yoki pasaytirib beruvchi apparat.
TRÁNSPORT [lot] Yuk va pasajjirlar tashish bilan shug‘ullanadigan tarmoq va uning vositalari.
TRANZÍSTOR [ingl] 1 Elektr signallarni kuchaytiruvchi yarim o‘tkazgichli elektron asbob. 2 s.t. Tranzistorli radioqurilma.
TRIGONOMÉTRIYA [yun] Geometriyaning uchburchak tomonlari va burchaklari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganadigan bo‘limi.
TRILLION [fr] Ming milliardga teng son.
TRILÓGIYA [yun] ad. Bir muallifning umumiy g‘oya, umumiy sujet bilan o‘zaro bog‘langan uch asari.
TROLLÉYBUS [ingl] Elektr kuchi bilan yuradigan relssiz shahar transporti.
TRÓPIK [yun] 1 Ekvatordan 23/27 shimolda yoki 23/27 janubda unga parallel ravishda o‘tkazilgan ikki faraziy doiraviy chiziqning har biri. 2 Shu ikki chiziq o‘rtasida, ekvatorning ikki tomonida joylashgan eng issiq mintaqa.
TROPÍK [r tropicheskiy] Tropikka oid, Yer sharining eng issiq mintaqasiga xos bo‘lgan.
TÚFLI [r] Qo‘njsiz oyoq kiyimi.
TUHFA [a] 1 kt. Sovg‘a, tortiq. 2 ko‘ch. Ko‘pchilikka atab tayyorlangan narsa; sovg‘a.
TULEN [r] Kurak oyoqli sutemizuvchi dengiz hayvoni.
TUND [f-t] 1 Indamas, kamgap. 2 Muomalasi sovuq, qo‘rs. 3 Ko‘rinishi sovuq, badchehra.
TÚNDRA [fincha] Arktik mintaqaning o‘ta sovuq iqlimli o‘rmonsiz zonasi.
TURNIK [fr] Ikki ustunga gorizontal holatda o‘rnatilgan temir to‘sindan iborat gimnastika qurilmasi.
TURNIR [nem] Sport o‘yinlari qatnashuvchilarining ma’lum tartibda barcha qatnashuvchilar bilan bir martadan uchrashadigan musobaqa.
TO‘FON [a] Shiddatli bo‘ron, dovul.
TO‘TI [f-t] Tropik o‘rmonlarda yashaydigan, rang-barang patli qush.
TO‘TIYO [f-t] Tiniq ko‘k kristallardan iborat modda, mis sulfat.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin